O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Muammoning o‘rganilganlik darajas



Yüklə 384,46 Kb.
səhifə2/13
tarix27.08.2023
ölçüsü384,46 Kb.
#140765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5461142730379898911

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon tilshunosligida V.A.Avrorin, O. A.Dmitrieva, Y.V.Zemlyanskaya, L.Van, T.M.Kizlargul, T.V.Sazbandyan, N.G.Dyadk, Y.S.Konovalova, A.V.Eremenko, E.Y.Niktovenko kabi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida aforizmlarning ma’noviy va lingvistik tabiati, uslubiy xususiyatlari, hamda ularni boshqa tillardagi turdosh aforizmlar bilan qiyosiy o‘rganilish orqali bu yo‘nalishdagi ishlar yangi bosqichga chiqqan. Ingliz tilshunosligida M. Robert, Jacob Cats, Robert Farlie, A.Tylor, Auden and K.Louis, A.John, William Lillykabi olimlar aforizimlarni paremiologik birlik sifatida tadqiq etgan. O‘zbek tilshunosligida M.Fozilov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, Z.D.Toshpo‘latov, P. U.Bakirov, X.Tursunov, M.X.Saidov, Z.T.Tohirov, A.Raimov, N.Raimova, Sh.Nosirov, S.Jo‘rayev, N.Toshqulov, Sh.Tojiboyev, R.Egamberdiyev, Z.I.Mirzayunusova, L.V.Polovina, O.P.Uralova, Z.R.Narmuratov kabi olimlarning ilmiy ishlarida aforizmlaming shakllanish bosqichlari, lingvistik tabiati, yondosh hodisalarga bo‘lgan munosabati, tadqiqot usuli kabi paremiologiyanining turli masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.


I.Kirish.
1.So'z birikmasi haqida umumiy ma'lumot
So'z birikmasi. Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug`iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so`zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so`z birikmasini afzal qilib qo`yadi. Qiyoslang: o`qimoq - tez o`qimoq. Keyingi nutqiy hosilada «harflarni urishtirib ma’nosini tushunish» harakati (o`qimoq) so`zidagiga nisbatan aniqroq. Chunki unga tez so`zi ko`maklashgan. Ko`rinadiki, so`z ham, so`z birikmasi ham tushuncha ifodalaydi. So`z ifodalaydigan tushuncha noaniq va, demak, kengroq (masalan, o`qimoq fe’lida harakat tez ham, sekin ham bo`lishi mumkin), so`z birikmasida esa ikki tushuncha o`z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan harakat («harflarni tez urishtirib, ma’nosini tushunish») ifodalangan. Demak, so`z o`z ma’noviy imkoniyatini to`laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so`zga ehtiyoj sezadi. Bu so`z uning ma’noviy ehtiyojini qondirmog`i uchun ham ma’noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo`lmog`i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga diqqat qilaylik: Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so`zlari ma’noviy jihatdan muvofiq bo`lib, biroq ularning grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. Ikkinchi birikuv (osmonni ushlamoq) da so`zlar grammatik shakli jihatdan mos bo`lsa-da, ma’noviy tabiatining «beo`xshovligi» ularning birikuv hosil qilishiga yo`l qo`ymaydi. Uchinchi birikuvda a’zolar ham ma’noviy, ham shakliy jihatdan muvofiq. Ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To`rtinchi birikuv (kitobni o`qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so`zning ma’no va grammatik jihatdan hokim-tobelashuvidan tashkil topib, tushuncha ifodalashga xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so`z tobe, ikkinchisi hokim, tobelik va hokimlik xossasi hamda vositasiga ega. Bu – ularning ma’noviy mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) xususiyati. Demak, nutqiy so`z birikmalari uchun quyidagi belgilarni ko`rsatish mumkin:

Yüklə 384,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin