MAJBURIY
FANLAR
ONA TILI
1. Birgalik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Mehmon qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirmadi. B) O’tgan yili qishloq jamoasi choyxonani ta’mirlashdi. C) Baland-past chorpoyalarda qip-qizil, ozoda gilamlar ustida odamlar guruh-guruh bo’lib chaqchaqlashadi. D) Vodil qishlog’ining choyxonasi yo’l boshidagi ikki katta keksa chinorning soyasida joylashgan.
2. Suv keldi // nur keldi. Berilgan gapda // shartli belgisi o’rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) tire B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) vergul
3. 1) Doka ro’molin dol qo’ygan, o’ng betiga xol qo’ygan; 2) Ertasiga haligi she’r gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqdi; 3) Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh-metin bo’lib muzladi. Ushbu gaplardagi ajratib ko’rsatilgan so’z haqida berilgan qaysi hukm to’g’ri?
A) 1- va 2- gapda shakldosh so’z qo’llangan B) barcha gaplarda bir so’zning turli ma’nolari
C) 1- va 3- gapda shakldosh so’z qo’llangan D) barcha gaplarda shkldosh so’zlar qo’llangan
4. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig’lab uyga keldi. Ushbu gapdagi so’zlar tarkibida qanday fonetik hodisalar sodir bo’lgan? 1)
tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 3) tovush ortishi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 1, 2 C) 1, 3
5. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Manzuraning yuziga dam issiq, dam oqshom shabadasi uriladi.
B) Aql – eskirmas kiyim, bilim bo’lsa tuganmas buloqdir.
C) Vali yana ertasiga saharlab uyg’onganda, G’ulomjon hujrasida yo’q edi.
D) Dugonalar ish bilan band bo’lishdi, suhbat negadir qovushmadi.
6. Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikanlari o’zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta moslashuvli tobe bog’lanishlar ishtirok etgan?
A) 2 ta C) 3 ta B) 4 ta D) 5 ta
7. Qaysi qatordagi xatolik paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik emas?
A) To’nning adibini chiroyli qilib tikdi va onasiga ko’rsatdi.
B) Qanday aytilishidan qat’iy nazar bir xil yoziladi.
C) Ta’magir odamlar hayotda faqat o’zini o’ylab yashaydi.
D) Lahim go’shtni ajratib oldi va rastaga terib sota boshladi.
8. Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) taftish, ta’bir, tavfiq
B) ma’shuqa, mahbus, mo’ne
C)
xabarnoma, xarhasha, xolis
D) avto, afg’on, avf
9. Qaysi gapda bilan so’zi bog’lovchi vazifasida kelgan?
A) Yerni traktor bilan haydadilar.
B) Paxta dalasiga hasharchilar bilan ketdik. C) Vazir bilan singlim bir guruhda o’qishadi.
D) Sobir erta bilan turdi va ishga otlandi.
10. Tarkibida ikkita sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qatnashgan so’zlarni ko’rsating. 1) yangichasiga; 2) singlisi; 3)
birdaniga; 4) borayotir; 5) ketsam; 6) yarmiga.
A) 2, 5, 6 C) 2, 3, 6 B) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6
ASOSIY FANLAR
ONA TILI VA ADABIYOT
31. Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlanding, ammo kelib-kelib bu kun seni o’shanga berdilar. Ushbu gapdagi olmoshlar haqida to’g’ri mulohazani aniqlang.
A) Gapda olmoshning 3 xil ma’no turi ishtirok etgan.
B) Gapda ko’rsatish olmoshlari 3 xil sintaktik vazifani bajargan.
C) Gapda 3 o’rinda olmosh turkumidagi so’zlar qatnashgan.
D) Gapda kishilik olmoshlari faqat vositali to’ldiruvchi vazifasini bajargan.
32. Uyga kirishi bilan gapiryotganlar birdan to’xtab qolishdi. Berilgan gapdagi so’z birikmalari haqida nechta hukm to’g’ri emas? 1) Gapda 4 ta holli so’z
birikmasi qatnashgan; 2) Gapda 4 ta fe’lli so’z birikmasi qatnashgan; 3) Gapda 2 ta so’z birikmasining ham hokim, ham tobe qismlari fe’l bilan ifodalangan; 4) Gapda otli so’z birikmasi ishtirok etmagan. A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3
33. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan xato yozilgan? hordiq, muxandis, xakam, ko‘hna, ahd, muxojir, halqum. A) 5 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
34.
Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi. Kechasi ochilur, osmonga sochilur. Osmonda u yarqirab, kulib turar jimirlab. Ushbu gapdagi ismlar guruhiga mansub bo’lmagan yasama so’zlar qanday gap bo’lagi vazifasini bajargan?
A) hol, hol B) kesim, hol, kesim C) kesim, hol, hol D) kesim
35. Quyidagi gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o’rnida ikki nuqta qo’yiladi? A) Qarasam, oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapti // oyim og’ilda talqon qilyapti. B) Bir kishi ariq ochadi // ming kishi suv ichadi. C) Foydali so’z go’dakdan chiqsa ham quloq sol // yomon so’z mo’ysafiddan chiqsa ham quloq solma. D) Hozirgi yoshlarga aytar so’zimiz // o’tgan ajdodlarimizga munosib farzand bo’ling.
36. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ot va sifat yasovchi shakldosh morfemalar ishtirok etgan?
A) Hamma yoq, qumloq bo’lib ketibdimi, amaki? // Bo’taloq tuyaning bolasi bo’ladi, bolam, otning emas.
B) Men kechki smenaga ishga o’tishga majbur bo’ldim. // Ot tepkisini ot ko’taradi.
C) Ekin ekish ishlari bu yil barvaqt boshlandi. // Osmondagi to’lin oy qizg’ish quyoshning o’rnini tamoman egalladi.
D) Dangasa va maqtanchoqlar qo’rqoq bo’ladi. // Erinchoq kishi hammaning og’riq joyidir.
37. Tarkibida sof modal so’z ishtirok etgan sodda gap berilgan javobni aniqlang.
A) Abduqodirning ham tomog’iga
bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi.
B) Shuning uchun uyga kirayotganda, albatta, yuz-qo’lini tozalab, kiyimlarini qoqib kirdi.
C) Mening beshigimga otilgan ul o’q Sizning umringizni uzgan, ehtimol.
D) Balki, ustoz Oybekday to’lib, Yozajaksan yangi bir doston.
38. Qaysi gapda ham imloviy, ham so’z qo’llash bilan bog’liq xatolik kuzatiladi?
A) Bu kasallikning da’vosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
B) Ma’shuqasini kutgan yigit azim yong’oqlarga qarab xayol surayapti.
C)
Qobil bobo, xalqimiz uchun butunlay yod bo’lgan tushunchalarni tafsifladi.
D) Doktorxona deganda uning ko’z oldiga izvosh va oqpodshoning sur’ati solingan 25 so’mlik pul kelar edi.
39. Qaysi javobda ergash gapining kesimi ot kesim bo‘lgan hol ergash gapli qo‘shma gap berilgan?
A) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi.
B) Sabrning boshi achchiq, oxiri bo‘lsa shirin.
C) To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun hamisha rost so‘zlashga odatlan.
D) Biz hozir juda baxtiyormiz, chunki hammamiz ko‘zlagan maqsadimizga yetdik.
40. Men titrog’imni bosolmasdim, yuragim o’ynab ketayotgandi. Suhbatdoshim esa mening bu ahvolimga parvo ham qilmasdi, mudroq kayfiyat bilan o’tirardi. Ushbu parchadagi so’zlarda necha o’rinda fonetik o’zgarish sodir bo’lgan?
A) 10 B) 9 C) 8 D) 11
41. U o’zining “Layli va Majnun” dostonida Navoiyni ustoz sifatida tilga olib: “Turk-u
arab-u ajamda ayyom, Har shoira vermish edi bir kom. O’lmish edi Navoiy suxandon Manzuri shahanshohi Xuroson”, – deb yozadi. Ushbu ma’lumotlar qaysi ijodkor haqida?
A) Maxtumquli B) Muhammad Fuzuliy
C) Zokirjon Furqat D) Avaz O’tar
42. “U juda charchagan, lekin sira o’lgisi kelmas edi. Shuning uchun ham u chalchiqzordan meva terib yer, tanga baliq ovlar, suv qaynatib ichar va olazarak bo’lib kasal bo’rini kuzatar edi”. O’lim bilan bo’lgan kurash so’ngida g’olib bo’lgan inson irodasi tasvirlangan ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Ufq” (Said Ahmad)
B) “Hayotga muhabbat” (Jek London)
C) “Yovvoyi yo’rg’a” (E.Seton-Tompson)
D) “Omon ovchining o’limi” (Sh.Xolmirzayev)
43. Ibrohim Yusupov ijodiga oid ma’lumotni aniqlang.
A) Shoir ba’zi she’rlarida “Firog’iy” taxallusini qo’llaydi.
B) Shoirning birinchi asari “Arg’umoqlar” nomi bilan dunyo yuzini ko’radi.
C) Shoirning she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to’plami “Biz boramiz!” nomi ostida o’quvchilarga hadya etiladi.
D) Shoirning tarjimalari “Mangu buloqlar” nomi bilan chop etiladi.
44. Qaysi asarda jangda asir tushgan o’n ikki-o’n uch yoshli jasur shahzodaning – o’z nabirasining – qatl qilinishi haqidagi farmonga bir malikaning fitnasi bilan sarhush
holda imzo chekib yuborgan, keyin afsuslanib qatlni bekor qilgan bo’lsa-da, kech qolgan, oqibatda o’z farzandi bilan yovlashib qolgan podshoh obrazi uchraydi?
A) “Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov)
B) “Sohibqiron” (Abdulla Oripov)
C) “Ulug’bek xazinasi” (Odil Yoqubov)
D) “Navoiy” (Oybek)
45. Oʻ.Hoshimovning dramalarini aniqlang. 1) “Toʻylar muborak”; 2) “Ikki karra ikki – besh”; 3) “Inson sadoqati”; 4) “Shamol esaveradi”; 5) “Qatagʻon”; 6) “Odamlar nima derkin”
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
46. “Sohibqiron” dramasida tasvirlanishicha, Temur (Sohibqiron) qaysi o’g’lini, sarxush holatda ayoliga qo’l ko’targani (urgani) uchun, qirq kun zindonga soldiradi? A) Shohrux B) Jahongir C) Mironshoh D) Umarshayx
47. Mirmuhsining “Chodrali ayol” nomli asari to’g’risidagi ma’lumotni belgilang. A) Bolalar uchun yozilgan asarlar
sirasiga kiradi. B) Chet eldagi kishilar hayotini ko’rsatishga bag’ishlangan. C) Xalqimiz o’tmishini aks ettirishga bag’ishlangan. D) Ilk she’riy romani hisoblanadi.
48.Qaysi qatorda A. Qahhorning bir janrga mansub boʻlgan asarlari keltirilgan?
A) “Sarob”, “Muhabbat”
B) “Sinchalak”, “Shohi soʻzana”
C) “Qoʻshchinor chiroqlari”, “Sarob”
D) “Oʻtmishdan ertaklar”, “Qoʻshchinor chiroqlari”