O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 384,46 Kb.
səhifə1/13
tarix27.08.2023
ölçüsü384,46 Kb.
#140765
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5461142730379898911


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI





URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI


211-guruh talabasi Saparbayeva Sojidaning

“Hozirgi ozbek adabiy tili" fanidan




KURS ISHI
MAVZU: Aforizmlarda so'z birikmasi shakllari

Topshirdi: Saparbayeva Sojida


Kurs ish rahbari: Ro‘zimboyev Sarvar


Urganch-2023


Reja:
l. Kirish
1.So'z birikmasi haqida umumiy ma'lumot
2.Aforizmlarni o'rganishni nazariy asoslari:tarixi ,muammolari.
ll.Asosiy qism.

  1. Aforizmlarda sintaktik munosabat turlari

  2. Aforizmlarda bog'lanish turlari.

  3. Aforizmlarda sintaktik qoliplar

  4. Mumtoz adabiyotdagi aforizmlarning sintaktik tahlili

lll. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatlarning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod
tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar.
Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta’lim to`g`risidagi qonun talablari asosida ta’lim tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Milliy dasturning qabul qilinishda har bir tarbiyachiga alohida mas’uliyat yuklanadi. Shu jumladan, har bir tarbiyachi o`z nutqi ustida ham mukammal ishlashi zaruriyati tug`ildi. Barkamol hamda har taraflama yetuk insonni tarbiya qilish uchun o`qituvchi nafaqat puxta bilimli, balki o`z fikrini chiroyli, ravon, puxta nutq madaniyati qonuniyatlarini chuqur egallagan holda ifoda qila bilishi zarur.

Yüklə 384,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin