15
U zot sollallohu alayhi
vasallam qizil ranglari bor, yoʻl
yoʻl, biroz dagʻal matoni ikki yelkalariga tashlab olardilar
1
.
Uhud gʻazotida ikkita
sovutni ustma-ust kiyganlar
2
.
Urushda boshlariga dubulgʻa kiyardilar
3
.
Kiyimlarining rangi
U zot sollallohu alayhi vasallamning eng yaxshi koʻrgan
kiyimlari hibaro edi
4
. Hibaro yoʻl yoʻl kiyim boʻlib, ziynatlari
kam va kirlikni ham koʻtaradigan matodan iboratdir.
U zot sollallohu alayhi vasallam qizil yoʻl-yoʻl hulla
kiyardilar
5
.
Hulla - beldan pastga
kiyiladigan izor va ustidan
tashlanadigan ridodan iborat kiyim.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam ikkita yashil rangli
plash kiyardilar
6
.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam ikkita eski
yopinchiqcha kiyardilar
7
.
Yana u zot sollallohu alayhi
vasallam egar surati bor
boʻlgan, qora jundan qilingan plash kiyardilar
8
.
1
Ahmad, 13763.
2
Termiziy, 3738.
3
Buxoriy, 1846. Muslim, 1357.
4
Buxoriy, 5812. Muslim, 2079.
5
Termiziy, 197. Ahmad, 18759.
6
Abu Dovud, 4206. Termiziy, 2812. Nasaiy, 1572. Ahmad, 17496.
7
Termiziy, 2814.
8
Muslim, 2081.
16
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam yenglari tor boʻlgan
Shom oʻlkasida tikiladigan jubba kiyardilar
1
. Jubba – koʻylak
ustidan kiyiladigan choʻponga oʻxshagan kiyim.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam qora salla kiyardilar.
Sallaning peshini esa ikki yelka orasiga
tushirib olardilar
2
.
U zot vafot etganlarida egnilarida Yamanda tikiladigan
dagʻal izor va yamoqli kiyim
bor edi
3
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytardilar:
“Oq
Dostları ilə paylaş: