Farg’ona davlat universiteti boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy



Yüklə 238,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix27.03.2023
ölçüsü238,8 Kb.
#90202
  1   2   3   4   5
1. Ulush Tushunchasi




FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY 
ISHI YO’NALISHI 
20.63 - GURUH TALABASI 
TIRKASHEVA OYGULNING 
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN 
“ULUSH. BUTUNNING ULUSHINI TOPISH. 
ULUSHGA KO’RA BUTUNNI TOPISH.” 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 



ULUSH. BUTUNNING ULUSHINI TOPISH.
ULUSHGA KO’RA 
BUTUNNI TOPISH. 
REJA: 
1. Ulush tushunchasi. Uni ko’rgazmali tarzda tushuntirishning ahamiyati. 
2. Butunning ulushini topishga doir masalalar yechish. 
3. Ulushga ko’ra butunni topishga doir masalar yechish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1. Ulush tushunchasi. Uni ko’rgazmali tarzda tushuntirishning 
ahamiyati. 
Boshlang’ich maktabda ulushlar va kasrlar bilan dastlabki tanishishni V 
sinfda kasrlarni o’rganishga tayyorgarlik sifatida qarash lozim. To’rt yillik 
boshlang’ish maktabning III sinfi dasturida sonning ulushini va ulushiga ko’ra 
sonning o’zini topish masalasi qaraladi. IV sinfda esa sonning bir necha ulushlarini 
topishga doir masalalar yechiladi. 
Ulush va kasr nima? “Ulush” va “Kasr” tushunchalari bolalar uchun odatdan 
tashqari tushunchalar bo’ladi Bu tushunchalarni o’zlashtirib olish uchun o’qitishni 
to’la ko’rsatmali qilish zarur. Amaliyotda eng ko’p qog’oz tasmalar, chizg’ichlar, 
kasr sanog’i silindrlari qo’llaniladi. 
O’qitishning 
birinchi 
bosqichida 
bu 
ko’rsatma 
qo’llanmalardan 
foydalanishning kamchiligi shundaki, bo’lishdan keyin qolgan, masalan, qog’oz 
tasmalar bo’laklarining o’zlari shakli bo’yicha dastlabki tasmalarga o’xshash 
bo’lib, ularni yana bir butun birlik sifatida qabul qilish mumkin. Shu sababli 
dastlabki vaqtlarda shunday narsalarni olish kerakki, ularning bo’laklari shakli 
bo’yicha butun narsadan farq qilinsin va ularni butun narsa sifatida qabul qilish 
mumkin bo’lmasin. Bunday narsalar doiralar, kvadratlar, to’g’ri to’rtburchaklar, 
uchburchaklar bo’lishi mumkin. Lekin faqat geomitrik figuralarning o’zidan 
foydalanish haddan tashqari bir xillikka olib keladi, kartoshka, olma, turp va 
boshqa ko’rsatma qo’llanmalardan foydalanish kerak. Qog’oz tasmalar, chiziqlar, 



cho’plar kabi ko’rsatmalardan foydalanishda ularni shunday qo’yish kerakki, 
narsaning tagida uning qismlari bo’laklari tursin va bolalar narsaning butun va kasr 
qismlari orasidagi farqni ko’rib tursinlar. 
Ulush nima? Agar berilgan ob’ektni (narsani, narsalar to’plamini) bir necha 
teng bo’laklarga bo’lish mumkin bo’lsa, u holda bu bo’laklarning har biri 
ob’ektning (narsaning, narsalar to’plamining) ulushi deb ataladi. 
Ulush ikkita natural son va chiziqcha yordamida yoziladi: 1/2, 1/3, 1/5 
Chiziqcha ostidagi son ob’ekt nechta bo’lakka bo’linganligini, chiziqcha 
ustidagi son esa bunday bo’lakdan bitta (ulush) olinganligini bildiradi. 

Yüklə 238,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin