1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi


Mavzu: Markaziy Osiyolik allomalarning bashariyat ilmiy taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi



Yüklə 184,15 Kb.
səhifə5/14
tarix07.01.2024
ölçüsü184,15 Kb.
#203380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 mavzu

5 Mavzu: Markaziy Osiyolik allomalarning bashariyat ilmiy taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi.
Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.
Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi.
O’rta Osiyolik mutafakkir olimlar haqida ma’lumotlar.
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u erda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni etti iqlimga bo’lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Evropada astronomiya fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi.
Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O’trorda tug’ilgan, boshlangich ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag’ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy o’rta asrda birinchi bo’lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma’sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G’aznaviy saroyda ham xizmatda bo’lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum.
IX-XII asrlarda adabiyot, me’morchilik va din ravnaqi. O’rta Osiyolik buyuk islomshunos mutafakkirlar.
Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g’isht bilan qurilgan go’zal maqbara. Bu bino to’rtburchak shaklida bo’lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o’tilgan. Shu bilan birga bu bino to’rt fasadlidir. Uning to’rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo’q. Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o’sha davr uchun xos bo’lgan me’moriy xususiyatlardan ham ko’p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga ustunlar o’rnatish. Bino ichidagi bunday shakddagi, shuningdek, dumaloq manzarali maydonlar ham islomgacha bo’lgan yodgorliklarda uchraydi.
IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo’llarining saklanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko’pgina masjidlar o’z vaqtida arablargacha bo’lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo’lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo’lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O’rta Osiyoda diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o’zi uchun katga saroy qurdirgan va uning qurilishiga kagga mablag’ sarflagan. Bu saroy g’oyat go’zal bo’lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo’lgan. Bu saroylar o’zlarining kattaligi va go’zalligi bilan ajralib turgan. Ko’p hollarda bunday saroylar kushmanzara joylarda, bog’lar ichida bunyod etilgan.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) Bolasogumda tug’ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning mashhur «Qudadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha etib kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo’llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va ahloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg’u biligda» sog’likni saqlash, dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko’p uchraydi.



Yüklə 184,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin