ekskursiya, o’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta'limi
shakllari, uy ishlari, sinfdan tashqari o’quv ishlarining shakllari (predmet to’garaklari, studiyalar,
olimpiadalar, tanlovlar).
Darsning tashkiliy shakllari
Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan
uchta: yakka tartibdagi, umumiy va guruhiy shakllari qabul qilingan.
O’quvchilar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo’sinda
tuzish
mumkin:
- dastlab mustaqil ishlarni o’tkazish hamda o’quvchi yashaydigan va o’qiydigan
sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o’rganish;
- o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish;
- har bir o’quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni hamda bilim olishi va kamol topishi
nazorat qilish sistemasini belgilash, o’quvchini o’z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga
o’tkazish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish, tuzatish va xulosalar
chiqarish
O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli
Umumiy
shakl darsda, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining shunday turidirki, unda
o’quvchilar hammalari uchun umumiy bitta ishni baravar bajaradilar. Olingan natijalar sinf
bo’yicha muhokama qilinadi, taqqoslanadi va umumlashtiriladi. Ommaviy ta'lim sharoitida
o’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli g’oyat muhimdir.
U bolalarda jamoatchilik
hissini tarbiyalash, ularni mulohaza yuritishga, o’quvchilarning mulohazalaridagi xatolarni
topishga o’rgatish imkonini beradi. To’g’ri rahbarlik qilinsa, bolalarning o’quv
imkoniyatlari
aniqlansa, sinfda turli muammolarni muhokama etish juda samarali tadbir hisoblanadi. Bu tadbir
o’qituvchidan hamma o’quvchilarning fikrlashiga mos ishni topish mahoratini, ularning
istaklarini tinglay olishni talab qiladi.
Darsning umumiy shaklida ko’zlangan maqsadlar bo’yicha va ayniqsa, o’quvchilarda
dalillar bilan muhokama yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda ajoyib natijalarga erishish
mumkin. Agar bolaning o’quv imkoniyatlari to’g’ri baholansa, darsni tashkil qilishning umumiy
shakli o’quvchilarga yakka tartibda yondashishdan keng foydalanish imkonini ham beradi.
O’qituvchi ulardan o’z imkoniyatlariga bog’liq holda turli darajadagi umumlashmalarni so’raydi.
Shu tariqa o’quvchilarning
tinglashlari ham, o’z bilimlari va fikrlarini o’rtoqlari bilan
taqqoslashi, tezda to’ldirishi, undagi xatolarni topish ko’nikmalarini shakllantirishi juda
muhimdir.
Dostları ilə paylaş: