2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/14
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140208
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2. Документ Microsoft Word


2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik - sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif.




Ma’ruzadan maqsad: Talabalar ongida gandbolchilarning


umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi tug‘risida bilim kunikma va malakalarni shakillantirish.

Ma’ruza rejasi


1. Jismoniy tayyorgarlik – Sport mahoratining asosi


2. Jismoniy sifatlar (tezkorlik, chaqqonlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik)ni tarbiyalash
3. Funsional tayyorgarlik
5.1 Jismoniy tayyorgarlik – Sport mahoratining asosi



Jismoniy tayyorgarlik (barcha yoshdagi guruhlar uchun) umumiy tayyorgarlik mashqlar
Saf mashqlar. Ekkama-ekka bir qator orqama-orqa, interval, masofali. Bir safdan boshqa safga o‘tish: bir qator, ikki qator, bir, ikki. Zich va oralarni iroq bo‘lib saf tortib turish. Saf tortib turishdagi oroliq masofa kengligi. Saf tortish, safni to‘g‘irlash, safda hisob, joyda burilishlar yurishdan yugurishga o‘tish va yugurishdan yurishga o‘tish(1-rasm).
Elka va qo‘llar uchun mashqlar. 1-rasm Xar-hil dastlabki xolatda (asosiy xolatda,
tizalarda, utirib, yotib) qo‘llarni bukib yana to‘g‘irlash, aylantirish, siltash, orqaga va oldinga siltash, ikki va birin-ketin qo‘llarni orqa va oldinga xarakatlantirish barcha mashqlarni yurib va yugurgan xolatda bajarish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Oyoqlar uchida ko‘tarilish; oyoqni son qismida bukish; o‘tirish; oyoqlarni xar-hil tomonga siltab ko‘tarish; keng xatlab “purjinali” xarakat qilish; xar-hil dastlabki xolatdan sakrashlar (oyoqlar birga, elka kengligida, bir oyoq oldinda va yana boshqa). Oyoqlarni tayanib, sakrab bukish va to‘g‘irlash.
Bo‘yin va gavda uchun mashqlar. Egilish, aylantirish gavdani burish, yerda yotib bukilgan va to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish; oldi va orqaga tayangan xolda oyoqlarni xar-hil tomonga qo‘tarish; yotib dastlabki xolatdan oyoqlarni burchak qilib ko‘tarish; o‘tirgan xolda va boshqa bir narsaga osilgan xolda oyoqlarni bo‘rchak qilib ko‘tarish; va ushbu mashqlarni bir biriga bog‘lab bajarish. To’ldirma to’pni bosh orqasidan uloqtirish buda
o’llar yuqori ko’tarilgan xolda to’ldirma to’pni bosh orqasidan sherikga uloqtiradi(2-rasm)
Barcha guruh mushaklari uchun mashqlar. Qisqa va uzsn ip (skakalka), gantel, to‘ldirilgan to‘p, qum to‘ldirilgan qopchalar, rizinali qarshilik, tayyoqchalar, shtanga (o‘smirlar uchun) bilan bajarish mumkin.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar. O‘z vazni og‘irligida mashqlar bajarish; osilib turib tortilish, tayanib qo‘llarni bukib to‘g‘irlash, bir va ikkinchi oyoqda galma-gal o‘tirib turish. O‘z vaznini va sheriklar qarshiligida mashqlar bajarish. Og‘ir narsalarni joydan-joyga ko‘chirish. Kanatga (arqonga) tortilib chiqish. Gimnastik devorda mashqlar bajarish. Shtanga bilan mashqlar: itarish, sakrashlar, o‘tirib turish. To‘ldirilgan to‘plar bilan
mashqlar. Xar-hil trenajyorlarda mashqlar bajarish. 2-rasm
Tezlikni rivojlantiruvchi mashqlar. Past startdan 30-100 metrgacha bo‘lgan masofaga va shunday masofaga yurib va yugurib kelib maksimal tezlikda yugurish. Pastga ko‘proq engashib yugurish. O‘zidan ko‘ra tez yuguruvchilar (velosiped, tezkor sportchi) ortidan yugurish. Sherikni orasidagi masofani o‘zaytirib unga etib olish sharti bilan yugurish. Maksimal tempda umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar. Keng amplituda umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. Sheriklar yordamida mashqlar (egiluv, oyoq va ko‘llarni oxirigacha oborish, ko‘prik, shpagat) bajarish. Gimnastik tayyoqga yoki to‘rta bo‘lib birgalashib skameykani ko‘tarib
har xil holatda egilish, burilish (yuqoriga, oldinga, pastga, bosh ortiga, bel ortiga); keng qadam tashlash va sakrab o‘tish; burilish va aylantirish. Gimnastik devor va skameykada xar-hil mashqlarni bajarish.
Epchillikni rivojlantiruvchi mashqlar. Har xil yo‘nalishda qo‘l va oyoqlar bilan harakat qilish. Joydan, yurib va sakrab oldinga, orqaga, yon tomonga do‘mboloq otish (kuvыrok qilish). Oldinga, orqaga, yon tomonga aylanish. Qo‘l, tirsak va bir oyoqni yuqori ko‘tarib turish. Gimnastik “otdan” tayanib sakrash. Gimnastik ko‘prikchalardan depsinib sakrash. Batutda sakrash. Gimnastik skameyka va to‘sinlarda muvozonat saqlash mashqlarini bajarish. Ikki-uch tennis to‘pi bilan “janglirovanie” qilish. Xarakatdagi va xarakatsiz mo‘ljalga to‘p o‘zatish. Burilib va do‘mbaloq oshib, so‘ng to‘p otish.
“Qarshi to‘siqlararo” mashq turlari: aylanib o‘tish, sakrab o‘tish, do‘maloq oshib o‘tish, har xil harakatlanib o‘tish, bir vaqtda bir-necha narsalarni (to‘rt gandbol to‘pini) joydan-joyga olib o‘tish, to‘pni o‘zatish va ilish. Mini- futbol, katta va stol tennisini, voleybol, basketbol, badminton o‘ynash.
Tezkor ko‘chni rivojlantiruvchi mashqlar. Qarshi to‘siqlardan balandlikka sakrash, joydan o‘zunlikda sakrash, ikki va oyoqdan oyoqga sakrash. Uskunalar (skameyka, to‘plar va xoqazo) ustidan sakrab o‘tish. Chuqurlikga sakrash. Zinalar bo‘ylab yuqori va pastga sakrab yugurish. CHuqurligi tizzidan oshmaydigan suvda, qumlik joylarda shiddat bilan yugurish. Yugurish, sakrash, otish elemntlari ko‘shilgan estafetalar bajarish. Granat, nayza, disk, yadro uloqtirish. Guruh bo‘lib gimnastik skameykada mashqlar bajarish.
Umum chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar. Bir tekis masofalarni o‘zgartirib (500m, 800 m, 1000 m) yugurish. Qizlar uchun uch kilometr, usmirlar uchun besh kilometr kross yugurish. Uch daqiqadan bir soatgacha xar-hil joylarda yugurish (xar-hil guruxlar uchun). Vaqtni xisobga olib va olmasdan suzish. Balandlik va pastlik mavjud bo‘lgan tog‘liq joylarda vaqtni xisobga olib uchdan o‘n kilometrgacha yurish. Bolalar va qizlar uchun vaqtni hisobga olib basketbol, mini-futbol, sport o‘yinlarini o‘ynash. Marsh-brosok, turistik “poxodlar”.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin