1. Biriktirilgan guruhda mustaqil ravishda kun tartibini o’tkazish


-Bola shaxsini tarbiyalashda o‘zbek xalq ertagidan hadis va rivoyatlardan foydalanib bolalar bilan suxbat o‘tkazish



Yüklə 124,25 Kb.
səhifə13/16
tarix26.04.2023
ölçüsü124,25 Kb.
#103018
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
mavzu

7-Bola shaxsini tarbiyalashda o‘zbek xalq ertagidan hadis va rivoyatlardan foydalanib bolalar bilan suxbat o‘tkazish
Kirish. “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”. Buyuk sohibquron bobomiz Amir Temur kitobga shunday tarif beradi.umri jangu jadallarda o`tgan, o`z salohiyati bilan buyuk davlat barpo etgan ulug` bobokolonimizning bu fikri barchamizda kitobga nisbatan mehr muhabbat uyg`otadi. Hayotimizni bebaho boylik, aql zakovatning ulkan mo`jizasi kutobsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Zero kitob qorong`u yo`lni yoritguvchi nur dunyo ilmlarini ochuvchi noyob kalitdir. Asosiy qism. Ota-bobolarimiz, momolarimiz farzand tarbiyasiga azaldan katta e`tabor qaratib kelgan. O`g`il – qizlarimiz hushxulq bo`lib o`ssin, nabiralarimiz el koriga yaraydigan inson bo`lib ulg`aysin, deb ularni kitob o`qishga undashni ,birbiridan qiziq hikoya, rivoyat va ertaklarni so`zlab berishni zinhor kanda qilishmagan. Negaki ertaklarda ezgu g`oyalar ulug`lanadi, yakuni esa yaxshilik bilan tugab, yovuzlik ustudan g`alaba qozoniladi. Hozir biz katta yoshdagilar biroz befarqmizmi, nima uchundir ertak aytishga erinamiz. Ko`pchilik” zamonaviy “onalar o`ziga yengillik tug`dirish maqsadida tag`in vaqti yo`qligini bahona qilib, har xil multfilmlar ko`rishga, telefon kompyuter o`yinlari bilan “og`zini yopishga” urunishadi. O`ylab qolasan kishi shu to`g`rimi? Bolaga ertak aytib berish qanchalik muhim? Bu savollarga javob izlalar ekanmiz bugungi globallashuv davrida yosh avlodni axborot – kommunikatsiya texnologiyalariga o`ta berilib ketishdan asrab, mutolaaga undash o`rniga afsuski o`zimiz bunga sharoit yaratib berayotganimiz kundek ravshan bo`lib qolmoqda. Shuni unutmaslik lozimki farzand tarbiyasida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan davr juda muhim va nozik davr hisoblanadi. Ota-onasi xoh eng yaxshi odamlar bo`lsin, xoh eng yomon–go`dak yozilmagan qog`oz, bitilmagan doston. Tili endigina chiqqan farzandingiz savol beraverib, sizni esankiratib qo`yadi. Aynan bu davr juda muhim. Afsuski ko`pchilik yosh onalar bu holdan bezor bo`lib, bolasini noo`rin jerkib tashlaydi. Bola bunday vaziyatda biror nimani so`rab o`rganishga ham qo`rqib qoladi. Unutmang, tili chiqib, yura boshlagan kichkintoyingiz juda g`ayratli va serharakat. Uning lug`atida har kuni yangi-yangi so`zlar paydo bo`lib o`sib boradi. Aynan shu payti farzandingizga nima o`rgatsangiz, tez ilib oladi. Unda syujetli o`yinlarga ehtiyoj tug`iladi. Agar bu paytda aytib bergan ertaklaringizni u bilan rolga kirib o`ynasangiz, foydadan holi bo`lmaydi. Ertak bolada hayot haqida tasavvur uyg`otadi, yaxshi va yomonni ajratishga ko`maklashadi, murakkab vaziyatlardan chiqish yo`llarini o`rgatadi. Ertak orqali farzandingiz boshqalar bilan o`zaro munosabat meyyorlarini, bo`lishi mumkin bo`lgan muammo va to`siqlarni anglay boradi. Farzandingizga qiyinchiliklarni yengib o`tish, muammoni hal qilish, voqealikning yaxshilik, adolat va muhabbat bilan tugashiga umid qilishdan saboq beradi.Siz uchun oddiy tuyulgan ertak kichkintoyingiz ruhiyatiga juda katta ta`sir qilishini xayolingizga keltiraolmaysiz. Chunki ertakda go`dagingiz amalda qo`llay olmaydigan, lekin tasavvur qilishi mumkin bo`lgan chek-chegarasiz imkoniyatlar yotadi.Ertak yoningizdagi bu kichkina odamchaning yaratuvchanlik qobiliyati ,fantaziyasi, idrok etish tuyg`ularini shakillantiradi. Bir eslab ko`ring, Hamid Olimjonning ”Bahor kuychisi “bo`lishida onasi aytib bergan ertaklar sabab bo`lmaganmidi? Ertak bolaning xulq-atvoridagi salbiy hususiyatlarni ijobiy tomonga masalan yolg`onchilik, qo`pollik, badjahillik, o`g`rilik, dangasalik, yig`loqilik, qo`rquv kabilarning to`g`riso`zlik, muloyimlik, oqko`ngillik, ozodalik, mehnatsevarlik, botirlik vajasurlik tuyg`ulariga o`girishga samarali yordam beradi. Ertak bolaning nafaqat ichki dunyosiga, tarbiyasiga balki uning nutqidagi nuqsonlarni, masalan ,duduqlanib gapirish (logonevroz)ni bartaraf etishda ham samarali ta`sir ko`rsatadi.Muhimi ertakchi shunday mahoratli bo`lishi kerakki, u bolani real hayotdan mo`jizaga ishontira olsin. Umuman ertakning foydalari ko`p: - u orqali tinglovchi o`zi ayb va xatolarini tan olishdek og`riqli holatga duchor bo`lmaydi,qo`rqmasdan qiziqarli ertak qahramoniga aylanib, muammosini hal qiladi, ertakdan xulosa chiqaradi; - ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o`zi va o`z olami haqidagi biror–bir yangilikni ichki dunyosining aralashuvidan qo`rqmagan holda olish imkoniga ega bo`ladi; - bola ertakni eshitar ekan, o`zini qahramonlar bilan solishtiradi, o`z harakteriga yaqin qahramonlarni tanlab oladi, qo`rquv va kechinmalari orasida o`zini yolg`iz his etmaydi; - eng asosiysi, ertak qahramonlari qiyinchiliklarni yengayotganini eshitib, fikrlarini jonlantirib, muammolarini hal etish tajribasi va o`z kuchiga ishonchni paydo qiladi. Ertakning yana bir muhim belgisi shuki, kuchsiz va omadsiz qahramon ertak so`ngida kuchli, aqlli, botir va omadli g`olibga aylanadi. Bu o`zgarishlar bolada yaxshilanishga bo`lgan urinishni yuzaga keltiradi. U doim “Irkit o`rdakcha“ qachondir, albatta, g`o`zal oqqushga aylanishini biladi va o`zi ham qiyinchiliklardan qo`rqmasdan olg`a intilishga, shunday yo`l tutishga harakat qiladi. Bolada mehnat malakasi vujudga kelsa, u ota-onasi, kattalarning ko'rsatib turishini kutib o'tirmay, o'zi eplab ketaveradi. Hayot shunday: kim tadbirkorlik bilan erinmay ko'p mehnat qilsa, sog'lom, boybadavlat yashaydi, xor-zor bo'lmay umr kechiradi. Qumursqa maqtanchoq emas, u oddiy va sodda. Shu fazilatlari bilan ajralib turadi. Savol-javoblarda muz, bulut, quyosh, yomg'ir, yer, o't, mol, bo'ri, mergan-u sichqon kabilardan ham qumursqa ustun chiqadi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning asosiy qismini to'g'riso'zlik, halollik, birovlarni aldamaslik kabi g'oyalar ifodalangan asarlar tashkil etgani ma'qul. Masalan, turkman xalq ertagi „Rostgo'y bola"ni olib ko'raylik. Ertak qahramoni to'g'riso'zligi, kattalarning pand-nasihatlariga quloq solishi bilan yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Rus xalq ertagi “Sholg'om” bu davr bolalar kitobxonligida asosiy o'rinda turadi. Ertak juda oddiy va sodda. Ammo uning ma'no va mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda kuchli. Ertakda boboning sholg'om ekishi va yirik sholg'omni ko'plashib tortib olish voqeasi tasvirlanadi. Ortiqcha tafsilotlar deyarli yo'q. Ammo unda kichkintoylarga ibrat bo’ladigan jihatlar ko'p. Ertakda boboning mehnatkashligi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bobo kechasi-yu kunduzi sholg'omga ishlov beradi, ter to'kib mehnat qiladi. Demak, ertakda, eng avvalo, mehnatsevarlik ulug'lanadi. Ikkinchidan, bola atrofidagilar bilan ahil, do'st bo'lib ulg'ayishi kerak. Kimki do'stlarbilan, jamoa bilan hamfikr, hamkor bo'lib o'ssa, o'ziga ham, o'zgalarga ham yaxshi. Ertakdagi kattakon sholg'omni yerdan tortib, sug'urib olish voqeasi yosh kitobxon uchun juda qiziqarli. Bobo, buvi, nabira, kuchuk, mushuk, sichqonlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishadi. Bu holat bolalarga katta zavq beradi. Ertak kichkintoylarda kuch birlikda degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi. "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 506 www.openscience.uz Aziz onalar! farzandingizga har kuni ertak aytib bering. Shunday go`zal ertak aytingki, bolangiz qalbida yaxshilikka ishonch, umid uyg`onsin. Ertakni sinchkovlik vanozik did bilan tanlang, toki bolangizning ichki olami kun sayin boyisin!



Yüklə 124,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin