2.Hayotning eng zo‘r huzur-halovati, eng yuksak quvonchi o‘zingni
odamlarga kerakli va yaqin deb his qilishingdir!
M. GORKIY
.[ot jonalish kelishi + fe'l] -
1.Qayg‘u yengilayotgan odamni ko‘rsa, battar kuchga kiradi.
V. SHEKSPIR
2.Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
GORATSIY
Sabr bilan kutganlarga hamma narsa o‘z vaqtida keladi.
BALZAK
Vaqtida keladi. Ot o‘rin-payt k.da +fe'l
O'z vaqtida. Olmosh qaratqich k. ning+ot
Hamma narsa. Olmosh + ot
Kutganlarga keladi. Sifatdosh jo'nalish k.ga +fe'l
Sabr bilan kutganlarga. Ot ko‘makchi+ sifatdosh
Mehnat oddiy kunlarni ham bayramga aylantirib yuboradi.
Ya. RAYNIS
Aylantirib yuboradi. Ravishdosh +fe'l
Bayramga aylantirib. Ot+ jo'nalish k.ga +ravishdosh
Kunlarni yuboradi. Ot tushum k.ni +fe'l
Oddiy kunlarni. Sifat+ot
Ishdan bir daqiqa ham bo‘shamagan soatlaringda o‘zingni g‘oyat baxtli sezasan.
J. FABR
Baxtli sezasan. Sifat+fe’l
O'zingni sezasan. Olmosh tushum.ni +fe'l
Soatlaringda sezasan. Ot o‘rin-payt.da+ fe'l
Bo‘shamagan soatlaringda. Sifatdosh +ot
Bir daqiqa. Son+ot
Ishdan bo‘shamagan. Ot+sifatdosh
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zbek tilida sintaktik qoliplar, jumladan so'z birikmalari qolipi 18 ta, ya'ni cheklangan.
4.Mumtoz adabiyotdagi aforizmlarlar sintaktik tahlili
So‘z birikmasi tahlili tartibi
1. Gapni so‘z birikmasiga ajratish.
2. So‘z birikmasi qismlarining o‘zaro sintaktik aloqasi (tenglanish va tobelanish).
3 Tobelikning yo‘nalishiga ko‘ra sintaktik aloqa turlari: koordinativ yoki subordinativ aloqa.
4. Hokim so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra birikma tiplari: otli birikma, fe’lli birikma, ravishli birikma, modal so‘zli birikma.
5. So‘z birikmasi qismlari orasidagi sintaktik munosabatlarning xarakteri: nopredikativ munosabat:
a) atributiv birikma: qaratqich aniqlovchili birikma (belgili va belgisiz), sifatlovchi aniqlovchili birikma. Sifatlovchi aniqlovchining material ko‘rinishi, tobe so‘zga ko‘ra:
- otli birikma;
- sifatli birikma;
- olmoshli birikma;
- sonli birikma;
- sifatdoshli birikma;
b) oppozitiv birikma.
d) obyektli birikma, material ko‘rinishi: vositali to‘ldiruvchi va vositasiz to‘ldiruvchili birikma, kelishikli, ko‘makchili va ko‘makchisiz birikma, funksional yoki nofunksional ekanligi.
e) relyativ birikma. Holning qaysi turi ekanligi, kelishikli, ko‘makchili va ko‘makchisiz birikma, funksional yoki nofunksional ekanligi.
6. So‘z birikmasi komponentlarini bog‘lovchi vositalar (formal-grammatik vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion vosita - so‘z tartibi, intonatsiya-ohang).
7. So‘z birikmalari orasidagi tobelanish turi:
a) moslashuv (so‘z birikmasining moslashuvi, ega va kesimning moslashuvi, ega va kesimning ba’zan sonda moslashmasligi) morfologik tartibi;
b) boshqaruv: boshqaruvchi va boshqariluvchi so‘zlar. Hokim so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishi: fe’l boshqaruvi, ot boshqaruvi, sifat boshqaruvi, ravish boshqaruvi, son boshqaruvi, tobe so‘zning grammatik shakliga ko‘ra (kelishikli va ko‘makchili boshqaruv);
d) bitishuv. Hokim va tobe so‘zning ifoda materiali ot+ot, olmosh+ot, sifat+ot, sifatdosh+ot. Tobe so‘zning grammatik shaklga ega bo‘lmasligi, sintaktik bog‘lanishning ifodalanishi, (mazmun, tartib, intonatsiya)
8. So‘z birikmasining tuzilishi (sodda yoki murakkab)
Dostları ilə paylaş: |