Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix14.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#74586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizim



Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning 
asosiy shakli sifatida.
Reja: 
 
1.Zamonaviy ta ’limga asosimy yondoshuvlar. 
2.Rivojlantiruvchi ta ’lim.Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta ’lim) va 
shakllarining tavsifi. 
3.Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma - xil turlari.Innovatsion, masofaviy ta’lim. 
4.Та’limni tashkil etish shakllari 
5.Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi. 
Tayanch tushunchalar: Ta’limning tashkiliy shakllari, ta’lim turlari 
1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining 
tavsifi. 
Didaktik g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib, takomillashib 
boraveradi va ular o‘ziga xos tizimlar ko‘rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta’lim turlari 
o‘quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida 
shakllantiriladi. 
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir: 

arxaik (ibtidoiy); 

qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik); 

avestit (Baqtiriya, Sug‘diyona, Xorazmda – Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar); 

yunon (Ellins, rim – yunon, rim – eramizdan avvalgi V-I asrlar); 

o‘rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar); 

yangi (tushuntirish, tushuntirish – ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o‘qitish, 
muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning xalqaro 
tarmog‘idan foydalanib o‘qitish va shu kabilar); 

xorijiy (tushuntirish, tushuntirish–ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o‘qitish, 
muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning xalqaro 
tarmog‘idan foydalanib o‘qish va shu kabilar). 
“Avesto” g‘oyalariga ko‘ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda 
Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganida tashkil topdi. “Avesto” 
zardushtiylikning muqaddas manbai bo‘lib, u o‘z davrining qomusiy asari hisoblangan. Uning 
g‘oyalariga binoan yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash quyidagi tamoyillarga asoslangan: 

yoshlarni diniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash; 

jismoniy jihatdan tarbiyalash; 

yoshlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish orqali ularning savodxonligini 
shakllantirish. 
“Avesto” g‘oyalari bo‘yicha Yer, Quyosh, suv, olov muqaddas deb e’tirof etilganligi 
sababli yoshlarni tarbiyalashda Ona Yerga, atrof – muhit, tabiatga muhabbat hissini o‘yg‘otish 
muhim yo‘nalish hisoblangan. Shuningdek, unga barkamol shaxs obraziga qo‘yilgan talablar 
haqida aniq tasavvurlar ifoda etilgan. 


Muntazam o‘qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469 – 
399 er. avv. yillar) va ularning o‘quvchilari tomonidan keng qo‘llanilgan yordamchi savollarga 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin