1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi


Mavzu: IX-XI asrda Musulmon Uyg‘onish davri. Sharq allomalarining dunyo ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi



Yüklə 184,15 Kb.
səhifə4/14
tarix07.01.2024
ölçüsü184,15 Kb.
#203380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 mavzu

4 Mavzu: IX-XI asrda Musulmon Uyg‘onish davri. Sharq allomalarining dunyo ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi.


Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan „Ming bir kecha“, „Kalila va Dimna“, „Qirq vazir“, „Toʻtinoma“, „Sindbodnoma“, „Jomeʼul hikoyot“ kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan „Xamsa“larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, „ishroq“ falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.
Tafakkurdagi ikki: akliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yoʻnalish namoyandalari zohiran oʻzaro kelishmay kelgan boʻlsalarda, amalda Yevropa Uygʻonish davrida boʻlganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) gʻuboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.
Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-asrlarda arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oʻz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib, „vahdatul vujud“ falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad. osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning „Kitob attafhim li avoil sinoat attanjim“ asari qoʻlyozmasi (13-asr).yuksalishga shaylangan xalq oʻz madaniyati va oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka koʻtariladi.
Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, „xazinat ulhikma“, „dor ululum“larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻeʼtibori yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning „Tib qonunlari“, „AshShifo“, Forobiyning „Ilmlar tasnifi“, Ahmad Fargʻoniyning „Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi“, Muxammad Muso Xorazmiyning „Aljabr val muqobila“, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. „Tib krnunlari“ 7 asr mobaynida Yevropa untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari Italiya, Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd — Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan. „Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm charogʻini yoqdilar…; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir“ (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. „Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar“ (Gegel).
Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. „Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk… bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar“ (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante „Bazm“, „Ilohiy komediya“ asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning „Buyuk Temur“ dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.
Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy meros asarlari, cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib qaytadan jonlandi. Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy, falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni yaratishgan.

Yüklə 184,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin