8 Mavzu: G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri. XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy bilimlar rivojida yangi davr.
UYG`ONISH DAVRI, Renessans — G`arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarning madaniyat tarixida o`rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o`tish davri. Taxm. 14—16- asrlarni o`z ichiga oladi.
«Uyg`onish» termini 16-asr italyan gumanistlari, xususan rassom va tarixchi Jovanni Vazari (1511—74) asarlarida mohiyatini ochib berolmaydi va yangi madaniyat mazmunini faqat antik merosni «tiriltirish» b-n cheklab qo`yadi. Shunga qaramay bu termin fanda ham shartli ravishda qabul qilingan.
G`arbiy Yevropa uyg`ronish davrida ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojlanishi. Uyg`onish davri YEvropada XIV asrning iskinchi yarmidan to XVII asrning boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrga kelib, ko`pchilik mamlakatlarda asta-sekinlik bilan eski ishlab chiqarish munosabatlarining o`rniga yangi ishlab chiqarish munosabatlari kurtak shaklida vujudga kela boshlagan edi. Bu esa insoniyat tarixida shu davrgacha yuz bergan eng buyuk ilg`or to`ntarishlardan biri edi.
Haqiqatan ham bu davrda hayotning hamma tarmog`ida muhim ilg`or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o`zgarishlar yuz berayotgan edi. Sanoat ishlab chiqarish usulining dastlabki kurtaklari O`rta yer dengizi atrofidagi ayrim shaharlarda XIV va XV asrlardayoq yuzaga kelgan. Bu davrda, ayniqsa, Italiya eng taraqqiy etgan davlat bo`lgan. Bu yerda boshqa davlatlarga nisbatan avvalroq savdo-sotiq, hunarmandchilik tez sur`atlar bilan rivojlangan. Shular tufayli Italiyada boshqa YEvropa davlatlariga nisbatan shaharlar va shaharlarning hayoti tez sur`-atlar bilan o`sgan. Italiyada XIV asrlardayoq dastlabki manufakturalar vujudga kelganki, ular hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan oldinga tashlangan katta qadam edi. Savdo, sudxo`rlik, hunarmandchilik manufakturalaridan juda katta foyda kelar edi. Natijada bank egalari, savdogarlar, sanoatchilardan iborat mavqeli, tabaqa vujudga keldiki, ular Italiyaning Venetsiya, Genuya, Florentsiya shaharlarida feodallar ustidan g`alaba qozonib, siyosiy hokimiyatni qo`lga oldilar. Shuningdek, sanoatning rivoji G`arbiy YEvropada XV—XVI asrlardagi qator geografik va texnik kashfiyotlar bilan ham bog`liq. Amerikaga va Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi, Magellanning butun dunyo bo`ylab sayohati shunga olib keldiki, bir necha asrlar davomida o`zgarmas deb hisoblagan YEr kurrasining chegarasini buzib yubordi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bu o`zgarishlar, geografik va texnik kashfiyotlar YEvropa xalqining bu davrdagi ma`naviy hayotida ham tub o`zgarishlarga olib keldi. Jumladan, bu davrda cherkovning ma`naviy hokimiyati xristian dini negizida vujudga kelgan islohchilik harakatlari ta`sirida ham singdirilgan edi. Bu islohchilik harakatlarida feodalizm quroli bo`lgan rim-katolik cherkovi ta`siridan qutulishga harakat qilayotgan, tobora mustahkamlanib borayotgan yangi tabaqalarning intilishlari aks etardi. Cherkov ma`naviy hokimiyatining zaiflanishiga faqat turli islohotchilik harakatlari ta`sir qilibgina qolmay, balki cherkov, din bilan hech qanday aloqasi bo`lmagan dunyoviy madaniyat va ma`naviyatlarning keng tarqalishi ham sabab bo`ldi.
XIV asrlarda dastlab Italiyada vujudga kelgan bu yangi madaniyat gumanizm nomini oladi. Umuman gumanizm iborasi lug`aviy jihatdan insoniylik, degan ma`noni anglatadi. O`z moxiyati jihatdan bu madaniyat cherkov, ilohiyotga xos bo`lgan ma`rifatlilikka zid bo`lgan ma`rifatni anglatardi. Gumanistlar dunyoviy fanlarni cherkov sxolastik «olim»ligiga qarshi qo`yardilar. Keyinchalik bu oqim YEvropaning boshqa qator mamlakatlariga ham keng tarqaldi. Bu madaniyat badiiy adabiyot, tasviriy san`at, haykaltaroshlik, arxitektura va me`morchilik, fan va falsafada erishilgan ajoyib yutuqlarni o`zida mujassamlashtirgan edi. Bu madaniyatning eng asosiy mohiyatlaridan biri - asrlar davomida feodal zo`ra-vonlik va cherkov tomonidan inkor etilgan inson shaxsining manfaatlari va huquqlarini himoya qilgan gumanizm edi, chunki u har tomonlama rivojlangan inson shaxsi haqida gapirsa ham, butun xalqni nazarda tutmas edi. Balki uning ayrim, nisbatan cheklangan tabaqasi haqida gapirardi. Ikkinchidan, bu gumanizm insonni feodal zo`ravonlikdan, cherkov hukmronligidan ozod qilish haqida orzu qilsa ham, umuman, insonni ijtimoiy ozod qilish masalasini qo`ymagan, ya`ni keng mehnatkashlar ommasini ijtimoiy ozodlikka olib chiqishni xayoliga ham keltirmagan edi. Shuning uchun bu gumanizm o`z moxiyati jihatidan tor doiradagi gumanizm ediki, uning asosiy xususiyati invidualizm, raqobat kabi tamoyillardan iborat edi. Ammo shunga qaramasdan, madaniyatdagi bu yangi oqim o`sha davrda ilg`or tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi.
XV—XVI asrlardan fan tobora iloxiyot bilan o`z aloqasini uza boshlaydi. Asta-sekin mustaqil rivojlanish yo`liga o`tib din, cherkovga qarshi chiqa boshlaydi. O`sha paytda jamiyatning ilg`or tabaqalari texnikaning nazariy asosi va diniy ideologiyaga qarshi kurashda qurol bo`lgan tabiatshunoslik rivojla-nishidan manfaatdor edi. Chunki sanoatni rivojlantirish uchun fan kerak edi. Bu fan fizik jismlar xususiyati va tabiat kuchlarining namoyon bo`lishi shaklini taxlil qilardi. Shu paytgacha fan cherkovning xizmatkori edi va unga din tomonidan belgilangan doiradan tashqariga chiqish mumkin emasdi. Ilmiy tabiatshunoslikning rivojlanib borishi keskin kurash bilan bog`liq edi. Bu davrdagi ilg`or fan vakillaridan juda ko`pchiligi jafo chekadilar. Bular jumlasiga Djordano Bruno, Servet, Vanini, Vaziliy, Galiley va boshqalar kiradi. Rivojlanib borayotgan tabiatshunoslik falsafani ilmiy asoslash uchun juda boy ozuqa beradi. XV asrning II yarmidan tabiatshunoslik oldida eng muhim vazifa—tabiatni bilishning yangi usullarini, tabiat hodisalarini tekshirishda tajribaviy usulni ishlab chiqish vazifasi turardi. Bir tizimga so-lingan tajribaviy fan xuddi shu vaqtdan boshlab paydo bo`la boshladi. Xulosa va isbotlarini, matnlarni solishtirish va sillogistika asosiga qurgan sxolastik usulga qarama-qarshi tajribaviy tabiatshunoslik har qanday xulosa va isbotlarni tajribaviy kuzatish va tajribaviy tekshirishni talab qilardi. Tabiatni tajribaviy tekshirish bilim manbaigina hisoblanmasdan, balki u yoki bu tabiiy-ilmiy xulosalarning to`g`riligining mezoni ham deb hisoblana boshlandi. Sxolastlar tabiat hodisalariga hech qanday murojaat qilmasdan, Aristotel asarlari matnlarini va o`z fanlarining boshqa avtoritetlari (nufuz)ga murojaat qilish asosida bahs yuritardi. Tabiatshunos-olim esa, tegishli javobni qadimgalarning asarlaridan emas, borliqning o`zidan, tabiatdan, hayotdan qidirgan.
Uyg`onish davri yangi davr arafasida o`ziga xos qadriyatlarga ega bo`lgan g`oyaviy va madaniy rivojlanishni o`z ichiga olgan tarixiy jarayondir.
Evropaning rivojlangan mamlakatlarida XII va XIII asrlarda savdo va xunarmandchilik rivoji bilan shaharlarda o`sish va ishlab chiqarish jadal tus oldi. Shaharlar shunday kuchga aylandiki, ular tufayli eski tuzum o`z iqtisodiy rivojining yuqori cho`qqisiga ko`tarildi. Shu bilan birga shaharlar rivojida eski tuzum qobig`idan tashqariga chiqib ketadigan jarayonlar ham yuz berdi. Shaharlarda tobora avj olayotgan iqgisodiy ravnaq savdo va sudxo`rlik sarmoyasining tezlashuviga olib keldi. Natijada kurtak shaklida cheklangan, mustahkam bo`lmagan sanoat ishlab chiqarishi munosabatlari shakllana boshladi. Dastlab, manufakturalar ko`proq mustasno sifatida yuzaga keldi. Moxiyat jihatidan Uyg`onish davri o`tmishda uzoq davom etgan ishlab chiqarish kuchlarining turg`unligini yengib o`tgan davr bo`dtsi. O`rta asrlar davrida YEvropa shaharlarining iqtisodiy-siyosiy va madaniy rivojlanishida katga farqlar mavjud edi. Shuning uchun Uyg`onish jarayoni birdaniga hamma mamlakatlarda emas, avvalo eng rivojlangan mamlakatlarda yuz berdi. Dastlab uning beshigi Italiya bo`lgan. Uyg`onish jarayonining birinchi davri «italiya hodisasi» bo`lgan, faqat ikkinchi davrga kelibgina, YEvropaga tarqalgan.
Uyg`onish davri mafkurasining yalovbardorlari shaharning oliy tabaqalari, meshchanlar, monastir va cherkov ziyolilari edi. Ular shaxar aholisining o`rta va quyi tabaqalari bilan raqobatda bo`lganlar, kambag`al va faqirlarga nafrat bilan qaraganlar. U davrda hali meshchanlar va dvoryanlar o`rtasida qarama-qarshilik mavjud emasdi. Aksincha, dvoryanlar hatto cherkovning oliy vakillari va meshchanlar tabaqalariga xayrixohlik bilan qaraganlar. Ularning hayot tarzi o`ziga jalb qilgan. Uyg`onish davri mafkurasi ikki yo`nalishda bo`lgan. Bir tomondan antifeodal, ikkinchi tomondan esa antiplebey xarakterda bo`lgan. Meshchanlarning yuqori tabaqalari davlat apparati va cherkovni isloh qilish yo`li bilan tovar-pul munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga harakat qilganlar. Shuning uchun ham bu harakatni «renessans» deb ataganlar.
Renessans iborasi — qayta tirilish, ya`ni antik madaniyat, fan, falsa-faning yangidan qayta tirilishi, jonlanishi ma`nosini anglatadi.
Lekin bu ibora tarixiy jarayon mazmuni va asosiy xususiyatining lug`aviy ma`nosini aks ettirmaydi. Balki bu jarayonning antifeodal xarakterdaligi, cherkovga, dvoryanlarga va umuman eski tartiblarga qarshi qaratilganligini aks ettiradi.
Uygonish davri tarixning shunday bosqichini o`z ichiga oladiki, unda xristian dini yaxlit bir mavqeni egallamaydi. Bunday o`zgarish eng avvalo diniy tashkilotlar qatlamlarida yuz beradi. Falsafada, san`atda, adabiyotda yuz yillar davomida odat kuchiga ega bo`lgan an`anaviy tafakkur usuli tugatilgan emasdi. Urta asr teokratizm (ilohiy hokimiyat) bilan kurashda Uyg`onish davri madaniyatida birinchi o`ringa gumanistik (insonparvarlik), insonni diqqat markaziga qo`yuvchi g`oyalar chiqadi. Hayotda faqat insonning ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga intilish bilan almashinadi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarish o`tmish madaniyati yutuqlarini o`zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun Uyg`onish davri gumanizmi antik madaniy merosga qiziqishni, qadimgi falsafaning boy-liklaridan foydalanishni taqozo qilardi. Endi Platon va Aristotel ta`limotlari, neoplatoniklar, stoiklar va epikurchilar falsafasi, Tsitseron va boshqalar merosiga yangicha yondoshildi va talqin qilindi. Ularning falsafiy-tarixiy talqini qayta ko`rib chiqildi. Uyg`onish davri bu eng avvalo antik davr asarlarini erkin tafakkur qilish, tayyor va o`zgarmas deb xisoblangan haqiqatlardan voz kechishni anglatardi. Bu esa o`z navbatida nima haqiqat va nima haqiqat emas, degan masalani hal qilish huquqini berardi.