1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi



Yüklə 184,15 Kb.
səhifə1/14
tarix07.01.2024
ölçüsü184,15 Kb.
#203380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 mavzu


1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi.

Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan.


16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi, shuningdek ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
Ilmiy-texnik progress - bu fan va texnikaning yaxlitligi, o’zaro bog’liqligidir. Fan asta sekin ishlab chiqirish xizmatkoriga aylana boradi, chunki, ishlab-chikarish progressi va texnik taraqqiyot faqat ilmiy progress asosida rivojlana oladi. Ilmiy texnalogiya inqilobi - bu fanning ijtimoiy ishlab chikarish taraqqiyotining asosiy va ilg’or faktoriga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarini tubdan sifatli o’zgarishidir.
Bunda texnik vazifalarni hal qilishga endi barcha fanlar qatnashadi. Ilmiy kashfiyotlar orkasidan bir qator ishlab-chikarish tarmoqlari vujudga keladi: M: radioelektronika, atom energitikasining kashf etilishi, kosmonavtika va yaqin kosmosning o’zlashtirilishi, informatika va hisoblash texnikasining kashf etilishi, kompyuterlar, rabotlar, Yerning suniy yo’ldoshi, yangi energiya manbalari, biotexnologiya va gen injeneriyasi hamda kimyo sanoat rivojlandi.
Shuningdek, XX asrda fanning boshka sohalarida ulkan kashfiyotlar kilindi: Mas: ximiya fani sohasidagi yutuqlar katta axamiyat kasb etdi, ayniqsa sun’iy materiallarni yaratish bo’yicha. Biologiya va genetika sohasida ham katta ishlar qilindi, ilgari davosi yo’qk kasalliklar ustidan g’alaba qilina boshlandi. Vitaminlar, garmonlar kashf qilindi. Mas. Ingliz mikrobiologi F.Tuort bakteriya virusini- bakteriofagni kashf qildi.
Bu davrda Yer haqidagi fanlarda: geologiya, giofizika, okeanografiya, meteorologiya va boshka fanlar sohasida katta yutuqlarga erishildi.
XX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ko’pgina kashfiyotlar ikkala jahon urushi oralig’ida keng qo’llanildi. Bular: telegraf, telefon, radio, fuqaro aviasiyasi, kinematografiya va boshqalar.
Kishilar kundalik hayotidagi texnik vositalarning roli va o’rni o’zgardi, ya’ni elektr yoritgichlar, tramvay va avtomabil, lift, pilesos, muzlatkich, ovoz yozish vositalari va televideniya kashf qilindi. 1928 y. 26 iyunda Toshkentda B.P.Grabovskiy boshchiligidagi bir guruh kashfiyotchilar ekranga harakatlanayotgan tramvay tasvirini uzatib uni ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.
1896 yil rus olimi Siolkovskiy insonni kosmosga va hatto Quyosh sistemasiga chiqishi uchun kosmik apparatlarni loyihalashtirdi. Kosmosni amaliy ilmiy o’rganish 1957 yilda sobik sovet ittifoqining Yerning birinchi sun’iy yo’ldoshini kosmosga uchirishdan boshlandi. 1861 yil Yu.Gagarin kosmosga parvoz qildi. 1969 y. amerikalik kosmonavtlar oyga qo’nishdi. Insoniyat tarixida kosmik era boshlandi.
90 yillarda yangi fan - gen injeneriyasi vujudga keldi. 1998 yil klonlangan birinchi hayvon yaratildi. 60-70 yillarda buyrakni o’tkazish (peresadka) va sun’iy yurak ixtiro qilindi va hokazo.
Shunday qilib biz XX asrning buyuk kashfiyotlari to’g’risida qisqacha eslab o’tdik. Endi bu davrda O’zbekistonda fan rivojini kuzatadigan bo’lsak, avvalo biz buni XIX - asr oxiri, XX-asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatidan boshlashimiz kerak. Ular tomonidan yaratilgan yangi usul maktablari milliy intellektual elitamizni, milliy fanimizni rivojlanishiga juda katta turtki berdi.
Jadidchilikni nafaqat yangi oqim sifatida baholash kerak, balki unga Turkistonda yangi iqtisodiy-siyosiy qayta qurish konsepsiyasining tug’ilishi, gumanitar fanlar, ijtimoiy-siyosiy fikrlarning gullab – yashnagan davri deb qarash kerak. Jadidlar o’sha davrda jaholatdan ma’rifat orqali chiqish yo’llarini izladilar. Ularning ko’pchiligi sovet totalitar rejimining qurbonlariga aylandilar.
XX asrning 20-yillarida Turkistonda birinchi milliy kadrlar tayyorlashda, milliy intelligensiyani shakllanishida Toshkent (O’rta Osiyo) Davlat Universiteti katta rol o’ynadi. Bu universitet 1918 yilda mahalliy vatanparvar – ma’rifatchilar tomonidan tashkil etildi va o’z faoliyatini Turkiston Xalq Universiteti nomi bilan boshladi. 1920 yilda Davlat Universiteti maqomini oldi. Bu dargoh O’zbekistonda oliy ma’lumot va fanning keyingi rivojiga katta hissa qo’shdi. Keyinchalik O’zbekistonda bir qator Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari tashkil etildi.
30 - yillarda O’zbekiston fani rivojida burilish davri bo’ldi. Birinchi milliy kadrlarimiz, milliy olimlarimiz respublika xalk xo’jaligini rivojlantirishning bir qator amaliy va nazariy muammolari ustida samarali ilmiy ish olib bordilar.
Barcha ilmiy fanlar va yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan olimlardan: geologlar X.M. Abdullayev, G.A.Mavlonov, N.A.Kenesarin, matematiklar T.N.Qori-Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, biologlardan T.Z.Zoxidov, A.G.G’ulomov, ximiklar A.S.Sodiqov, K.S.Ahmedov, tarixchi Ya.G’.G’ulomov va boshqalar bu fan yunalishlarining asoschilari sifatida dunyoga tanildi. Ilmiy-tekshirish muassasalari tarmoqlarining tez o’sishi natijasida ular ishini koordinasiyalash va boshqarish maqsadida 1932 yil O’zbekiston Fanlar Qo’mitasi tashkil etildi. 1940 yil 8 oktyabrda Qo’mita bazasida SSSR FA ning O’zbek filiali tashkil etildi. 1941 yil O’zbekistonda 8 ming ilmiy xodim ishlagan 75 ta ilmiy muassasa mavjud edi.
Milliy intelligensiyamizning shakllanishi jarayoni murakkab davrda kechdi. Qatag’onlar uning safidagi sara gullarni olib ketdi. Biroq bu O’zbekistonda fan rivojini to’xtata olmadi. Urush yillarida o’zbek olimlari Markazdan evakuasiya qilingan olimlar bilan birga bir qator ilmiy muammolar ustida samarali mehnat qildilar.



Yüklə 184,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin