1. Biznes – bu: A. tadbirkorlikning eng asosiy unsuridir;
B. * ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul, daromad topishni bildiradi;
V. shaxsiy boylik, foyda orttirishga qaratilgan ish;
G. puldan pul keltirib chiqarishdir;
2. Tadbirkorlik – bu: A. qonun xujjatlariga muvofiq daromad olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat;
B. bozor iqtisodiyotida xo`jalik yuritishning asosiy sub`ekti hisoblanadi;
V. tadbir bilan, puxta o`ylab ish tutadigan kishi;
G. * yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati;
3. Biznesmen – bu: A. * biznes bilan shug’ullanuvchi shaxs
B. biznes bilan shug’ullanuvchi tashkilot
V. erni ijaraga berib, renta orqali pul topuvchi shaxs
G. pulni bankka qo`yib, foiz orqali pul topuvchi shaxs
4. Tadbirkor – bu: A. yuridik shaxs sifatida doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxs
B. * yuridik shaxs bo`lmasdan doimiy asosda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxs
V. tadbirkorlik bilan puxta o`ylab ish qiladigan kishi
G. javoblarning hammasi to`g’ri
5. Biznes qilishdan maqsad: A. foyda olish va uni muttasil oshirib borishdir
B. xarajatdan ko`ra ko`proq daromad olishdir
V. biznesni rivojlantirish va sotsial ehtiyojlarni qondirish
G. * A va B javoblar to`g’ri
6. Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri biznes qilishning g’ayri qonuniy usullari hisoblanadi? A. qallovlik va tovlamachilik
B. poraxo`rlik va o`g’rilik
V. narkotik moddalar bilan shug’ullanib pul topish
G. * hamma javoblar to`g’ri
7. Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri tadbirkorlik tamoyillari bo`lib hisoblanadi? A. mulk sohibi bo`lish
B. iqtisodiy erkinlik va mas`uliyat
V. iqtisodiy tavakkalchilik
G. * hamma javoblar to`g’ri