1. Bir martalik va takroriy tadqiqotlar yordamida olinishin mumkin bo’lgan ma’lumotlarni tasniflang



Yüklə 22,69 Kb.
səhifə2/2
tarix19.06.2023
ölçüsü22,69 Kb.
#132686
1   2
21 16. Saipova Iroda

Takroriy tadqiqotlar- bu bitta dastur va vositalar bo’yicha izchil ravishda ma’lum vaqt oralig’ida olib boriladigan va ob’ektdagi o’zgarishlar dinamikasini tavsiflovchi natijalarni olish uchun mo’ljallangan bir nechta tadqiqotlar to’plami. Bularga quyidagilar kiradi:
Longityud o’rganish- shaxslarning bir guruhini uzoq muddatli o’rganish;
Kogort tadqiqoti-uzoq vaqt davomida bir xil yoshdagi (avlod) shaxslarni o’rganish. Maqsad bir avlod vakillarining turmush tarzi, yo’nalishidagi o’zgarishlarni tahlil qilish. Tadqiqot ob’ektlari o’zgaradi, lekin respondent o’zgarmaydi.
Trend tadqiqoti-vaqt oralig’ida va nisbatan bir xil metodologiyaga muvofiq bir xil umumiy guruhda o’tkaziladigan tadqiqot. Maqsad ijtimoiy o’zgarishlar tendentsiyalarini o’rnatish. Masalan, aholini ro’yxatga olish.
Panelli tadqiqotlar-ma’lum vaqtdan keyin bitta dastur buyicha, bir xil namunada va yagona usul buyicha olib boriladigan tadqiqot. Maqsad voqealar dinamikasini tahlil qilish. Odamlar o’zgarishi mumkin, ammo o’rganish ob’ektlari (korxona, tashkilot) o’zgarishsiz qoladi.
Panel tadqiqotlarda oldinga qo’yilgan maqsadlarga qarab, ma’lumotlarni takroran yig’ish ikki, uch yoki undan ko’p bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Dastlabki va takroriy bosqichlar orasidagi vaqt oralig’ining davomiyligi juda boshqacha bo’lishi mumkin, chunki ijtimoiy jarayonlarning tezligi har xil. Ko’pincha, ob’ektning o’ziga xususiyatlari tahlilni o’tkazish uchun vaqt oralig’ini talab qiladi.
8-Savol.
Sotsiologik tadqiqot - ixtisoslashtirilgan protseduralar (usullar) yordamida ijtimoiy voqelik haqida bilim olishga qaratilgan uyushgan kognitiv faoliyat. Sotsiologik tadqiqot sotsiologlar kasbiy faoliyatining asosiy shaklidir. Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy-uslubiy bo’limlardan iborat.
1. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob'ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga oladi.
2. Nazariy-uslubiy esa, ma'lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, taxlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi.
Tadqiqot dasturida quyidagilar bo’lishi lozim:
1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad.
2. Tadqiqot ob'ekti.
3. Tadqiqot predmeti
4. Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili
5. Tadqiqot gepotezasi (farazi).
Asosiy ilmiy taxmin.
6. Tadqiqot vazifalari.
Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim axamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal vazifasini o’taydi. Maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator ijtimoiy ziddiyatli holatlargi duch kelish mumkin.
Dasturda kompleks sotsiologik tadqiqot natijalarini qo’lga kiritish, o’rganilayotgan ob'ekt va predmet xususiyatlarini aniqlash maqsadlarida sotsiologik tadqiqotlar instrumentarisiga alohida to’xtalib o’tishimiz lozimdir. Instrumentariy deganda biz -sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish uchun zarur bulgan metodik va texnik usullar yig’indisini e'tiborga olamiz. Har qanday tadqiqot biron bir muammoni qo’yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan buyurtmachi tomonidan beritida o’zining ilmiy echimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin.
Har qanday tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi. Sotsiologik tadqiqotlar o’rganmoqchi bo’lgan jarayonlarni amaliy yechimini topishda yordam beradi. Ya’ni eksperiment orqali namoyon bo’ladi. Sotsiologik tadqiqotning asosiy vazifalaridan biri sabab va oqibatlarni aniqlashdan iborat. Sotsiologik tadqiqotlarning imkoniyatlari juda ko’p bo’lib, ko’plab usullar orqali o’rganilishi kerak bo’lgan sohani o’rganadi.

1-topshiriq. Giyohvandlikning oldini olish bo’yicha so’rovnoma.


1. Siz chekasizmi?
-ha
-yo’q
-ba’zan
2.Giyohvandlikka ruju qo’yishingizni sababi nimada?
-kuchli stress
-qiziqish
-bo’sh vaqtning ko’pligi
3.Kasbingiz bormi?
-ha
-yo’q
-kunlik ish
4.Oylik daromadingiz sizni qoniqtiradimi?
-ha
-yo’q
-ba’zida
5.Sizga biznes qilishingizga yetarlicha mablag’ berilsa giyohvandlikdan qaytarmidingiz?
-ha, albatta
-hozirgi yurishimdan qoniqaman
-buni iloji yo’q
6.Giyohvandlikka ruju qo’yishga erta turmushning ta’siri bormi nima deb o’ylaysiz?
-ha
-yo’q
-ba’zi hollarda
7.Erta turmush qurushga fikringiz?
-ijobiy
-salbiy
-farqi yo’q
8.Ajrimlarning ko’p bo’lishiga sabab nima deb o’ylaysiz?
-xoy-u-xavas
-yoshlarning oila haqidagi fikri yetarli emasligi
-uchinchi shaxs aralashuvi
9.Jamiyatimizda ajrimlarning ko’p bo’lishiga sabab ma’naviyatimizning qashshoqligimi?
-ha
-yo’q
-ba’zan
10.Tarbiyani oiladan to’g’ri bera olsak giyohvandlik kamayadimi? Fikringiz qanday?
-albatta
-bo’lishi mumkin emas
-harakat qilib ko’rish kerak
Yüklə 22,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin