So'z birikmasi va ibora. SB a’zolari tobe munosabatli mustaqil so`z bo`lsa, ibora ham mustaqil so`zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so`ngan, bu so`zlar o`zaro yaxlitlanib, ibora o`zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SB ga o`xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero tarvuzi qo`ltig`idan tushdi iborasi bilan bo`shashmoq so`zining ma’noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So`z birikmasi esa vaqtincha va o`zgaruvchan. So`z birikmasini tashkil etgan so`zlar nutqda o`z mustaqil ma’nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so`zlar o`zlarining xos ma’nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo`ltig`idan tushdi iborasida tarvuz, qo`ltiq, tushmoq so`zlari o`zlarining xos ma’nolariga ega emas).
2. AFORIZMLARNI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI: TARIXI,MUAMMOLARI Aforizm - paremiologik birlik sifatida Xalqlaming Vatani, davlati kabi boyliklari qatoridan uning ona tili ham o‘rin oladi. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida xalqni - xalq, millatni - millat sifatida biriktiradi.
Har bir tilda esa xalq donoligi durdonasi, pand-nasihat manbai bodgan va avloddan-avlodga odib kelayotgan ibratli hikmatlar, naqllar bor. Fanda ularni paremiologik birliklar (paremalar) deb atashadi. Ular tadqiqot obyekti sifatida azaldan mutaxassislarni o‘ziga jalb etib kelmoqda, chunki ushbu hikmatli so‘zlar har birimizni doimo mehr-oqibatli, odob-axloqli, mehnatsevar, halol, adolatli, to‘g‘ri so‘z, ahil, vatan va vatanparvarlik kabi xislatlarga ega bodishga undaydi. Paremalarni ilmiy o‘rganish natijasida insonlar va jamiyat hayotiga taalluqli ko‘plab muhim savollarga javob topish mumkin.
Bu haqda mahalliy olima O.Uralova “Ingliz va o‘zbek tillarida “oila” bosh leksemali maqollar semantikasi va strukturasi” nomli dissertatsiya ishida quyidagicha izohlaydi: “paremalar jahonning barcha tillarida mavjud, xususan, hind-yevropa, turkiy, ugor-fin, tungus-manchjur, eskimos-aleut, nax-dogdston, xitoy-tibet, avstro-osiyo, malay-polineziya, dravid, papuas, afro-osiyo, semit-xamit, arab, fors va boshqa tillar paremiyalarga boyligi va o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi”
Bizga ma'lumki, paremiologiya ham adabiyotshunoslar, ham tilshunoslar shug‘ullanadigan tarmoq, ya’ni u filologlarning tadqiqot maydonidir. “Paremiologiya” - filologiyaning (paremiyalarni, paremalarni) o‘rganadigan va ularni tasnifini aniqlaydigan sohasi. Shuningdek, paremiologik materiallarni yig‘ish, saqlash va ishlov berish maqsadini ko‘zlagan alohida “paremiografika” fani ham mavjud”.
Tilshunos olim N.Uluqov “Tilshunoslik nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasida ta’kidlashicha: “paremiologiya tilshunoslikning bo‘limlaridan biri bo‘lib, tildagi barqaror birikmalar maqol, matal va aforizmlarni o‘rganadi” .
Shuningdek, “Qomus info onlayn ensiklopediyasi”da paremiologiya va parema atamalariga quyidagicha ta’rif beriladi: “Paremiologiya (yun. paroimia - hikmatli so‘z, zarbulmasal va ... logiya) –
1) ma’lum bir tildagi avloddan-avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni - paremiyalarni o‘rganadigan fan sohasi;
2) muayyan tilda mavjud bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar - paremiyalar tizimi.
Paremiyalar avloddan-avlodga faqat og‘zaki holdagina o‘tib kelganligi, xalq og‘zaki ijodining mahsuli bo‘lganligi uchun adabiyotshunoslikning o‘rganish obyekti hisoblanadi, chunki ularning aksariyati ko‘pincha she’riy shaklga o‘xshaydi va ularda o‘xshatish, antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qo‘llaniladi. Shu bilan birga paremalar so‘zlardan tuzilib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat bo‘lgani uchun tilshunoslikning ham o‘rganish obyektidir.