1.BOB.DAVLAT ORGANLARINING TURLARI,MARKAZIY VA BOSHQARUV ORGANLARI.
1.1 Davlat organlarning turlari haqida umumiy tushuncha.
1.2 Davlat organlarning markaziy va boshqaruv organlari.
Davlat organi - bu qonuniy asosda tashkil etiladigan, davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida muayyan vakolatlarga ega bo‘lgan, davlat apparatining mustaqil bo‘g‘ini.
Davlat organlarini tasniflovchi belgilar: - hokimiyat vakolatiga ega;
- davlat nomidan uning vazifa va funksiyalarini bajaradi;
- muayyan huquq va majburiyatlar majmui (kompetensiyasi)ga ega;
- muayyan huquqiy mustaqillikka ega;
- o‘z ichki tuzilishi va tuzilmasiga ega;
- muayyan hududda faoliyat yuritadi;
- o‘z vakolati doirasida bajarilishi majburiy bo‘lgan huquqiy aktlar chiqaradi;
- qonunda belgilangan tartibda tashkil etiladi;
- o‘z shaxsiy tarkibi o‘rtasida huquqiy aloqalarni o'rnatadi.
Davlat organlarini quyidagicha tasniflash mumkin: - shakllanish usuliga ko‘ra: birlamchi (0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti) va hosilaviy (birlamchi organlar tomonidan tashkil etiladigan boshqa barcha organlar);
- faoliyat hududiga ko‘ra: markaziy (0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa respublika miqyosidagi organlar) va mahalliy (viloyat, tuman, shahar hokimliklari, xalq deputatlari kengashlari, respublika idoralarining mahalliy bo‘g‘inlari);
- kompetensiyasiga ko‘ra: umumiy kompetensiyali
(0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hokimliklar, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va maxsus kompetensiyali (vazirliklar, davlat qo'mitalari, agentliklar
va boshqalar);
— hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi prinsipiga
ko‘ra: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari;
- qaror qabul qilish tartibiga ko‘ra: kollegial
(0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va yakka tartibda qaror qabul qiladigan (0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, hokimlar) davlat organlari va tashkilotlari.
0‘zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:
1. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. 0‘zbekiston Respublikasining qonunlari (masalan: 0‘zbekiston Respublikasining «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuni; 0‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining «0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonuni; 0‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqalar).
3. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonva qarorlari (masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «0‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqalar).
4. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining « 0‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqalar).