13
gapirmayman”, derdilar
1
. Yaʻni hazil qilsalar ham, haq soʻzlar
bilan qilar, yolgʻon gapirmas edilar.
Anas roziyallohu anhu aytadi:
Nabiy sollallohu alayhi
vasallam biz bilan aralashib yurardilar. Hatto ukamga: “Ey
Umayr, nima qildi Nugʻayr?” derdilar
2
. Yaʻni, Umayrning
Nugʻayr ismli qushchasi oʻlib
qolganda, shunday yoʻl bilan
uni koʻnglini koʻtarganlar.
Bir kuni Nabiy sollallohu
alayhi vasallam Zohir
roziyallohu anhu bozorda narsalarini sotayotganida oldiga
keladilar. Uni yaxshi koʻrardilar.
Vaholanki, u yuzi hunuk
kishi edi.
Uni orqasidan quchoqlab turib,
“Kim bu qulni
sotib oladi?” dedilar.
Shunda u: “Ey Allohning rosuli, unday boʻlsa men juda
arzon qul ekanman”, dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam esa:
“Lekin Allohning huzurida sen qimmatsan”, dedilar
3
.
Bir kampir Nabiy sollallohu
alayhi vasallam oldilariga
kelib: “Ey Allohning rosuli, meni jannatga kiritishini Allohdan
soʻrang!” dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam esa: “Ey Falonchi,
jannatga kampirlar kirmaydi”, dedilar. Kampir yigʻlagancha
burilib ketdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: “Unga
xabar qilinglarki, u kampir holatida jannatga kirmaydi. Alloh
1
Termiziy, 1990.
2
Buxoriy, 6129. Muslim, 2150.
3
Ahmad, 12648.