1 Mavzu: Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan na texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi


Mavzu: O‘rta asrlarda Yevropa fani



Yüklə 184,15 Kb.
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü184,15 Kb.
#203380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
14 mavzu

7 Mavzu: O‘rta asrlarda Yevropa fani.

Kishilik jamiyati tarixida o’rta asrlar davrining o’rni alohida ahamiyatga ega. O’rta asrlar dunyosi jamiyat taraqqiyotining qonuniy bir bosqichi bo’lib qolmasdan, tarixning o’ziga xos, takrorlanmas bir davri sifatida gavdalanadi. Garchi o’rta asrlarni bizning davrimizdan bir necha asrlar ajratib turishiga qaramasdan, uni o’rganishga bo’lgan qiziqish hamon yuqori. Qanchalik ko’p o’rgansak, shuncha ko’p yangi ma’lumotlarni, boy manbalarga duch kelaveramiz.


Doimo insoniyatni oldinga undovchi omillardan biri tarixiy xotiradir. «Har qaysi xalqning milliy qadriyatlarini o’z maqsad- muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqaniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi». Hozirgi zamon tarixshunosligida o’rta asrlarning asosiy hususiyati bo’lgan feodalizm munosabatlarini o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Deyarli dunyoning barcha xalqalari bosib o’tgan ko’p asrlik o’rta asrlar tarixini bilmasdan turib, feodalizm mohiyatini va umuman o’rta asrlar tarixini to’la tushunib bo’lmaydi. Masalaning yana bir tomoni borki, u ham bo’lsa, o’rta asrlar davri Osiyo tarixini Yevropa qolipida o’rganib bo’lm O’rta asrlar Yevropa tarixi milliy davlatlar va xalqlarning, madaniyatlarning shakllanishi, tillarning vujudga kelishi, davlatchilik munosabatlarining takomillashuvi, madaniyatlarning yuksalishi kabi holatlar bilan izohlanadi. Davlat, huquq, rasmiy din va cherkov o’rta asrlarda davrning hukmron tabaqasi hisoblangan feodallar tomonida turib, xalq ommasi uchun dushmanona kayfiyatda bo’lgan. Shunday bo’lishiga qaramasdan jamiyatning rivojida ayrim holatlarda muhim ta’sir ko’rsatdi.
Yevropadagi feodal davlatlar o’rta asrlarning turli bosqichida turli shakllarda namoyon bo’ladi: ilk feodal bosqichda – garchi yirik bo’lsa ham, ammo tarqoq davlatchilik munosabatlari (Karl Buyuk imperiyasiga o’xshash) xarakterlidir. X – XII asrlarda mayda siyosiy birlashmalar ko’rinishidagi – knyazliklar, grafliklar, gersogliklar va shu kabilar, ularning tepasida turgan shaxslar o’z qo’l ostidagilar ustidan ma’lum siyosiy hukmronlikka ega bo’lib, ba’zan rasman kuchsiz bo’lgan qirol hokimiyati ostida birlashgan davlatlar bo’lib, ko’proq bu davr tarixshunoslikda feodal tarqoqlik deb nomlanadi. XIII – XV asrlarga kelib Yevropaning aksariyat hududlarida davlatlarning markazlashuv jarayoni ro’y berib, asta – sekinlik bilan bu davlatchilik munosabatlari tabaqaviy monarxiya shakliga o’ta bordi, bunda kuchli qirollik hokimiyati mavjud bo’lsa ham, ammo qirollik hokimiyati albatta umumtabaqaviy vakillik yig’inlari, bilan hisoblashishga majbur bo’lgan. Istisno tariqasida aytish mumkinki, butun o’rta asrlar davomida faqatgina Vizantiyada kuchli markazlashgan davlatchilik munosabatlari, ya’ni kuchli imperatorlik hokimiyati saqlanib qolgan. Nihoyat so’nggi o’rta asrlar davriga kelganda feodal davlatchilik anchayin markazlashgan formaga – mutloq monarxiyaga aylana bordi.
Yevropaning deyarli barcha davlatlarida o’rta asrlarda jamiyatda ijtimoiy jihatdan qatlamlarga bo’lingan tabaqalarni uchratish mumkin. Ular davlat hayotidagi mavqeidan kelib chiqib mavqelariga qarab hukmron sinfning iyerarxiya zinapoyasiga taqsimlangan. O’rta asrlarning asosiy ijtimoiy sinfi sifatida shakllangan dunyoviy va diniy feodallar bu tabaqalarning birinchisiga mansub bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tabaqa ulardan mavqelari pastda bo’lgan dvoryanlar va shunga yaqin ijtimoiy guruhlar kirgan. Ana shu tabaqalardan tashqari ayrim davlatlarda uchinchi tabaqa sifatida shaharliklar va erki qo’lida bo’lgan ritsarlar, savdogarlar kabi ijtimoiy guruhlarga kiruvchi tabaqalar ham uchraydi. Yevropa o’rta asrlar tarixining ajralmas bir qismi bo’lgan tabaqaviy monarxiya aslida qirol hokimiyatining davlatda mavjudligini anglatgani holda, uning boshqaruvida tabaqalarning ishtirok etishini anglatadi. O’rta asrlarda shakllangan tabaqaviy monarxiyaning aytish mumkin bo’lsa yorqin namunasini Fransiya tarixi misolida ko’rish mumkin. O’rta asrlar sharoitida davlatning markazlashuv jarayoni, ayniqsa Yevropada, nisbatan uzoq va mashaqqatli kechgan. Bu jarayonni nihoyasiga yetkazish ko’pincha bir shaxsning roliga bog’liq bo’lmagan. Davlat tepasida turgan monarx qanchalik qudratli bo’lmasin, ba’zi bir masalalarni hal etishda, chunonchi diniy masalalar, soliq, urush, askar to’plash, nikoh, meros qoldirish masalalarida baribir qandaydir guruhlarning, ya’ni tabaqalarning «maslahatiga» quloq solishga majbur bo’lgan. Lekin bu «maslahat» bo’lmasdan, balki monarxning amalga oshirmoqchi bo’lgan ishiga «xalq xohish irodasi» niqobini qoplash edi.aydi va aksincha Osiyo qolipida ko’hna qit’aning bu davr tarixini o’rganib bo’lmaydi. Kerak bo’lsa har bir xalq va mamlakat insoniyatning bu bosqichini o’ziga xos bosib o’tgan bo’lsa-da, ularni yaqinlashtiruvchi umumiy jihatlar ham mavjud bo’lgan.
Tahlil qilib o’tganimiz Fransiyadagi General shtatlar tarixining o’zi yuqoridagi fikrimizni tasdiqlab turibdi. Chunki ko’pincha davlat hukmdori o’z ehtiyojidan kelib chiqib, umumtabaqaviy muassasalar yig’ilishiga zarurat sezgan. Ammo ushbu yig’ilish qatnashchilari bo’lgan uchta tabaqa – ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar vakillari o’z manfaatidan kelib chiqib majlisda ishtirok etishining o’zi mazkur tashkilotni ma’lum darajada qirolga muxolif rolini bajarganligini ko’rsatadi. Ko’pincha o’z erkinliklari va imtyozlarini o’ylagan dvoryanlar va ruhoniylar qirolning siyosatiga qarshilik ko’rsatish orqali uni o’z qo’lida ushlab turishga intilgan bo’lsalar, aksinchi qirol uchinchi tabaqa vakillarining tayanchi orqali o’z maqsadiga erishish yo’lini tutib kelgan. Shunday bo’lsa ham, amalda General shtatlar Angliyadagi parlament kabi to’lig’icha qirolni o’zi bilan hisoblashib turadigan organga aylana olmadi. Buni Fransiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining o’ziga xosligi bilan izohlash kerak. Umuman General shtatlar va provinsial assambleyalarning faoliyati haqida umumiy xulosa beradigan bo’lsak, mumtabaqaviy muassasalar zarur vaqtda davlat hokmiyatining asosiy tayanchi sifatida ba’zi masalalar bo’yicha hal qiluvchi pozitsiyada turgan bo’lsa ham, ammo doimiy faoliyat yurituvchi organga aylanmadi. Qirol hokimiyatining zaiflashuvi tabaqalar o’rtasida ziddiyatlarning va qarama – qarshiliklarning kengayishiga omil bo’lib xizmat qildi. Undan tashqari markaz va provinsiyalar o’rtasidagi kelishmovchilik ham General shtatlarning
muntazam chaqirilib turiladigan davlat vakillik organi bo’lishiga to’sqinlik qildi. O’rta asrlarda Ispaniyasida umumtabaqaviy muassasalar boshqa Yeropa
davlatlariga nisbatan solishtirganda ilgariroq vujudga keldi. Bkning hpm o’ziga yarasha sabablari borligini yuqorida izohlab o’tgan edik. Ammo ispan korteslari faoliyat yo’nalishiga ko’ra ko’proq fransuz General shtatlarini eslatib yuboradi. Ya’ni mazkur organ ham qirolga soliq yig’ish ishida va boshqa masalalarda «maslahat berish organi» vazifasini bajargan. Lekin zarur vaqtlari korteslar qirol tomondan chaqirilmasdan, o’z tashabbusiga ko’ra chaqirilib, unda taxt merosxo’ri yoki regentlik masalasi hal qilingan. Korteslar yig’ilishida ishtirok etuvchi tabaqalar yagona ispan davlati qaror topgunga qadar ayrim ispan davlatlarida to’rttani, ayrimlarida xuddi Fransiyadagidek uchtani tashkil qilgan bo’lsa ham, ammo ijtimoiy tarkibi deyarli bir xil bo’lgan. Yagona farq Ispaniya korteslarida yuqori tabaqa dunyoviy feodallardan iborat bo’lgan bo’lsa, General shtatlarda ruhoniylar qatlamidan tarkib topgan. Buning asosiy sababi Pireney yarim orolida arablarning hukmronligi natijasida uzoq yillar katolik cherkovi bu yerda yuqori mavqeini egallay olmaganligidadir.
Ikkinchi bir tomondan olib qaraganda o’rta asrda dastlabki ispan korteslarining chaqirilishiga ko’proq tashabbuskor davlat monarxi bo’lgan deyish mumkin. Chunki rekonkista natijasida kuchayib ketgan ayrim toifalar, xususan rikos ombreslar davlat hududida o’z xohishlaricha siyosat yuritgan, hatto qirolni taxtdan tushirish yoki boshqa qirolning vassalligiga o’tib ketish huquqi -«denaturilizasiya»dan foydalangan. Ana shu huqularini cheklash, boshqa tabaqalardan birinchi tabaqa ta’sirini tushuirishda ko’mak olishga intilish ma’lum darajada korteslarning ilk yig’ilishlariga sabab bo’ldi. Ispaniyaning turli davlatlarida faoliyat ko’rsatgan korteslar turli pozitsiyada turganligini aytish o’rinlidir.

Yüklə 184,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin