Muhabbatnoma



Yüklə 42,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü42,49 Kb.
#199873
  1   2   3
\'5-amaliy Rabg`uziy. Xorazmiy



MAVZU: “QISSASI RABG’UZIY” – O`ZBEK NASRINING ILK 
NAMUNASI SIFATIDA.
XORAZMIY HAYOTI VA IJODINING MANBALARI. 
“MUHABBATNOMA”NING NUSXALARI VA TUZILISHI. 
 
 
RABG’UZIY VA UNING "QISSASI RABG’UZIY"
ASARI 
REJA
1. 
Rabg’uziy hayotiga doir ma’lumot. 
2. 
“Qissasi Rabg’o’ziy” asari. 
3. 
Asarning xarakteri, tuzilishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari. 
4. 
Asardan o’rin olgan hikoyatlar, ularning o’rni, mazmun mohiyati. 
5. 
Asarning ahamiyati. 
XIII asr oxiri XIV asr boshlarida buyuk daholaridan biri Nosuriddin 
Burhoniddin Rabg’o’ziydir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi 
yagona manba o’z asari “Qissasi Rabg’o’ziy”dir. 
“Bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, mavsiyat yovonini kezgan, oz ozuqliq 
Robot o’g’uzning qozisi Burhoniddin o’g’li Nosuriddin”. Demak, muallif 
Xorazmning Roboti o’g’uz degan joyidan bo’lib, u yerda qozilik qilgan. 
Rabg’o’ziy taxallus shu joy nomidan olingan. SHuningdek, asarda muallif ushbu 
asarini hukmdor beklardan “Nosiriddin To’q bug’a” degan kishining talabiga 
muvofiq yaratganini ham aytadi. 
Bu yerda shu narsa ko’zga tashlanadiki, To’q bug’a bu vazifani topshirishda 
Rabg’o’ziyning bilim quvvati yozuvchilik mahorati, hayot tajribalari yetarli 
ekaniga ishonchi bo’lgan. Qolaversa, muntazam izchillikda bayon qilingan tarixiy 
va afsonaviy voqealar, asarga kiritilgan turkiy she’rlar, arab tilidan qilingan 
tarjimalar Rabg’o’ziy iste’dodini isbotlaydi. 
“Qissasi Rabg’o’ziy” asari 709 (1309-1310) yillar atrofida yaratiladi. Muallif 
asariga asos qilib Qur’onda mavjud bir qator voqealardan, Abu Ishoq 
Nishopuriyning “Qissasul anbiyo” va boshqa islomga oid manbalardan 
foydalanadi. 
“Qissasi Rabg’o’ziy” xarakteriga ko’ra o’ziga xos diniy mohiyatga ega. Asar 
an’anaviy hamd, na’t bilan boshlanadi. So’ngra yozilish sabablari, o’zi haqida 


xabar beruvchi qisqa so’z boshi keladi. Asarda hammasi bo’lib 72 ta qissa o’rin 
olgan. Asar garchi payg’ambarlar haqida bo’lsa-da, muallifning e’tiroficha, 
insonlar mavjud bo’lmasdan avval ham mavjudlik mavjud bo’lgani uchun 
voqealarni ana shu ilk mavjudlik voqealaridan boshlaydi. Ya’ni avvalgi qissa yer, 
ko’k, mavjudotlar, jin, dev, parilar hukmronligi, so’ngra insonning yaratilishiga 
ehtiyoj tug’ilishi voqealaridan boshlanadi. Bu voqealar konkret ilmiy xarakterga 
ega bo’lmasa-da, lekin olam va odamning avvali haqida ma’lum tasavvurlar 
beradi. 
Qolgan 
qissalar 
payg’ambarlar 
va 
payg’ambarlashtirilgan 
shaxslar 
to’g’risidadir. Rabg’o’ziy har bir qissaning boshlanishida payg’ambar xakida 
qisqacha ma’lumot sungra izohlovchi she’r, so’ng nasrda qissaning asosiy 
mazmuni beriladi. Bu mazmun ham yaxlit voqealar bayonidan iborat bo’lmay, shu 
voqealar bilan bog’liq bir necha naql va hikoyatlardan ham iboratdir. 
Masalan, Idris payg’ambar to’g’risida izoh va she’r keltiriladi. So’ngra nasrda 
uning o’ziga xos xislatlari aytiladi. Qissadan ma’lum bo’lishicha, Idris payg’ambar 
ilmu hikmatda, podshohlikda, payg’ambarlikda uchinchidir. U nima narsa bo’lsa, 
tikib kiyishni bilgan, shamshir, pichoq kabi asboblarni yasagan, osmonda 
yashagan, jannatda tirik yurgan, yetmish ikki tilni bilgan, dinga da’vat qilib, turli 
rasm-rusumlarni o’rgatgan. Xudo uning sidqidildan qilgan toat-ibodatlari, ishlarini 
nazarda tutib, o’lib qayta tirilishiga, osmonga chiqib sayr qilishiga, do’zax va 
jannatda aylanib, jannatda qolishiga izn beradi. 
Asarda boshqa payg’ambarlar haqida ham shu usulda voqea-hodisalar bayon 
qilinadi, rang-barang hikoyatlar keltiriladi. 
E’tiborlisi shundaki, qissalar va ular bilan bog’liq hikoyatlar maqsadli 
muayyan bir g’oyaga bo’ysundirilgan holatda bayon qilinadi. Masalan, Bir kuni 
Sulaymon Boyqushdan so’radi, nima uchun doim vayronalig’ yerni xohlaysan, 
nega xalq orasida yurmaysan. Boyqush aytdiki, odam farzandlari bir-biriga 
qiladigan zulmidan qo’rkaman. Demak, bunda zulm qoralanadi. Dovud 
payg’ambar hikoyatida halollik, halol mehnatni ulug’lash g’oyasini ko’ramiz. 
Bunday g’oyaviylik asardagi barcha hikoyatlar uchun xosdir. Ko’rinadiki, 
Rabg’o’ziy qissa va hikoyatlarini insonlar ezguligi uchun xizmat qilishga qaratgan. 
Asardan o’rin olgan hikoyatlarning ko’pchiligi real hayot hodisalarini 
izohlashga qaratilgan. Masalan: Insonga jon ato etilishidan oldin uning tanasi 
tirnoqlar kabi silliq edi, jon baxsh etilgach, yumshab, hozirgi holatga keldi, 
avvalidan nishona sifatida tirnoqlar saqlab qolindi. Qarg’alardan biri yerni 
cho’qalib, o’lgan sherigina ko’rishdan yerga ko’mish odati rusum bo’ldi. 


SHuningdek, arining g’o’ng’illashi, qaldirg’ochning odamlar orasida bo’lishi, 
ilonning qurbaqaga o’chligi va hakazolar hayotiy hodisalar bo’lib, izohlovchi 
hikoyatlardir. Ana shu o’rinda asarga xos eng muhim xususiyat rivoya va hayotiy 
traditsiyalar tutashtiriladi. 
Qissa va rivoyatlar Rabg’o’ziyning nasrdagi katta mahoratini ko’rsatsa, 
asardan o’rin olgan g’azal va she’rlarda tabiat ko’rki, qahramonlarni ruhiy 
holatlarini yorituvchi she’rlar uning nazmdagi mahoratini ko’rsatadi. 
Bizningcha, “Qissasi Rabg’o’ziy”ga diniy xarakterdagi bir asar sifatidagina 
qaramaslik kerak. CHunki asarda diniy ruhga nisbatan inson xayoti, kelajagi va 
real borliq bilan bog’liq dunyoviy ruh ustun darajadadir. Asar tom ma’nodagi 
ilhom manbaiga aylanishi mumkin bo’lgan nodir yodgorlikdir. 

Yüklə 42,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin