Bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix31.01.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#81869
  1   2   3


Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo 
va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel
1138 
O‘ZBEK XALQ YERTAKLARI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI 
BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH 
Choriyeva Nasiba Karimovna 
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistranti 
Xalq og’zaki ijodi va uning janrlaridan biri bo’lgan maqol janriga e’tibor beradigan bo’lsak, 
maqollar sodda, ixcham shaklga ega bo’lsada, o’zida chuqur ma’noni ifodalaydi. Maqollar biror qissa 
yoki hikoyaning butun bir mag’zini, syujetini tashkil etishi ham mumkin. Bu esa bir tomondan maqol 
janri xalq og’zaki ijodi va adabiyotning boshqa namunalari bilan chambarchas bog’liqligini ta’minlasa, 
ikkinchi bir tomondan esa shu asarni yorqinroq ochib berishga, bola ongida umrbod saqlanib qolishga 
xizmat qiladi. Bunday jarayonlarga adibimiz Abdulla Qahhor asarlarida juda ko’p marta duch kelamiz. 
Shu o’rinda aytish mumkinki, Abdulla Qahhor xalq maqollaridan o’z o’rnida, mohirona foydalana olgan 
adibdir. U o’zining ”O’g’ri” hikoyasi uchun ”Otning o’limi – itning bayrami” o’zbek xalq maqolini 
epigraf qilib tanlagan. Hikoyada kambag’al Qobil boboning ho’kizini o’g’irlab ketishi, o’g’rini topish 
maqsadida oraga qanchadan-qancha ”tadbirkorlar”ning tushishi, ularning boboga hech qanday yordam 
bera olmaganligi va bu ”kattalar” uchun bayram bo’lganligi voqeasi tasvirlanadi. Mana shu ”Otning 
o’limi – itning bayrami” o’zbek xalq maqoli asosida ”O’g’ri” hikoyasi yuzaga kelgan bo’lsa ham ajab 
emas. Ushbu hikoyadan xulosa qilib aytish mumkinki, maqollar tarixiy davrlardagi xalqlarning turmush 
tarzi, hayotiy kechinmalari, orzu-umidlari va yuzaga keladigan tarixiy voqea va hodisalarni
ifodalaydigan va shu xalq tomonidan yaratiladigan, juda kam o’zgarish bilan saqlanib kelayotgan kichik, 
ixcham shaklga keltirilgan, o’zida chuqur ma’noni ifodalaydigan kichik bir badiiy asardir. 
O’zbek xalq maqollarini yosh bolalar ongiga singdirishda xalq og’zaki ijodining boshqa 
janrlaridan, turli xil didaktik o’yinlardan, topqirlik mashqlaridan, ko’rgazma qurollardan unumli 
foydalanish yaxshi samara beradi. Xalq maqollari bolalar ongiga tezroq yetib borishi, tushunarli bo’lishi, 
xotirasida umrbod saqlanib qolishi uchun bolalarga maqollar bilan bog’liq hikoyalar, qissalar, ertaklar 
aytib berilishi ham mumkin. Bu hikoya va qissaning bolalarbop bo’lishi va ular tushunadigan tilda 
sodda, ixcham va syujeti uncha murakkab bo’lmagan va eng asosiysi hikoya yoki qissaning birorta 
maqol yoki shu kabi hurhikmat ma’noli ibora tashkil etishi kerak. Ana shunday hikoyalar sirasiga ulug’ 
adibimiz hikoyanavis Abdulla Qahhorning ”Bemor” hikoyasini kiritish mumkin. Hikoyada 
keltirilganidek bir kambag’al oilaning turmush tarzi, kambag’allik, qo’li kaltalik qilib bemor ayolini 
davolata olmagan nochor hikoya qahramoni va uning endigina tetapoya qilayotgan va hali tili chiqib 
ulgurmagan qizalog’i juda ham achinarli qilib tasvirlangan. Qizaloqning erta tongdan uyg’onishi va o’zi 
tushunmagan holda allaqachon yorug’ dunyoni tark etgan onasining dardiga shifo tilab: - ”Xudoyo 
ayamding daydiga davo beygin” – deyishi har qanday bolani, nafaqat bolani, balki kattalarni ham 
jumbushga keltiradi. Shu kabi hikoyalarga qadimdan sayqallanib kelayotgan ”Osmon yiroq yer qattiq” 
maqoli to’g’ri keladi. Bu maqol ham ajdodlarimizning turmush tarzidan, o’tmishda kechirganlaridan 
dalolat berib turuvchi ko’zgu hisoblanadi. Mana shunday hikoyalar bilan bog’liq holdagi maqollarni
aytish kichik yoshidagi bolalarga juda tez ta’sir qiladi. Bu tipdagi maqollar qadimda adolatsizlikdan
chorasizlikdan, haqsizlikdan va tengsizlikdan dalolat beradi. Bu esa kichik maktab yoshidagi bolalar 
qalbida mana shunday yovuz illatlarga qarshi nafrat uyg’onadi va oqdan qorani farqlay bilishga undaydi. 
Bolalar ongiga bugungi kun yaratuvchanligini, ma’naviyatini va bunyodkorlik g’oyalarini sindirishga 
qulay sharoit yaratadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilariga bo’lgan e’tiborning kuchaytirilayotganligi ham 
bejiz emas. Qadimdan buyuk pedagoglardan qolgan shunday naql bor, ”Besamar ketgan har bir soat dars 
kelajakka qilingan hiyonatdir”- mana shu mo’jazgina naqldan ham ko’rinib turibdiki, shaxs kamolotining 
asosiy poydevori –maktabgacha bo’lgan davrda beriladigan ta’lim va tarbiyadir. Bir-biri bilan bog’liq bu 
ikki tushunchani tor ma’noda olib qarasak, ya’ni tarbiyaga muhtoj bir go’dak misolida ko’rsak, 
g’odaklikdan boshlab shunday tarbiya berilishi kerakki, kelajakda hayot yo’lida uning ongida ma’naviy 
bo’shliq hosil bo’lmasin. Hayotga to’g’ri ko’z bilan qaraydigan, ezgu fikrlaydigan, ezgu faoliyat 
yuritadigan komil shaxs bo’lib jamiyat taraqqiyotiga xizmat qila olsin. Zero, ma’naviyati past odam 
jamiyat taraqqiyotiga hech qanday foyda keltira olmaydi. Keng ma’noda esa biror jamiyatning misolida 
olsak, yoshlarning qay darajada ilmiy, jismoniy, huquqiy, ma’nabiy salohiyatga ega ekanligi va 
davlatning boshqa davlatlar oldidagi mavqeini belgilaydi. Davlatning qudrati, buyukligi shu davlat
yoshlarining ilmiy salohiyati va ma’naviyati bilan o’lchanadi. Ma’naviyatning asosini ta’lim va tarbiya 
tashkil qiladi. Ana shu ta’lim va tarbiyani amalga oshiruvchi shaxs bu tarbiyachilardir. Tarbiyachi – bu 
yaratuvchi, mohir san’atkor. Uning yaratuvchanligi davlatning asosini, poydevorini qurib berishi, mohir 
san’atkorligi yoshlarga ta’lim va tarbiya berib, maktabga yo’naltirishidir. Shu o’rinda yuksak sarkarda 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin