1.O’zgalarning dasturi — maslahat ovozidan boshqa narsa emas.
A. RUBAKIN
a) o'zgalarning dasturi- moslashuv,olmosh+ot
b) maslahat ovozi- moslashuv, ot+ot ( belgisiz qaratqich)
2.Musibat inson hayotining qayrog‘idir.
L. N. TOLSTOY
a) inson hayotining- moslashuv, ot+ot (belgisiz qaratqich)
b) hayotining qayrog‘idir- moslashuv, ot+ot
3.Insonning haqiqiy kuchi uning shiddatida emas, balki sobit
osoyishtaligidadir.
L. N. TOLSTOY
a)insonning kuchi - moslashuv, ot+ot
b)uning shiddatida- moslashuv, olmosh +ot
c) uning osoyishtaligida- moslashuv, olmosh +ot
3.Aforizmlar sintaktik qoliplar
Lisoniy sintaktik qoliplar nutqiy hodisa sifatidagi gaplarning asosiy grammatik va struktur (qurilish) xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan mavhum qurilma sifatida yashaydi. Bu gapning struktur elementlari orasidagi munosabatni ifodalab, uning umumiy grammatik ma'nosini o'zida mujassamlashtiradi.
Qoliplar haqidagi xulosa hali izchil va mukammal emas, yoxud ajratilgan qoliplarda umumiylik yuqori darajada emas. Zero, boshqa lisoniy birliklar kabi qoliplar ham miqdoran chekli va mohiyatan umumiy bo'lishi lozim.
Qolip va nutqiy hosila bir-biri bilan chambarchas bog'liq tushunchalardir. Zero, bir tildan foydalanish uchun uning nutqiy hosilasini voqelantirish uchun undagi lisoniy qoliplarni bilish ham zarur bo'ladi. Demak, so'z birikmalari qolipi cheklangan, 18ta, ammo yuqorida ta'kidlanganidek, ularning har biridan cheksiz so'z birikmalari hosil qilinadi.
Demak, ushbu so'z birikmalari qolipi bilan cheksiz so'z birikmalari hosil qilish mumkin va ulardan hosil bo'lgan hosilalarning har biri nutq vaziyatidagi betakrorlik.
I.[ot tushum kelishigl +fe'l]
1.Jasorat iste’dod singari maqsad sari boradigan yo‘lni osonlashtiradi.
M. LEONOV
Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir.
TEOFRAST
II.[ism qaratqich kelishigi +ism egallk qo'shimchasi]
1.Ezgulik faqat insonga xos xususiyat, binobarin, birov-birovning baxti
va rohati uchun xizmat qilsa, bu yana ham insoniy xususiyatdir.
TOMAS MOR
Dostları ilə paylaş: |