Tafakkur uslublari Tafakkur inson ongida ask etgan ob’yektlar tomonlar va xossalarini ajratish va ularni yangi bilim olish uchun boshqa ob’yektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish jarayoniga aytiladi
http://www.free-powerpoint-templates-design.com Matematika
o’qitishda
tafakkur usullarini shakllantirish
Tafakkur uslublari Tafakkur inson ongida ask etgan ob’yektlar tomonlar va xossalarini ajratish va ularni yangi bilim olish uchun boshqa ob’yektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish jarayoniga aytiladi. Umuman olganda, tafakkur ob’yektiv borliqning inson ongida faol aks ettirish jarayonidir.
ob’yektlarning turli xil sifatlari, belgilari va xususiyatlarini aks ettiradi, bunda birlik va umumiylik xossalari mavjud. Birlik xossalari faqat shu
ob’yektga tegishli bo’lib, uni boshqalaridan farqlovchi belgilarini o’z ichiga oladi
Umumiy xossalari ob’yektlarga tegishli muhim xossalarni ifodalash uchun
tushunchani boshqa tushunchalardan farqli belgilari va umumiyligini ta’minlash
uchun qo’llaniladi.
Tushunchaning xususiyatlari
Tushunchaning xususiyatlari
moddiy dunyoni aks ettiruvchi kategoriya hisoblanadi; bilishda umumlashgan narsa sifatida paydo bo’ladi; tushuncha o’ziga xos inson faoliyatini bildiradi; inson ongida tushuncha shakllanib, u nutqda, yozuvda va belgilarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi Tushunchaning shakllanish jarayoni bosqichlari:
01 02 03 qabul qilish hissiy bilish tasavvur Tushunchaning mazmuni va hajmi o’zaro aloqada. Mazmun hajmni belgilaydi, hajm esa mazmunni to’la aniqlaydi. Ular o’zaro teskari bog’lanishda, ya’ni mazmun o’zgarishi bilan hajm o’zgaradi, lekin birining kengayishi ikkinchisininng torayishiga sabab bo’ladi. Masalan, parallelogramm tushunchasi mazmunini kengaytirsak, ya’ni uning diagonallari o’zaro perpendikulyar belgisini qo’shimcha qilsak,uning hajmi torayadi va unga faqat romb va kvadratlar kiradi. Agar mazmunnni kichraytirsak, ya’ni juftjuft qarama-qarshi tomonlari parallelligini olib tashlasak, u holda uning hajmi kengayib, unga yana trapesiyalar ham kiradi. Agar ikkkita tushuncha 𝑝1 va 𝑝2 berilgan bo’lsa va ularning hajmlari tegishlilik munosabatida bo’lsa, ya’ni 𝑝2 tushuncha kattaroq hajmga ega bo’lsa, u holda 𝑝2 tushuncha 𝑝1 ga nisbatan jinsdosh, 𝑝1 esa 𝑝2 ga nisbatan turdosh deb ataladi. Masalan, romb parallelogrammga turdosh tushuncha, aksincha, parallelogramm rombga jinsdosh tushuncha hisoblanadi. Tushunchaninng ta’rifida har bir belgi zaruriy, barchasi esa yetarli bo’lishi zarur. Masalan, parallelogram - ikki juft qarama - qarshi tomonlari teng va parallel bo’lgan to’rtburchak, kvadrat - tomonlari teng va to’rtta burchagi to’gri bo’lgan parallelogrammdir kabi ta’riflar bunga misol bo’la oladi.Umuman olganda, ixtiyoriy tushunchani kengaytirib nuqtali to’plamlargacha olib borish mumkin. Masalan, kvadrat tushunchasining kengayishini kuzatsak: kvadrat - romb - parallelogramm - ko’pburchak - geometrik shakl - nuqtali to’plam.