1.Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosinibildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi
2.Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
3.Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
4.Ko’rgazmali metodlar - predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko’rsatishda qo’llaniluvchi usullar.
5.Loyihalashtirish (rejalashtirish) - o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
6.Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
7.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash - mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta’lim bosqichi.
8.Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
9.Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg`usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari.Individ (lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) –xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi
biologik mavjudot.
10.Individuallik - shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
11.Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo’nalishlar bo’yicha oliy va qoidagako’ra oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
12.Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oilabyudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarniasrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g`ri tashkil etish vahokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdaniborat pedagogik jarayon
13.Iqtisodiy ta’lim - o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g`ri tashkil etish va hokazolar) to’g`risidagi nazariy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
14.Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
15.Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
16.Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig`ilma, omma, birgalikdagimajlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
17.Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchibarqarorlashgan odat.
18.Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviypsixologik munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek, jamoada mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim shaxslar o’rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni.
19.Jismoniy tarbiya - o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
20.Idrok – aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Dostları ilə paylaş: |