Mavzu: davlat organlarining turlari: markaziy va boshqaruv organlari: oliy va maxalliy vakillik organlari



Yüklə 91,83 Kb.
səhifə14/15
tarix17.06.2023
ölçüsü91,83 Kb.
#132104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mart.Kurs ishi

2.2. Jamoat tashkilotlari qoidalari
O`zaro hamkorlik ishlarini boshlash uchun joylarda o`z tarkibiga mahallalar faollari, obro`li ota-onalardan, o`quv- tarbiya muassasalarining tajribali hodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning hodimlaridan iborat muofiqlantiruvchi jamoatchilik kengashlari to`zilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan kelib- chiqib, o`z tzrkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlari to`zishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma`lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini to`zish va uni mahalla yig`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliyati to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug`ulgandsa o`quv- tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot , korxona va idoralarining ta`lim- tarbiya yo`zasidan olib borayotgan ishlari to`g`risida hisobotlarni tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Kengash tashabbusi bilan biron – bir dolzarb mavzuda favqulotda mahalla yig`inlari, o`quv- tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqazarur tadbirlar tashkil qilib o`tkazilishi mumkin.
Kengash o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslaxatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vasitalarida yoritadi. Kengash yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda mahalla , maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarni mahalla hududidagi o`quv – tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtiriliushi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatliligini ta`minlaydi. Ushbu kengashlar maktab, tuman, shahar va viloyat miqyosida tashkil qilinishi va kengash a`zolarining barcha davlat va nodavlat tashkilotlariga, jamg`armalariga, jamoatchilik markazlariga va turli tashkilotlarga o`z vakolatlari doirasida murojaat qilishlariga imkoniyat yaratrilishi kengash vazifalarini tezkorlik bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Ta`lim va tarbiya sohasiga e`tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko`rsatmalarni samarasi bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyati o`ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo`1ishi zarur.
O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlarga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko`rgazmali,ta`sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo`nda , estetik jihatdan keng ko`lamli bo`lishi kerak. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari “Sog`lom avlod uchun”, “Ota- onangga rahmat”, “Odobingga balli”, “Sog` tanda sog`lom aql”, “Mehr chashmasi”, “Qizlar ibosi”, “Bir yigitga qirq hunar ham oz”, “O`g`lim posponim” , “Hayot – ustoz, halq- muallim”, “O`zbekiston Vatanim manim !”, “Milliy burch va mas`uliyat “, “Oila saboqlari”, “Oila etikasi”, “Oila tinch – mahalla tinch”, “Mustaqil hayot bo`sag`asida”, “Askarlik – yigitlik maktabi”, “Oila baxti- Vatan baxti”, “Sportchi oila”, “Oilamiz ohanglari”, “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Biz kimmiz” kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.
Axloqiy fazilatlar kishining tarbiyali ekanligini ko'rsatadi go’zallikni oshiruvchi qimmatli sifatli bo'lgan axloqiy fazilat barcha inson uchun kerakdir.
Axloqiy fazilatlar - vatanga, tilga urf odatga, tarixga, kelajak munosabatlarda kishilarning qilgan hatti harakatlarida, qoidalariga namoyon bo'ladi.
Milliy o’zlikni anglashva milliy qadriyatkor tushunchasi shu qadar chuqur o’yg’unlashib ketganki, ularni bir – biridan ajratib,olgan holda talqin qilish nihoyatda qiyin ishdir. Milliy o’zlikni anglash tarkibida milliy qadriyatlar bilan bog’liq na’analar mihim o’rin tutadi.Ular orasida din bilan bog’liq qadriyatlar milliy an’analarimiz ruhiyatimizda ko’zda ko’rinarli o’rin tutadi.Chunki mehr – oqibat, mehr – shavqat, Insoniylik odob va yoshlik, sabr – taqatlilik, ma’naviy barkamollik,ruhiy sog’lomlik singari Milliy va umuminsoniy fazilatlarni ma’naviy ildizlarini oiladan boshlab, bolalar ongiga singdirib borish haqidagi qarashlar o’z aksini topgan.Oilada yoshlarni axloqiy tarbisini shakllantirish ularda fuqarolik burchini, milliy o’zlikni anglash,ota onaga bo’lgan hurmat va qadriyatlarga rioya qilgan holda demokratik jamiyat qurishga o’z hissasini qo’shish hissini tarbiyalashdi.Ular oilada yoshlarni o’z – o’zini kamol toptirishga, o’z imkoniyatlariniishga solib aniq maqsad bilan yashashga, o’zining huquq va erkinliklarini har tomonlama anglashga amaliy yordam beradi.
Oilada yoshlarni axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi ya’ni milliy qadriyatlar, urf – odatlar, an’analar vositasida shaxsning o’zligini anglashda adolat halollik va poklik o’z vijdoni, iymoni, e’tiqodi oldida o’zining ichki menligini ifoda etuvchi ma’naviy his – tuyg’ularini shakllantirib tarbiyalash o’zbek oilalariga milliy xususiyatdir.
O’zbek oilalarida qadim – qadimdan milliy qadriyatlarga asoslangan,ibo, hayo, andisha, or - nomus, halol–poklik, mehr muhabbat, mehr – oqibatga amal qiluvchi amal qiluvchi axloq qoidalari milliy xususiyatlarimiz shaklida ongimizga singib, avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xarakter xislatlarmizdir. Mustaqilligimiz bizdagi qadriyatlar, urf-odatlar,an’analarimizda o’z aksini topgan milliy, madaniy,ma’naviy axloqiy fazilatlarimizni o’zida mujassamlashtira olgan o’zligimizni anglash imkonini berdi.
Sharqona urf-odatlarimizning o'zbek xonadonlaridagi noyob xususiyatlaridan biri - qizlar tarbiyasidir. Azal-azaldan qizlar tarbiyasi bilan momo, onalarimiz shug'ullanganligini biz yaxshi bilamiz, biroq, davrlar o'tib, o'zgarib onalarning ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etilishi munosabati bilan oilalardagi ta'lim-tarbiya jarayonida ayrim salbiy xususiyatlar paydo bo'ldi. Lekin aslida ota-ona munosabatlari oiiada ijtimoiy sog'lom muhit yaratib na'munaii tarbiya maskaniga aylanmog'i juda muhim hisoblanadi.
Qizlarni yoshligidan hayoli, iffatli, har ishda tadbirkor, oila a'zolari va yaqinlariga mehr-oqibatli bo' lib voyaga etishishida oila chinakam tarbiya o' chog' i bo" lib xizmat qiladi.
Demak, milliy qadriyatlar ulug'langan, tarbiya izchil olib borilgan oiiada yetuk farzandlar, korkam xulq egasi bo'lgan o'g'il- qizlar kamolga yetishishi shak-shubhasizdir.
O'zbek milliy mentalitetida oilaning buyuk qadriyat ekanligini e'tiborga olib, uning mustahkamligi va sofligini saqlab qolish barchamizning muqaddas
burchimizdir va ana shu burchni yos avlodga ota-ona, keksa avlod jamoatchi tashkilotlar, ziyolila tomonidan tushuntira olish hozirgi dav talabidir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65 va 66-moddalarida ham alohida to'xtalib, ahamiyat berilgani fikrimizg dalil bo'la oladi.
Ma'lumki, jamiyat madaniyatsi ma'naviy axloqiy qadriyatlarsiz yasha olmaydi. Bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ma'naviy merosimizni chuqur o'rganish hamd rivojlantirishdir. Chunki mustaqill sharofati ila milliy qadriyatlarim tiklanib, dunyoviy va diniy bilimlarga ega bo'lish uchun barcha imkoniyatla eshigi ochildi. Shunday ekan, borada oila, ayollar mahalla maktab, jamoatchilik tashkilotlar hamkorlikda o`z faoliyatlar samaradorligini oshirishlari darkor.
Biz bugungi kunda yoshlar ongiga axloqiy tarbiyani singdirishning mohiyatai dolzarbligini juda yaxshi bilamiz. B, borada onalarimiz oilaning ma'naviy axloqiy ko'zgusi, bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatuvchi katta kuch hisoblanadi. Shunday ekan, oila sog'lom, ezgu maqsadlar sari jamiyat taraqqiyotida, talim-tarbiya maskanlari hamkorligida yosh avlod ongi, ruhida g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lishiga yo'l qoymasligi uchun kurashmog'i zarur. Kelajagi buyuk davlat qurishga kirishgan xalqimiz uchun o'z tarixini, fidoyi insonlar hayotini mukammal o'rganishi ular ma'naviyatining, ma'rifatining kuchli bo'lishida asosiy omildir. Demak, yoshlar qalbida mehr-muruwat, himmat, qayg'urish, bir-biriga izzat-ikrom, ehtirom hislarini tarbiyalashda oila, ota-onalar, ayollar, jamoatchi tashkilotlar ta'siri beqiyosdir. Ya'ni har bir shaxsning ma'naviy kamoloti ijtimoiy muhit, yashash sharoitlari, mehnat va turmush tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo'lishi negizida shakllanadi va mustahkamlanadi. Millatning o'zligini anglashi, qadr-qimmati, ahilligi, yurtda tinchlik va osoyishtalikning qaror topishi, ijtimoiy munosabatlarning o'zaro hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishi ma'naviyat mezonlari sanaladi. Darhaqiqat, bugungi demokratik sharoitda mustaqillik sharofatini qadrlab, uning mohiyatiga yanada chuqurroq yetmoq uchun oila manfaati jamiyat manfaatiga mos kelsa, ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Ya'ni, oilada sog'lom ehtiyojni yo`zaga keltirsak, oila a'zolari rejasi va maqsadi Vatan, xalq kelajagini bunyod etishga xizmat qilishiga aminmiz. Zero, oila urf-odatlarni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi umriboqiy qadriyatlardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Chunki oila ijtimoiy institut sifatida tarixiy davrlar xususiyatlarini o'zida qamrab olganki, bunda har bir shaxs undagi udum, odatlar evaziga ma'naviy, ma'rifiy bilimlarga ega bo'lishi va bu tabiiy ehtiyojga aylanmog'i darkor.
Mustaqillik yillaridan boshlab milliy qadriyatlarni tiklash, uni rivojlantirish millatning o'z-o'zini anglashi, milliy g'ururni shakllantirish, vatanparvarlikni tarbiyalash bilan o`zviy tarzda amalga oshirilmoqda. Shuning uchun bugungi kunda har bir oila o'z muqaddas qadriyatlarini e'zozlab, undan o'rinli foydalansa, bu qutlug` dargoh ajoyib tarbiya maskani bola oladi. Zero, bunday oilalar farzandlarining davr talabiga binoan yurtimiz kelajagi porloq va obod bo'lishiga xizmat qilishiga hech qanday shak-shubha yo'qdir.
O’zbek halqida asrlar davomida shakllangan, avlodan- avlodga bebaho meros sifatida o’tib kelayotgan urf-odatlarimizning o’quvchilar tarbiyasida ahamiyati juda beqiyosdir. Masalan har bir kishi salom berish, ota-onani qadrlash, kattalarga hurmat, yoshlarga mehr-shafqat,mehmondo’stlik, chanqagan odamga suv, keksalarga joy berish, qo’l yuvmoqchi bo’lgan kishining qo’liga suv qo’yish, sochiq tutush, bemorlarni borib ko’rish,keksalarga yordam berish kabi urf-odatlarimiz bor. Bola tarbiyasida oilaning o’rni katta.Har bir oilaning oilaviy qadriyatlari, urf-odatlari axloq va odob qoidalari mavjud. Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz oilada, keyinchalik esa bu qadriyatlar bog’chada va maktabda o`zluksiz ravishda olib boriladi.O’zbek milliy urf-odatlarimizni kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ongida shakllantirish juda muhimdir.
Chunki insonning ma’lum bir xarakterli inson bo’lib yetishishida yoshlikdagi olingan tarbiya juda muhim rol o’ynaydi. Inson hayotining keyingi davrlaridagi olingan tarbiya esa uning xarakteriga kam ta’sir qiladi.
Hadislarimizda yoshlikda olingan bilim,toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga aytilmagan. Bizning yoshlarimiz eng avvalo ma’naviy yetuk bo’lishlari lozim. Bir-birlarini hurmat qilishi ko’cha-kuyda uchraganda albatta salom berishlari kerak. Bular muqaddas hadislarda ham aytilgan:- Salom berib kirmagan odamni ho`zuringizga qo’ymanglar!. Yoshlar,odamlar bir-birlariga nega salom berishlarini tushunib yetishlari kerak. Arabchada” Assalomu alaykum “ degan so’z, sizga, oilangizga tinchlik, omonlik,totuvlik tilayman degani.Biz o’qituvchilar iloji boricha o’quvchilarga har bir urf-odatimizni,ma’naviy qadriyatlarimizni hayotdagi misollar bilan tushuntirsak,ularda qiziqish ortadi. . Rivojlangan mamlakatlardan biri Yaponiyada bola maktabga borganda birinchi o’quv yilida faqatgina axloq va odob qoidalari urf-odatlar o`zining milliy qadriyatlari o’rgatilar ekan.
Bizda ham mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin milliy, tarixiy meroslar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan tarbiyaga ehtiyoj tobora sezilmoqda.Chunki shu paytgacha ayrim sabablarga ko’ra ko’r-ko’rona g’arb madaniyatiga sajda qilib o’zimiznikini chetga surib qo’ygan,sal bo’lmasa o’zimizni, o’zligimizni,tilimizni, madaniyatimizni, urf-odatlarmizni unutayozgan,yo’qotayozgan edik. Ana shulardan kelib chiqib maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bugungi kunda o’quvchilarga axloqiy tarbiya berishda milliylikka asoslangan yangicha g’oyalarni kashf etishi ish faoliyatida mahorat bilan yondashishi lozimdir.
Biz pedagogika fanidan olgan nazariy bilimlarimizni kelajakda amaliyotda qo’llab,o’quvchilar ongiga singdirishda tarbiya jarayonidagi turli metodlardan foydalanib,milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni ya’ni o’zbek xalqimizning madaniyati, ota-bobolarimizning axloqiy sifatlarini, go’zal xulqi, rivoyat va xalq og’zaki ijodiyoti,ertaklardan, xalq pedagogikasi namunalaridan,”Qur’oni karim”, ”Hadisi Sharif”,”Al-Adab al-Mufrad”,”Qutadg’u bilig”,”Avesto”,”Kalila va Dimna”, ”Qobusnoma” ,”Odobnoma” kabi qator ilm sarshashmalaridan o’rinli foydalansak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Biz bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy ongini o’stirib, o’z milliy g’ururlarimizni anglatib tarbiyalasak, albatta O’zbekistonning kelajagi buyuk davlat bo’ladi.Buyuk davlatni esa o’z vatanini sevadigan, yuksak madaniyatli,o’z millatidan g’ururlanadigan kishilarsiz tasavvur qilish qiyin.
O’zbekiston mustaqilligi tufayli mamlakatimiz hayotida katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanmoqda.
O’zbek xalqining milliy urf-odatlari, ayniqsa ma’naviyatimizning asosi bo’lgan insoniy fazilatlar qayta tiklanmoqda. Bizning o’ziga xos sharqona milliy qadriyatlarimizda insoniy fazilatlar asrlar davomida ulug’lanib, bugungi kungacha davom etib kelmoqda.Bunday qadriyatlarimizdan ota-onaga bo’lgan hurmat, insonlarning bir-biriga bo’lgan samimiy munosabati, do’stlik, oilada erkak kishiga bo’lgan hurmat, sadoqat, to’g’rilik, ustozga bo’lgan hurmat, kattalarga hurmatda bo’lish, kichiklarga izzatda bo’lish va nochor kishilarga yordam berish kabi ajoyib insoniy fazilatlar ulug’lanib kelmoqda. Prezdentimiz I.A.Karimov asarlarining asl mohiyatiga e’tibor bilan qarasak insonparvarlik g’oyalari va bugungi kun hamda kelajak taqdiri haqida qayg’urgan ezgu fikrlarini bayon etgan. Yoshlar ongida milliy qadriyatlarimiz, insoniy fazilatlar, insonparvarlik g’oyalari kabi ezgu fikrlar mujassam bo’lishi kerak.
Insonparvarlik insoniy fazilatlarning ajralmas qismidir,u insonlarni e’zozlashga, qadrlashga, adolatli bo’lishga, saxiy mehnatsevar bo’lishga undaydi.
Insonparvarlik, yakka – yolg’iz faxriylarga,nogironlarga, serfarzand oilalarga, ko’makka muhtoj boshqa fuqorolarga hurmat – e’tibor va xayr – saxovat ko’rsatishi bugungi O’zbekistonda davlat miqyosidagi an’analar safidan mustahkam joy olmoqda.

XULOSA
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtimizda ko’plab bayramlar nishonlana boshlandi. Ular o’z mazmunicha xalqimizning azaliy an’analarini axloqiylik, urf-odatlarini va orzu umidlarini olgan bo’lib, ommaviy tarzda muntazam nishonlanib kelayapti. Albatta, bu bayramlar kishilarga zavqu, shavq bag’ishlashi barobarida, o’quvchilarda axloqiy tarbiya xos bo’lgan, insonparvarlik, an’analarimizga sadoqat, urf-odatlarimizga hurmat xissini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
-barkamol inson uchun zarur bo’lgan ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to’g’ri tushunish hamda tahlil qilib munosabat bildirish;
-jamoada yashash, mehnat qilish malakalarini egallash;
-barkamol inson modulini tasovvur etish,uning ma’naviyatidagi zaruriy sifatlarni shakillantirish, shakl va yo’llarini izlash;
O’quvchilarni ma’naviy boy,jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab ularning tarbiyaviy darajasini aniqlash lozim.
O’quvchilar qalbini axloqiylik kabi fazilatlar, odob-axloq nurlari bilan yoritmoqchi bo’lgan tarbiyachi-o’qituvchi chqur bilim,keng mahorat va tarbiyachilik san’atini egallamog’i darkor.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi kursining maqsadi:
-bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni nazariy va amaliy asoslari haqida bilim berish;
-insonni ma’naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalashda o’zbek xalqining milliy va ma’naviy qadriyatlaridan foydalanish, manbashunoslikka o’rgatish;
-tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda o’quvchi-yoshlarning ruhiyati, qiziqish, jamoadagi ijobiy va salbiy sifatlarning mavjudligi darajasiga e’tibor berish;
-tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligini oshrishda yangicha ishlash metodi va shakillaridan foydalanish san’atiga ega bo’lish kabilar.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi kursida tarbiyaviy tadbirlarni olayotgan o’quvchilarda milliy mafkurani shakillantirishga qaratilgan ilg’or ish tajribalardan namuna tariqasida foydalanish lozim.
Pedagoglar ish tajribalarining ko’rsatishicha, qayerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat,muxabbat,ishonch kuchli bo’lsa, o’sha yerda tarbiyaning ta’siri kuchli bo’ladi.
Buyuk marifatparvarning bu so’zlarini asrmiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bhlgan bo’lsa hozrgi kunda biz uchun ham shunchalik balki undan ham ko’ra muhim dolzarbdir.CHunki ta’lim tarbiya-ong mahsuli,lekin ayni damda ong darajasi va uning rivojini, ham belgilaydigan omildir.
Binobarin,ta’lim tarbiya tizmini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bulmaydi. Ongni tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad-Ozod va obod jamiyatni barpo etib bulmaydi.
Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun asosida ta’lim tarbiy keng amalga oshirlmoqda. Xalqimiz ma’rifati va ma’naviyatini yuks a islohatlari altirishga harakat qilinmoqda.Er,oila,ota-ona,mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat,ishonch,vijdon erkinlik –ma’naviyat ma’rifatning ma’nosi ana shunday juda kengdir.Erkin fuqorani ongli mustaqil fikrga ega bo’lgan aqlan barkamol, jismonan sog’lom,ma’naviy yetuk, shaxsni tarbiyalash xozrgi kunning muhim talabidir.Bu boradagi ishlarni aniq maqsadni amalga oshrish uchun davlat ahamiyatiga mollik dasturlar rejalar dasturlar ishlab chiqildi.
- Axoqiy tarbiya me’zonlariga mos xislatlarni shakllantirish, qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat xislarini rivojlantirish;
-O’zimiz yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo’lida g’amxo’rlik qilish;
-O’z xalqimiz, davlatimiz, uning himoyasi uchun hamisha shay bo’lish;
- Mehnatga bo’lgan ijodiy munosabatimizni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi uchun intilish;
- Axloqiy (mehribonlik, shafqatlilik, adolatparvarlik) fazilatlarni o’z ongimizda takomillashtirish;
Ko’rinib turibdiki, biz yoshlarda axloqiy tarbiyani shakllantirish uchun yaxlit umumiy ma’daniyatni shakllantiruvchi metodika tarkib topmaguncha,yangicha yondoshmagancha bu masala o’z yechimini topa olmaydi.
Ayrim hollarda, ta’lim berishda asosiy urg’u bilim berishga qaratilishi va ba’zi tarbiyaviy masalalarda ma’suliyatsizlik tufayli ba’zi yoshlarimizning boshi berk ko’chaga kirib qolish hollari uchramoqda, shu sababli bugungi kunda jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy negizini takomillashtirish maqsadida taqdim qilinayotgan o’quv materiallarining g’oyaviy jihatdan yetuk bo’lishiga erishish zarur. Bunda o’quvchilarda axloqiy tarbiyani singdirish orqali umumiy ma’daniyat

Yüklə 91,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin