Urug' kurtak tiplari reja

Yüklə 35,52 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü35,52 Kb.
#208902
  1   2   3   4
Urug‘, meva tuzilishi va tiplari-fayllar.org

Urug‘, meva tuzilishi va tiplari

URUG' KURTAK TIPLARI

Reja:
1. Urug` haqida tushuncha.

2. Urug`ning tuzilishi.
3. Urug`lardan foydalanish.
4. Meva haqida tushuncha.
5. Mevalarning klassifikatsiyasi.
1. Urug` deb o`simliklarning tarqalishiga, ko`payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug` urug` kurtakda ro`y bergan qo`sh urug`lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo`ladi. U o`zida bo`lg`uvchi o`simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo`ladi. Bu qismlar qo`sh urug`lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo`lsa, zahira oziq moddalar to`planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo`ladi. Urug` po`sti urug`kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo`ladi.

Tabiatda urug`lar turli - tumandir. Ularning og`irligi milligramdan 15 kg gacha bo`ladi (palma).

2. Urug`ning shakli, o`lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug` quyidagi qismlardan tashkil topgan bo`ladi. Urug` po`sti, murtak va zahira oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zahira oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug`larni uchta guruhga ajratish mumkin.
1. Endospermli urug`lar. 2. Endospermsiz urug`lar. 3. Perisperimli urug`lar.
Endospermsiz urug`larning tuzilishi. Endospermsiz urug`lar ikki pallali o`simliklar uchun xos bo`lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo`ladi.
1. Urug` po`sti. 2. Murtak. 3. Urug`palla
Urug` po`sti, urug` kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Ikki pallalilarning urug` po`sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yogochlangan bo`ladi (uzum).
Urug` po`stining rangi oq, qo`ng`ir,, qizil va qora ranglarda bo`lishi mumkin. Urug` po`stining yuzasi silliq yoki g`adir - budir (no`xat) tukchali (g`o`za, terak, qoqio`t) bo`ladi. Bu o`zgarishlar urug`larning tarqalishiga va tuproqqa joylashib olishga xizmat qiladi. Murtak urug`nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayraning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Murtakda, murtak kurtakchasi, murtak ildizchasi joylashgan bo`lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o`q ildiz hosil bo`ladi. Urug`larda zahira oziq moddalar to`planib u o`simlikning birinchi bargi hisoblanadi.
Endospermli urug`larning tuzilishi. Endospermli urug`lar g`allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun xosdir. Endosmpermli urug`lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo`ladi.
1. Urug` po`sti. 2. Endosperm. 3. Murtak.

Qalqoncha bir pallali urug`lar uchun harakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zahira oziq moddalarni diostaza fermenti ta`sirida parchalab murtak qismiga o`tkazib berishga xizmat qilishdir.

Ayrim o`simliklar endosperm o`rniga zahira oziq moddalarni peresperm qismida to`plash xususiyatiga ega bo`ladi.

Perisperm urug`kurtakning nutsellus qismidan hosil bo`ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo`lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir.

Urug`ning otalanmasdan rivojlanishi. O`simliklar dunyosida urug`ning hosil bo`lishi va rivojlanishi har doim yuqoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o`simliklarda urug` va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug` va mevani otalanib hosil bo`lishi amfimiksis deyladi.
Apomiksis jarayonida urug` va mevalar urug` kurtaklarning nutsellusidan urug`kurtak po`stidan, sinergiddan hosil bo`ladi.
Urug` murtak qismining hosil bo`lishida quyidagi jarayonlar buzilishi mumkin.
1. Partenogenez - murtakning otalanmagan tuxum hujayradan hosil bo`lishi (qoqio`t).

2. Apogamiya - murtakning tuxum hujayra o`rniga sinergid va antipodning rivojlanishidan hosil bo`lishi (zubturum, sarimsoq piyoz)

3. Aposporiya - murtakni nutsellusning yoki urug`kurtak po`stining rivojlanishidan hosil bo`lishi.
4. Poliembrioniya - urug`da bitta murtak o`rniga bir necha murtak hosil bo`ladi. masalan: limon, apelsin, mandarin.
5. Partenokarpiya - urug`siz meva hosil qilish. Bunday o`simliklarda vegetativ, usulda ko`payishi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Masalan: mandarin, apelsin, nok, uzumda.
Urug`ning yetilishi. Urug`ning yetilishini quyidagi davrlarga bo`lish mumkin. 1.Urug`ning sut pishishi. 2.To`liqsiz pishish davri. 3.To`liq pishish davri. Tinchlik davrini boshidan kechirgan urug` ma`lum vaqtdan keyin qulay sharoitda una boshlaydi.
Unayotgan urug` quyidagi uch momentni boshidan kechiradi.

1. Fizik - suvni qabul qilish.

2. Biokimiyoviy - zahira oziq moddalarning eriydigan holga yetishi.
3. Biologik - murtakning rivojlanishi.
Urug`ning unishi uchun suv, havo, harorat kerak. Unuvchanlik qobiliyati o`simliklarda har xil bo`ladi. Ayrim urug`lar to`liq tingandan keyin 3-5 kunda unib chiqa oladi. Beda urug`i unuvchanlik qobiliyatini 3-5 yilgacha, saqlay oladi. Urug` qancha ko`p saqlansa shuncha unuvchanlik qobiliyati pasayib boradi.
Кo`pchilik daraxtsimon o`simliklar urug`i (limon, xurmo, pista, yong`oq) me`yorida pishib, qulay sharoitda ekilsada unish qobiliyati yomon bo`ladi. Chunki, urug` po`sti yogochlangan bo`lib suvni yomon o`tkazadi. Buning uchun bunday urug`lar skarifikatsiya qilinishi lozim

Ikki pallali o`simliklardan loviya, soya, beda, qovun, tarvuz, qovoqda urug` pallalar yerning ustki qismiga o`sib chiqadi va foto-sintez jarayonida ishtirok yetadi.Urug`dan unib chiqqan o`simlik o`simta deyiladi. Unda ildiz, poya barg bo`lib, ildizdan poyaga o`tish joyi ildiz bo`yni deyiladi.

Ildiz bo`ynidan urug`paladan hosil bo`lgan barggacha bo`lgan qism gipokotil deyiladi. Undan birinchi barggacha bo`lgan qismi epikotil deyiladi.
3. Urug`dan foydalanish. Inson hayotida muhim oziq-ovqat hisoblanadi. Chorva mollari uchun oziq sifatida foydalaniladi.
Sanoatda spirt va pivo tayyorlashda, yog` olishda, nonvoychilik-da foydlaniladi. Meditsinada dori tayyorlashda. Кo`pchilik o`simlik urug`lari ekin dalalarini begona o`tlar bilan ifloslanishga olib kelsa, ko`pchilik urug`lar zaharli hisoblanadi.
4. Urug`chi tugunchasining rivojlanishi natijasida hosil bo`ladigan, o`zida urug` saqlagan organga meva deyiladi. Meva faqat yopiq urug`li o`simliklar uchun xosdir. Mevaning shakli, o`lchami. Rangi turlichadir. Uning vazifasi urug`ni himoya qilish tarqalishiga xizmat qilishidir.Qo`sh urug`lanish jarayonidan keyin urug`chi qismlari o`zgarib kyetadi. Natijada tuguncha devori o`zgarib meva qatini hosil qiladi. Meva qavati quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan bo`ladi. Mevaning tashqi qavati - ekzokarpiy. Mevaning o`rta qavati -mezokarpiy. Mevaning ichki qavati -endokarpiy. Ekzokarpning asosiy vazifasi mevani himoya qilishga xizmat qilishidir. Mezokarpiy zahira oziq moddalarni saqlashga xizmat qilib, boshqa qavatlariga nisbatan yaxshi rivojlangan bo`ladi. Endokarpiy urug`ni tashqi tomonidan o`rab turishga xizmat qiladi.
5. Mevaning klassifikatsiyasi. Hozirgi kunga qadar mevaning tugallangan klassifikatsiyasi yo`q. Mavjud klassifikatsiyalar sun`iy bo`lib, ayrim morfologik belgilarga asoslangandir. Кeyingi yillarda genetik klassifikatsiya yaratilgan bo`lib uning asosiga morfologik belgilar va mevaning tarixiy kelib chiqishi fizioloigyasi asos qilib olingan. Sun`iy klassifikatsiya bo`yicha mevalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
1. Кelib chiqishiga ko`ra. 2. Meva qatining tuzilishiga ko`ra. 3. Urug`larning soniga ko`ra.
Mevalar kelib chiqishiga ko`ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to`p mevalarga bo`linadi. Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o`zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o`rik, olcha, gilos, olxo`ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo`lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok yetadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o`rni va boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo`lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o`rik, olcha, gilos, olxo`ri). Murakkab mevalarni hosil bo`lishida bir nechta tuguncha ishtirok yetadi. Masalan: kungaboqar, qoqio`t, ayiqtovon va hokazo. To`p guldan hosil bo`lgan mevalarga to`p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut mevalari.
Mevalar meva qatining tuzilishiga ko`ra ho`l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho`l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug`larining soniga ko`ra 1 urug`li va ko`p urug`li mevalarga bo`linadi. Bir urug`li ho`l mevalarga olcha, gilos, shaftloi, o`rik, olxo`ri, ko`p urug`lilarga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi.
Bir urug`li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug`li qanotli mevalar kiradi. Кo`p urug`li quruq mevalarga dukkak, qo`zoq, qo`zoqcha, ko`sak, ko`sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol bo`la
Urug` deb o`simliklarning tarqalishiga, ko`payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug` urug` kurtakda ro`y bergan qo`sh urug`lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo`ladi. U o`zida bo`lg`uvchi o`simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo`ladi. Bu qismlar qo`sh urug`lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo`lsa, zahira oziq moddalar to`planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo`ladi. Urug` po`sti urug`kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo`ladi.

Urug’chi (Ginetsey). Urug’chi yopiq urug’li o’simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning o’rtasida joylashgan. O’simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha shakli o’zgargan barglardan hosil bo’lib, ularni mevabarglar deyiladi. Demak urug’chi bargning shakl o’zgarishdan kelib chiqqan. Guldagi mevabarglarning yig’indisi ginetsey deb ataladi.Urug’chi faqat yopiq urug’li o’simliklar uchun xosdir. Uning kengayganostki qismi tuguncha, o’rta qismi toraygan ustuncha va uchki qismi tumshuqchalardan iborat. Urug’chilarning morfologiyasi ham nihoyatda xilma – xil bo’lib, sistematik belgi va changlanishga moslashish xususiyatlariga ega. Ba’zi o’simlik gullarida bir necha ayrim urug’chilar bo’ladi. Ana shunday o’zaro bir – birlari bilan qo’shilmagan urug’chilar apokorp (ayiqtovondoshlar, ra’noguldoshlarda), bir – birlari bilan qo’shilib ketgan mevabarglardan hosil bo’lgan ginetsey senokarp ginetsey deyiladi. Mevabarglar bir – birlari bilan turlicha birikishi mumkin. Shuning uchun ham senokarp ginetseyning bir necha turlari ajratiladi. Agarda har bir mevabarg qo’shilishidan yopiq uya hosil bo’lsa, sinkarp urug’chi deb aytiladi. Tugunchadagi uyalar soni urug’chini hosil qilgan mevabarglar soniga tengdir. Mevabarglar faqat chekka tomonlari qo’shilib, bitta umumiy tuguncha bo’shligi hosil qilsa, parakarp ginetsey deyiladi. Sinkarp urug’chidan lizikarp urug’chi kelib chiqqan. Urug’kurtakning tuzilishi va turlari. Urug’kurtakning ichki tuzilishida quydagi tarkibiy qismlar ajratiladi. Urug’bandi, nusellus, integument,mikropil va xalaza. Urug’bandi urug’kurtakning qisqa oyoqchasi bo’lib, u yordamida platsentaga birikadi. Urug’kurtakning urug’bandig birikkan joyi chok deb ataladi. Nusellus – urug’kurtakning o’rta qismini egallab turuvchi parenxima to’qimasidan iborat. Nusellusning atrofida ko’p hujayrali qoplamlar – integument bilan o’ralgan. Gulli o’simliklarning evolyusiyasi jarayonida nusellusning qobig’i yupqalashib borgan. Integument ko’pchilik ikki pallalilarda bir qavat, bir pallali o’simliklarda esa odatda ikki qavatdan iborat. Integumentlar nusellusni yaxlit o’rab olmay, balki ularning uchlari birikmay qolib, chang yo’lini (mikropil) hosil qiladi. Chang yo’lining qarama – qarshi tomoni xalaza deb ataladi.
Megasporalar deb ataladigan maxsus yirik hujayralarning hosil bo’lishidan iborat murakkab jarayon. Urug’kurtak taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, nusellus va integumentlar hosil bo’lishidan avval, bitta hujayra o’zining yirikligi va quyuq sitoplazma hamda yirik yadroga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. U arxesporial yoki megasporalar hosil qiluvchi ona hujayra hisobalnadi. Uruhkurtakda meyoz bo’linish kuzatilib, bunda ona hujayra tez o’sadi va keyin ikki marta bo’linishidan so’ng to’rtta gaploid hujayra – megasporalar tetradasi hosil bo’ladi. Bu hujayralar dastlab bir tik qatorda joylashib, deyarli bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Keyinchalik ularda notekis o’sish kuzatiladi. Eng pastda joylashgan hujayra tez o’sishni davom ettirib, qolgan uchta hujayrani siqib qo’yadi. Natijada qolgan hujayralar o’sishdan to’xtab erib ketadiY. Yaxshi o’sayotgan hujayra, ya’ni megaspora o’sishni davom ettirib katta o’zgarishlarga uchraydi. Natijada murtak qopchasi shakllanadi. Murtak qopchasi hosil bo’lishida megasporaning mag’zi ketma-ket uch marta bo’linadi. Rosmana shakllangan murtak qopchasining bir qutbida 4 ta, ikkinchi qutbida ham 4 ta yadrodan iborat 8 ta qutbiy hujayralarga ega bo’ladi. Urug’lanish jarayotidan avval qutblardan bittadan yadrolar murtak qopchasining o’rtasiga kelib o’zaro qo’shiladi va bitta yadro, ya’ni murtak qopchasining ikkilamchi yoki markaziy mag’zini hosil qiladi. Keyinchalik murtak qopchisidagi 7 ta yadroni sitoplazma hrab oladi. Shunday qilib, murtak qopchasida 7 ta qobiqsiz hujayralar kelib chiqadi. Miropilga yaqin joylashgan hujayralardan biri yirik bo’lib, uni tuxum hujayra, qolgan ikkitasi esa (uning ikki yonida joylashgan) sinergidlar deb ataladi. Murtak qopchasining xalaza tomonidagi hujayralar antipodlar deyiladi. Markazda esa markaziy yoki ikkilamchi yadro joylashadi. Ana shu holatdagi murtak qopchasi gulli o’simliklarning urg’ochi jinsiy nasli gametofitdir.
Gullashning mohiyati changdonning yorilib changni qabul qilishga tayyor turgan og’izchaga tushishi bilan belgilanadi. O’simlik gullashdan oldin g’uncha hosil qiladi. G’unchaning gulkosabarglari bilan tojbarglari-ning pastki qismlari yuqoriga tez o’sadi va ochiladi. Ayni paytda changchilar va urug’chilar ham ochiladi. Shu hodisa gullash deb ataladi. Gullashning tugashi gultoji-ning, ba’zan gulqo’rg’onning so’lishi bilan belgilanadi. Lekin ayrim o’simliklar, masalan soxta kashtanda gultoji gullashdan keyin ham ancha kun saqlanib turadi. Alohida gullarning gullash muddati turlicha: bir necha soatdan – bir necha haftagacha (masalan, arxideyalarda). Gulning ochilishi ma’lum harorat va namlikni talab etadi. Shu sababli ayrim gullar ertalab ochilsa, boshqalari peshinda yoki kechqurun ochiladi.
Changlanish va urug’lanish bir – birlari bilan chambars bog’langan murakkab biologik jarayondir. Changlanish changdonda yetilgan chang donachasini urug’chi tumshuqchasiga (yopiq urug’larda) yoki urug’kurtakka (ochiq urug’lilarda) kelib tushishidan iborat. Changlanish asosan ikki xili ajratiladi: o’zidan changlanish va chetdan changlanish.
O’zidan changlanish ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changni ayni shu guldagi urug’chi tumshuqchasiga tushushidir. Agarda bir o’simlik gulidagi changlar ikkinchi o’simlik gulidagi urug’chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bo’ladi. Chetdan changlanish gulli o’simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u ko’pchilik turlar uchun hosdir.
Ochilmaydigan mayda gulli o’simliklarning o’zidan changlanib urug’lanishi kleystogamiya deb ataladi. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko’rinishi bo’lib tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan.
Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ko’pchilik o’simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bo’lgan gametalar qo’shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi.
Shunday qilib, chetdan changlanish o’simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan – bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va ko’pgina omillarga bog’liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug’chisi tumshukchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi: Etnomofiliya – hashorotlar yordamida: Orintofiliya – qushlar yordamida; Xiropterofitliya – ko’rshapalaklar yordamida ular o’lik tabiatning omillari bo’lgan anemofiliya – shamol yordamida; gidrofiliya – suv yordamidadir.
Hasharotlar yordamida changlanuvchi o’simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma – xil moslanishlar mavjud:
Shamol yordamida changlanish. Urug’li o’simliklarning 10-15%i anemofil o’simliklardir (oq qayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag’och, qayrag’och, eman, o’rmon yong’og’i, nasha tut deyarlibarcha qo’ng’irboshdoshlar, hilollar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o’simliklarning gulari odatda mayda, kzrimsiz, gulqo’rg’onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo’rg’onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi. (30-70 km). Ular juda ko’p sonda hosil bo’ladi.
Gulning tuzilishini formula shaklida ifodalash mumkin. Buning uchun uning qismlari quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: gulkosa-Sa (Calyx); gultoji-So (Corolla); gulqo’rg’on-R (Perigonium); androtsey-A (Androe-ceum); ginetsey-S (Gynoeceum).
Gullarning tipi ham shartli belgilar bilan ifodalanadi:
- bir jinsli urg’ochi gul; - bir jinsli erkak gul; - zigomorf gul; - aktinomorf gul; ( )- birikib o’sganligini bildiradi. Gul qismlarining soni esa raqamlar bilan ifodalangan: Ca5, Co6. Mabodo ularning soni 10 tadan oshsa- belgisi quyiladi.
Misol uchun, sabzining gul formulasi quyida-gicha ifodalanadi: Sa5 Co5 A5 G (2)

Yüklə 35,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin