7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
7 - maruza (4)




7-MAVZU: QUSHLAR (AVES) SINFINING UMUMIY TAVSIFI
(2 soat)
 
Reja: 
1. Sinf vakillari tuzilishining asosiy xossalari 
2. Qushlarning ichki va tashqi tuzilishi 
3. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi 
4. Qushlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 
 
progressiv, pteriliy, apteriya, kontur patlar, geterotsel. 
Tayanch so’zlar:
Qushlar tuzilishi jixatidan o’zlarining bevosita ajdodlari xisoblangan sudralib 
yuruvchilarga yaqin boo’lib gavda temperaturasini doimiy qilib olgan va uchishga layoqatlangan 
progressiv shoxchasidir. Qushlarning sudralib yuruvchilarga nisbatan progressiv taraqqiy etgan 
belgilari quyidagilar xisoblanadi. 
1) Nerv sistemasi va xulq atvori yuqori darajada rivojlangan. 
2) Gavda temperaturasi yuqori va doimiy. 
3) Uchish qobiliyatiga ega. 
4) Ko’payishi ancha takomillashgan. 
Qushlarning bu xususiyatlari ularni yer sharida nixoyatda keng tarqalishiga va xilma-xil 
yashash joylarida xayot kechirishiga imkon beradi. 
Morfologik tuzilishiga ko’ra qushlar oldinga oyoqlarining qanotga aylanganligi keyingi 
oyoqlaridan tsevkani xosil bo’lishi, gavdasining pat bilan qoplanganligi yuraklarining to’liq to’rt 
kamerali bo’lganligi, bosh skeletida bitta ensa bo’rtmasining borligi bilan xarakterlanadi. 
Qushlarning uchishiga moslashgan belgilari quyidagilardan iborat. 
1. gavdasining suyri shaklida bo’lishligi. 
2. oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi. 
3. murakkab pat qatlamining bo’lishligi. 
4. suyaklarning yengil bo’lib, naysimon suyaklarning ichi bo’sh bo’lishi va uning xavo 
bilan to’lib turishi. 
5. xavo xaltachalarining bo’lishligi. 
6. jag’larida tishlarining bo’lmasligi. 
7. to’g’ri ichak reduktsiyalanib ketganligi. 
Qushlarnig tuzilishini kaptar 
Columba livi
misolida ko’rib chiqamiz. 
Teri qoplagichlari. Qushlarning terisi yupqa bo’lib, epidermis sust rivojlangan suyak 
xosilari yo’q,teri bezlari ham deyarli bo’lmaydi. Faqat dum tubining ustida dum bezi bo’ladi. 
Dum bezining yog’li sekreti bilan qushlar patlarini yog’laydi va uni xo’llanishidan saqlaydi. Shu 
sababli bu bez suvda yashovchi qushlarda yaxshi rivojlangan. 
Qushlar epidermasidan xosil bo’lgan xar-xil shox xlosilari bo’ladi. Yani ustki va ostki 
jag’lari, 
tumshuqning 
xosil 
qilgan 
shox 
qismlari 
bor. 
Barmoqlarining 
uchlarida 
tirnoqlari,tsevkasi va ba’zilarining sonida shox qalqonlari bo’ladi. Gavdasining pat bilan 
qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularning orasida patsiz joylar bor, bunga apteriya deb 
ataladi bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi uchun qulaylik tug’diradi. Shuning uchun 
apteriya uchuvchi qushlarda bo’ladi. 
Pat tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra xar-xil bo’ladi. Qushning tanasini qoplab olgan pat 
kontur patlar deyiladi. Bunday pat teriga kirib turgan qalam uchidan pat tanasidan iborat. Pat 
tanasining ikki yon tomonida yelpig’ichlar joylashadi. Yelpig’ichlar o’zaro ilmoqchalar bilan 
tutashgan. Shu sabali yelpig’ichlar egiluvchan elastik plastinka xosil qiladi Bunday patlar xavoga 
qarshilik qiladi. 
Kontur patlarning ba’zilari qanotning keyingi yuzasiga joylashgan bo’lib bularga qoquv 
patlari deyiladi. Qoquv patlar kaft suyaklariga (katta qoquv patlari bilak suyaklariga) kichik 
qoquv patlari birikadi. Dum suyagiga birikkan uzun patlar rul patlari deyiladi. 



Kontur patlarining tagida mayda parsimon patlar joylashadi. Bu patlarning tanasi 
ingichka bo’lib, yelpig’ichlarda ilmoqchalar bo’lmaydi. Bazi xollarda pat dastasi juda kam 
bo’lib, yelpig’ichlari bog’lam bo’lib chiqadi. Bunday pat xaqiqiy pat deyiladi. Bu patlar suvda 
yashovchi qushlarda ko’p bo’lib, tana xaroratini saqlashda katta rol o’ynaydi. Og’iz 
burchaklarida, qovoqda ba’zan qilsimon patlar joylashadi. Bu patlar faqat pat dastasidan tashkil 
topgan va tuyg’u vazifasini bajaradi. 
Qushlarning patlari juda yengil, pishiq va xavo bilan issiqlikni yomon o’tkazadi (bu 
gavda temperaturasi doimiy shu bilan birga yuqori bo’ladigan uchar jonivorlar uchun juda 
muximdir). Bundan tashqari patlar qush gavdasini suyri shakilga kiritadi, qoquv patlari esa 
uchish aparatining muxim qismini tashkil etadi. Kontur patlar esa qushni xar-xil mexanik 
ta’surotlardan himoya qiladi. 
Qushlarning patlari odatda bir yilda bir yoki ikki marta, to’liq yoki qisman yangilanib 
tullab turadi. Bu vaqtda eski patlar tushib ularning o’rniga yangisi rivojlanadi. 
Skeleti. Qushlarning skeleti uchishga layoqatlangan bo’lib, erkin oyoqlar va ularning 
qamar skeletining o’zgacha o’zgarganligi hamda yengil va mustahkamligi bilan xarakterlanadi. 
Skeletining yengilligi naysimon suyaklarining ichi bo’sh bo’lib, xavo bilan to’lganligi, 
mustaxkamligi, ko’pchilik suyaklarining juda erta bir-biri bilan qo’shilib ketganligi hamda tuzlar 
miqdorini ko’pligi tufaylidir.Umurtqa pog’onasi 4ta bulimga, bo’yin, ko’krak, dumg’aza va dum 
bo’limiga bo’linadi. Bo’yin bo’limi uzun va juda xarakatchan bo’ladi. Bo’yin bo’limining 
xarakatchanligi umurtqalarining qo’shilish yuzalarini egarsimon bo’lishiga bog’liq bunday 
umurtqalar geterotsel umurtqa deyiladi va faqat qushlarga xosdir. Qushlarning boshi 180 
0
ga 
yapoloq qushlarniki esa 2700 gacha aylana oladi. Bo’yin umurtqalari kaptarlarda 14 ta bo’ladi. 
Birinchi ikkita bo’yin umurtqalari atlas epistrofey amniotalar uchun xosdir. 
Ko’krak umurtqalari to’rtta, voyaga yetgan qushlarda bir-biriga qo’shilib ketgan. Bu 
umurtqalarning xar biridan bir juftdan qovrg’alar chiqadi. 
To’sh suyagining oldingi yuzasida uchuvchi qushlarda ko’krak toji hosil bo’ladi. Bu 
qanotni harakatga keltiruvchi muskullar birikadigan joy bo’lib xizmat qiladi. 
Dumg’aza umurtqasi 14 ta bo’lib, u aslida, ya’ni embrion rivojlanishida ikkiga bo’linadi 
keyinchalik bunga oldingi tomondan bel keyingi tomondan oldingi dum umurtqalari qo’shilib 
ketadi va qushlar uchun harakterli bo’lgan murakkab dumg’aza hosil bo’ladi. 
Dum umurtqalari oltita bo’ladi. Keyingi dum umurtqalari qo’shilib ketib, vertikal 
plastinka shaklidagi dum hosil qiladi. 
Bosh skeleti umumiy sxemasiga ko’ra sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga o’xshash 
bo’ladi. Ensa bo’limi to’rtta ensa suyagidan tuzilgan, bitta ensa bo’rtmasi bor. Eshitish bo’limida
bitta quloq usti suyagi bo’ladi. Miya qutisi tagini asosiy ponasimon va oldingi ponasimon hamda 
tanglay va qonotsimon suyaklar hosil qiladi. 
Bosh skeletining ustki tomonidan bir juft burun, peshona teppa va tangacha suyaklar 
yopib turadi. Ustki jag’ suyagiga keyingi tomondan yanoq va kvadrat yonoq suyaklari birikadi. 
Pastki jag’ qo’shilish, burchak va toj suyaklaridan tashkil topgan. Oldingi oyoq ichi bo’sh yelka 
suyagidan, bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan bo’lsa, bilaguzuk kuchli reduktsiyalangan. 
Uning ustki qismi qo’shilib ikkita suyakcha xosil qilsa, pastki qismi kaftga qo’shiladi. Kaft ikkita 
uzunchoq suyakchadan iborat bo’lib, bitta kaft-bilguzuk suyagini xosil qiladi. 
Yelka kamari kurak, karakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun, 
qilichsimon shaklda bo’lib, qovurg’alarning ustida joylashadi. O’mrov suyaklari oldingi 
tomonda uchlari bilan qo’shilib, qushlar uchun xarakterli bo’lgan ayri suyagini xosil qiladi. 
Keyingi oyoq katta son suyaklari va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan, kichik 
boldir suyagi rudiment xolida bo’lib, katta boldir suyagiga qo’shilib ketadi. Tovon oldi 
suyagining ustki bo’limi tovon suyagiga qo’shilib ketadi va qushlar uchun xarakterli bo’lgan 
tsevkani xosil qiladi. 
Chanoq kamari yupqa yonbosh, quymich va qov suyaklaridan xosil bo’lgan. Quymich va 
qov suyaklaridan keyingi uchlari qo’shilmaydi va ochiq chanoq xosil qiladi. Yonbosh suyagi 
murakkab dumg’azani xosil qilishda ishtirok etadi. 



Muskul sistemasi shu bilan xarakterlanadiki, oyoqlarini xarakatga keltiruvchi muskullar 
tanaga o’rnashgan bo’ladi, oyoqlariga esa ingichka paylar boradi. Ayniqsa ko’krak muskullari 
juda katta bo’lib, bu tana og’irligining 20% ni tashkil qiladi. Bu muskul ko’krak toj suyagiga 
birikadi va qanotni pastga tushirish uchun xizmat qiladi.
Ko’krak muskullarining tagida esa o’mrov osti muskuli joylashadi va qanotni ko’tarish 
uchun xizmat qiladi. Kuchli keyingi oyoq muskullari qushlarning yurishi, daraxtlarda xarakati, 
yerdan ko’tarilishi va qo’nish protseslarini bajaradi. 
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilarga nisbatan 
ancha murakkab tuzilgan. Oldingi miya yarim sharlari asosan targ’il modda xisobidan kattaradi, 
qopqog’ida miya moddasi kam bo’ladi. Miyacha kuchli rivojlangan. Bu ularning murakkab va 
xilma-xil xarakatlarini taminlaydi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa 
miyasining yelka va bel bo’limlari yo’g’onlashib nerv chigallarini xosil qiladi. Bu chigallardan 
orqa va oldingi oyoqlarga boruvchi nervlar chiqadi. 
Sezuv organlari. Ichki va o’rta quloqdan iborat eshituv organi sudralib yuruvchilarga 
nisbatan yaxshi rivojlangan. Xid bilish organi esa sust taraqqiy etgan, lekin ko’rish organi ko’z 
kuchli rivojlangan va ular tashqi muxitda orientatsiya qilishda va o’z uljalarini axtarib topishda 
asosiy rol o’ynaydi. Ko’zning keyingi bo’shlig’iga kirib turadigan sertomir o’simtasi ko’z tarog’i 
bor. Kiprikli muskul tas’irida ko’z gavxari va to’r parda orasidagi masofaning o’xgarishi 
qushlarning ko’rish organi uchun xarakterlidir. Bunga ikki tomonlama akkomadatsiya deyiladi. 
Ovqat xazm qilish organlari og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Hozirgi zamon qushlarining 
tishi bo’lmaydi. Jag’larini o’tkir qirrali shox tumshuqlar qoplab turadi. Tumshuqlar qisman tish 
vazifasini bajaradi. Og’iz bo’shlig’ining tagiga til o’rnashgan. 
Og’iz bo’shlig’iga so’lak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Kaptarning qizil
o’ngachi o’rta qismi kengayib, jig’ildon xosil qiladi. Qizilo’ngach bezli oshqozonga ochiladi. Bu 
yerdan ovqat xazm shirasi bilan aralashadi. Bezli oshqozondan muskulli oshqozonga ochiladi. 
Muskulli oshqozonning ichki devori qattiq shox parda bilan qoplangan. Bu yerda ovqat yutilgan 
toshcha, shishalar bilan maydalanadi. Muskulli oshqozon 12 barmoqli ichakka ochiladi. Uzun 
ingichka ichak yo’g’on ichakka ochiladi. Ingichka va yo’g’on ichak chegarasida juft ko’richak 
o’simtasi joylashadi. Qushlarda to’g’ri ichak yo’q yo’g’on ichak to’g’ridan to’g’ri kloakaga 
ochiladi. Kloakaning ustki devorida fabritsiy xaltasi bo’ladi. Bunda ovqat tarkibidagi namlik 
so’riladi. Oshqozon osti bezining chiqarish yo’li 12 barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarning 
jigarida boshqa qushlarda bo’ladigan o’t pufagi bo’lmaydi. 
Nafas olish organlari o’ziga xos tuzilgan va boshqa ichki organlariga nisbatan uchishga 
ko’proq moslashgan. Og’iz bo’shlig’ining turida xiqildoq yorig’i joylashadi va u xiqildoqqa 
ochiladi. Xiqildoqni tok uzuksimon va juft cho’michsimon tog’aylari tutib turadi. Bu ustki 
xiqildoq domiy, ovoz apparati vazifasini bajarmaydi. Ustki xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya 
ko’krak bo’shlig’ida ikkita bronxga bo’linadi. SHu joyda ya’ni traxeya bronxlarga bo’lingan 
joyda, qushlar uchun xos bo’lgan pastki xiqildoq joylashadi va u ovoz pardalarini tarang 
tortishligi va ovoz chiqishi uchun xizmat qiladi. Bronxlar o’pkaga kirgandan so’ng shoxlanadi va 
bronxiolalar hosil qiladi. Lekin ba’zi bronx shoxchalari o’pkadan chiqib qushlar uchun harakterli 
bo’lgan havo xaltachalarini hosil qiladi. 
Havo xaltachalari qushlarning nafas olishida katta rol o’ynaydi. Qushlar nafas olganda 
havo yo’llari orqali o’pkaga boradi, havoni bir qismi esa o’pkadan havo xaltachalariga boradi. 
Ko’krak qafasi qisqarganda, ya’ni nafas chiqarilganda, havo xaltachalaridan havo yana o’pkaga 
kiradi va o’z kislorodini beradi. Demak bir marta olingan havodan qushlar ikki marta nafas oladi. 
Lekin havo xaltachalarida gaz almashinmaydi. 
Qon aylanish sistemasi. Qushlarning yuragi to’liq to’rt kamerali bo’lib, arterial va venoz 
qon yurakdan va gavdada aralashmaydi. SHu sababli qushlarning gavda temperaturasi doimiydir. 
Qushlarning yuragi boshqa umurtqalilar yuragiga nisbatan katta bo’ladi. Bu qushlarning 
modda almashinish protsesining juda intensivligi bilan bog’liqdir. 
Chap yurak qorinchasidan bitta o’ng aorta yoyi chiqadi. Bu o’zidan juft nomsiz 
areteriyani ajratadi. Nomsiz arteriyalarning xar biri o’z navbatida uyqu, o’mrov osti v ko’krak 



arteriyalarini beradi. Ko’krak arteriyasi ko’krak muskullariga boradi. Aorta yoyining o’zi esa 
o’nga burilib orqa aortani hosil qiladi. Venoz qon gavdaning bosh qismidan juft bo’yinturuq 
venalarga to’planadi. Bu venalar qanotlardan kelgan o’mrov osti venasiga ko’krak venalari bilan 
qo’shilib, juft oldingi kovak venani hosil qiladi. Dum venasi ikkita buyrak qopqa venalariga 
bo’linadi. Son, yonbosh buyrak venalari qo’shilib toq keyingi kovak venani hosil qiladi. 
Ichakdan venoz qon ichak tutqich venasiga yig’iladi va bu keyingi kovak venaga qo’shiladi. 
Oldingi va keyingi tok kovak venalar o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi. 
O’ng yurak qorinchasidan o’pka arteriyasi venoz qonini o’pkalarga olib keladi. O’pkadan 
arterial qon, o’pka venasi nomi bilan kelib, chap yurak bo’lmasiga quyiladi. 
Modda va gaz almashinish protseslarining juda ham intensiv borishi sababli qushlarning 
gavda temperaturasi ham yuqori bo’ladi. Masalan qushlarning gavda temperaturasi o’rtacha 42 S 
ga tengdir. 
Ayrish organlari. Juft metanefritik buyraklari judda katta bo’ladi. Buyraklar uchta pallaga 
bo’lingan. Uzunchoq yassi tanachadan iborat. Buyraklaridan bittadan siydik yo’li chiqadi. Siydik 
yo’li kloakaga ochiladi. Qushlarda siydik pufagi yo’q. Kloakada siydikdagi suv ikkinchi marta 
so’riladi. 
Erkaklarning ko’payish organi bo’lib juft loviyasimon urug’don xizmat qiladi. Urug’don 
yil fasllariga qarab xar xil kattalikda bo’ladi. Ko’payish davrida chug’urchuqlarning 
urug’donlarini hajmi kuz va qish fasllariga qaraganda 1500 barobar kattayadi. Urug’dondan 
urug’ yo’llari chiqadi va kloakaga ochiladi. Urug’ yo’llari kloakaga ochilishdan oldin kengayib
urug’ pufagini hosil qiladi. 
Urg’ochilarining ko’payish organi toq chap tuxumdon va chap tuxum yo’lidan iborat 
bo’ladi. Tuxumdon ham ko’payish vaqtida kattalashadi. Tuxum yo’lining bir uchi tana 
bo’shligiga ochilsa ikkinchi uchi kloakaga ochiladi. Yetilgan tuxumdan tuxum tana bo’shlig’iga, 
u yerdan tuxum yo’li voronkasida tushadi. 
Yetuk tuxum sariqlikdan iborat bo’lib, bularning orasida yupqa oq sariqlik qatlamlari bor. 
Keyin tuxum oval oqsil bilan o’raladi. Bachadonda esa ikkita yupqa po’st osti pardasi va keyin 
oxakka shimilgan qattiq po’st bilan qoplanadi. 
Tuxum po’stida talaygina mayda-mayda teshikchalar bo’ladi. Bu teshikchalar orqali 
embrion bilan tashqi muxit o’rtasida gaz almashinib turadi. Tuxumning poynak tomonida yupqa 
parda bir-biridan ajralib, havo kamerasini xosil qiladi. Embrion tuxumdan ochib chiqishdan oldin 
shu kameradagi atmosfera havosidan nafas oladi. Tuxum sarig’ining qarama-qarshi tomonlaridan 
oqsil iplari-xalazalari chiqadi. Xalazalar po’st osti pardaning ichki devoriga tegib turadi. 
Zarodishning taraqqiyoti urug’lanish paytidan boshlanadi. Urug’langan tuxum 
sariqlikning yuqoriga qaragan tomonida yorug’ dog’ yoki zarodish diskasi joylashadi. Shunday 
qilib tug’ilgan tuxumda zarodish ikki qavatli bo’ladi. Zarodish diskasi o’rnida zarodish qalqoni, 
uning o’rtasida birlamchi chiziq xosil bo’ladi Keyinchalik embrion atrofida xalqa burma 
ko’tarilib chiqadi. Bu burma embrionni butunlay o’rab oladi. Shunday qilib, embrion pardalari: 
ichki pardasi va tashqi aprdasi seroza, ularning orqasida esa embrion qobig’i-alantois xosil 
bo’ladi. Rivojlanishning ilk bosqichlarida embrionning boshi, bo’yinning yon tomonida 5 juft 
jabra yoriqlari,juft oyoqlari xosil bo’ladi. Keyin yoriq jabralari yo’qoladi,sariqlik xaltasi quriydi 
va jo’ja tuxumdan chiqadi. 
Qazilma qushlarni hisobga olganda, qushlar sinfi 2 ta kenja sinfga bo’linadi: 1. Kaltakesak 
dumlilar; 2. Yelpiƒich dumlilar. 
– yura davrida yashagan, dumi uzun, oldingi oyoqlarida erkin 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin