41. Yirik firmalar: A. kooperatsiyalashgan va ixtisoslashgan qismlar va detallar ishlab chiqarish asosida faoliyat ko`rsatadi
B. asosan iste`mol buyumlari ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko`rsatish bilan shug’ullanadi
V. * umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat ko`rsatadi
G. xalqaro mehnat taqsimoti bilan shug’ullanadi
42. SHirkat firmalarda: A. o`zgalarni yollab o`z faoliyatlarini olib boradilar
B. firma egasi yakka sohib, uning ustidan hech kim xo`jayinlik qila olmaydi
V. xavf-xatar faqat bir kishi – sohib zimmasiga tushadi
G. * “kemaga tushganning joni bir” qoidasi amal qiladi
43. Mas`uliyati cheklangan sharkatning mas`uliyati cheklanmagan shirkatdan qanday farqi bor? A. * jamiyat qatnashchilari o`zlari qo`shgan ulushlari doirasida javobgar bo`ladilar
B. shirkat o`z faoliyati uchun nizom fondi miqdorida javobgar hisoblanadi
V. shirkat o`z faoliyati uchun nizom kapitalidan ko`p bo`lgan pul miqdorida javobgar bo`ladi
G. bir sherik boshqasining javobgarligini ham o`z zimmasiga oladi
44. Aktsiyadorlik jamiyati – bu: A. * jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo`libu aktsiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi
B. mulk egalari tomonidan bir nechta mustaqil aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilishi maqsadida tashkil etilgan xissadorlik jamiyatidir
V. davlat mulki va uning nazorati ostida ishlovchi korxona
G. yuridik shaxslar kapitallarining birlashuvi bo`lib u aktsiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi
45. Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati – bu: A. aktsiyalari nomlangan va ular faqat aktsioner jamiyati ta`sischilari o`rtasida taqsimlangan jamiyatdir
B. * aktsiyadorlari o`zlariga tegishli aktsiyalari boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan jamiyatdir
V. O`zbekiston Respublikasida joylashgan, aktsiyalarining yoki nizom jamg’armalarining 100 % ini xorijiy investitsiyalar tashkil etgan korxonalar
G. muxandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxonalardir