MAVZU: DAVLAT ORGANLARINING TURLARI:MARKAZIY VA BOSHQARUV ORGANLARI: OLIY VA MAXALLIY VAKILLIK ORGANLARI. MUNDARIJA:
KIRISH.
1.BOB.DAVLAT ORGANLARINING TURLARI,MARKAZIY VA BOSHQARUV ORGANLARI.
1.1 Davlat organlarning turlari haqida umumiy tushuncha.
1.2 Davlat organlarning markaziy va boshqaruv organlari.
2.BOB.DAVLAT ORGANLARINING OLIY VA MAXALLIY VAKILLIK ORGANLARI.
1.1.Davlat organlarning oliy organlari.
1.2.Mahalliy vakillik organlari haqida tushuncha.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
K I R I SH Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirirladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat.
Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga olgan huquqning alohida tarmog’I ma’muriy huquq deb ataladi. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshirirladi. Ya’ni aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o’zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi.
Oliy maqsadimiz adolatli demokratik jamiyat barpo etish ekan, eng avvalo, har bir fuqaro o`z huquq va burchlarining mazmun-mohiyatini, qonunlarning manfaatimizga xizmat qilishini chuqur anglab olib, haq-huquqlarimizdan to`g`ri va odilona foydalana bilishimiz kerak.
1-Prezidentimiz I.Karimov “O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat” asarida shunday yozgan: “Endilikda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmatini va boshqa ajralmas huquqi hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolar jamiyatini shakllantirish siyosatimizning oliy maqsadidir”. Demak, bunday davlatni vujudga keltirish uchun butun aholini huquqiy ongini yanada yuksaltirish, huquqiy madaniyatni har tomonlama rivojlantirish, huquqiy faollikni oshirish lozim. Zero, demokratiyaning eng muhim tamoyillaridan biri qonuniy-huquqiy zamin yaratilishidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, huquqni o`rganish, uning turli sohalarini chuqur tahlil eta bilish va huquqiy xulosa chiqara olish bugunning muhim vazifalaridan biridir. Huquqshunoslik fanini o`rganish bu vazifani ado etishda talaba-yoshlarga yaqindan yordam beradi degan umiddamiz.