Matnni o’qing va ushbu matn asosida tuzilgan 49 – 50-topshiriqlarni bajaring.
1. Bir kuni movlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog’ sayridan qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar
qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom etibdi.
2.
Qabriston yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik tiriklikdagi o‘liklik.
Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
3. Mulozimlar otasi oldiga ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha
tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar.
49. Ushbu matnni o’qing va raqamlab ko’rsatilgan bandlarida ro’y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko’rsatilgan to’g’ri javobni belgilang.
a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq xatolik).
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-c, 3-b
50. Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang.
A) gunoh, ayb, noma’qul ish
B) o’ylamoq, fikr yuritmoq
C) jim ketmoq, sukut saqlamoq
D) oxiri, nihoya