“Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarining tuzilishi va mazmuni” mavzusida yozgan KURS ISHI Xujanova Shohida
MUNDARIJA Kirish I.BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDA BOLALAR O’YINLARNING O’ZIGA XOS TOMONLARI 1.1.Bolalar o'yinlari turlari
1.2.Kichik maktabgacha yoshdagi bolaning didaktik o'yinining o'ziga xos xususiyati
II.BOB.O’YIN-BOLALARNING BIRGALIKDAGI FAOLIYATI SIFATIDA 2.1. Qoidalar bilan o'yinlar: mohiyati va tasnifi
2.2. Bolalar o'yinlarini o’tkazish texnologiyasi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi: Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini t’minlaydigan yosh avlodning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi hal qiluvchi o’rin tutadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyaev ta’biri bilan aytganda “Shu sababli biz islohotlarimiz ko’lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz” Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2020-yil 29-dekabrda Oliy majlisga va o’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi
Boshlang’ich ta’limni qonun talablari darajasida tashkil etishda ta’limni boshqaruv organlari rahbarlari, o’qituvchilar ota –onalar va keng jamoatchilikning vazifalari belgilab qo’yilgan va ana shu talablar asosida vazifa qilib olingan . Bu o’z navbatida ,o’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish , o’qituvchilarning ijodiy izlanish qobiliyatlarini rivojlantirish va amaliyotga moslashtirishni taqozo qiladi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi:Ushbu mavzu D.B. Elkonin, G.A Sukerman V.V Rubsov, J. Piaje, M.G. Davletshin, E.G’.G’oziyev, M.Karimova, I. Pavlov, V.S. Merlin J. Lokklar tomonidan o’rganilgan.
Kurs ishining maqsadi: Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarining tuzilishi va mazmunini o’rganish;