Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#172094
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
KL-Atoqli ot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
ROMAN-GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETI


FRANSUZ TILI FONETIKASI VA GRAMMATIKASI KAFEDRASI
FAYZULLAEVA GULBADAN
R E F E R A T


ATOQLI OTLAR ISHTIROKIDAGI FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI


Ilmiy rahbar : f.f.n. Suvonova N.N.


ATOQLI OTLAR IShTIROKIDAGI FBLARNING
LINGVISTIK TAVSIFI
1. Atoqli ot va ularning FBlarda qo’llanilish xususiyatlari
Ot mustaqil so’z turkumlaridan biri bo’lib u aniq va mavhum, atoqli – turdosh, jonli – jonsizkabi bir qancha semantik – Grammatik guruhlarga bo’linadi. Ushbu guruhlar orasidan biz atoqli va turdosh otlar guruhini atroflicha o’rganib chiqamiz. Atoqli va turdosh bir guruh bo’lsada aslida ular ikki alohida tushunchalardir. Turdosh otlar ma’lum turga mansub, aniq bir tushunchaga ega so’zlar bo’lsalar, atoqli otlar aksincha aniq bir tushunchaga ega emaslar. Turdosh otlar har doim kichik harflarda, atoqli otlar esa bosh harflarda yoziladi. (Lekin ba’zan ushbu qoidadan mustasno holatlar ham uchrab turadi ).
Odatda atoqli otlar hech qachan ko’plik qo’shimchasini olmaydi, ya’ni ular birlikda qo’llaniladi;
la France – les Frances (bo’lmaydi),
Lekin agar atoqli ot biror bir ma’noni ifodalasa ya’ni u ma’lum bir otga aloqador bo’lsa u holda ko’plik qo’shimchasi qo’llaniladi. Masalan:
Les Dupont viendront diner.
Bunda Dupont so’zi yakka shahsni emas balki shahslarni ifodalaydi (Dupontlar oilasini). Atoqli ot ko’plik qo’shimchasi “s”ni olmasada, lekin o’zining artiklini va harakatini ifodalovchi fe’lini ko’plikda kelishini talab qiladi. Biron bir davlatda yoki region yoki shaharchada yashovchilarni ko’rsatadigan atoqli otlar rod va sonda moslashadilar. Masalan:
un Breton – une Bretonne; Des Bretons – des Bretonnes. Shu yerda biz anashu atoqli otlarning qiziq bir qirrasini ko’rishimiz mumkin, ya’ni biz so’z ham sifat ham ot bo’lib kela olishini ko’ramiz. Masalan:
Les paysans bretons sont tetus – sifat
Les Bretons sont tetus – atoqli ot
Agar biz yuqoridagi misolga o’xshash so’zlarni uchratsak ularni bir –biridan ajratishda atoqli otlarning bosh harf bilan yozish qoidasidan foydalanishimiz zarur.
Atoqli va turdosh otlarda determinativlarning qo’llanilish xususiyatlari.
Odatda turdosh otlar determinantlarsiz qo’llanila olmaydi, atoqli otlarda esa bu majburiy emas.
Mon chien est parti (mening itim ketdi)
Medor est parti (Medor (itim) ketdi)
Ba’zan Grammatik qurilmalar ichida turdosh otlar ham hech bir determinativlarsiz qo’llanila oladi. Masalan:
Hs marchait avec peine
Hs ont achete des fauteuils en cuir
Atoqli otlar bilan keladigan determinativlar orasida artikl alohida qo’llanilish xususiyatiga ega .
Artikllar odatda geografik nomlar bo’lmish shahar va davlat nomlari oldidan qo’yiladi. Masalan:
la France, le Danube, l’Australie kabi (lekin ba’zi bir davlat va shahar nomlari artiklsiz ham qo’llanila oladi. Masalan: Cuba, Haiti, Paris, Londres kabi). Atoqli otlar artikl bilan qo’llanilishida bir necha xususiyatlarga ega. Bular quyidagilar:

  1. Bir necha o’ziga xos xususiyatlarni tanlab olgan oz’gartuvchini ko’zda tutadigan shahsni ifodalaydi:

le grand Baudelaire, le Baudelaire des Fleurs du Mal.

  1. Bir qancha region (viloyat) larning shevaga xos so’zlarida va og’zaki nutq qatnashgan asarlarda atoqli otlar artikl bilan qo’llaniladi:

la Sophie, le Duchemin.

  1. Atoqli otlar biron bir obyekt bilan metonimik munosabatda bo’la oladi. Masalan: Elle avait achete trois superbes Picasso (bunda u Pikassoni emas balki uning uch asarini sotib olganligi haqida, ya’ni rassom nomi asarlariga ko’chgan).

La sculpte un Apollon (unerepresentation d’)
(Bunda u Apolloni emas balki uning tasvirini yaratgan xolos).
Bunday metonimik o’xshatishlar natijasida atoqli ot turdosh otga aylanishi ham mumkin:
du Bordeaux, de l’Alsace (duvin de)
(Bunda Bordo va Alzas viloyatlarida yetishtiriladigan vinolar nazarda tutilmoqda)
du Limoges (de la porcelaine de)
(bunda Limoj chinnisozligi nazarda tutilmoqda).

  1. Ba’zan otli sintagmalar oila a’zolarini yoki shu bir xil nom bilan bog’liq shahslar jamlanmasini ifodalaydi: tous les Martin de l’annuaire

(martinlar oilasining ma’lumotnomasi)



  1. Atoqli otlar shahslarning biron bir turi yoki tipi (ko’rinishini) ifodalashda foydalaniladi:

cet homme est un Don Juan.
(Bu bir Don Juan )(Bunda bir ayollarga suyagi yo’q kishiga nisbatan berilgan o’xshatishni ko’ramiz).
Atoqli otlarning determinativlar bilan birga kelishi o’ziga yarasha buyruq va effektiv ma’no bor: Bunda ba’zan erkalash, ba’zan ajratib ko’rsatish kabi ma’nolar shu determinativ orqali namoyon bo’ladi:
La Marie a encore battu son fils.(ajratib ko’rsatish) (Ayoli (rafiqasi) o’g’lini yana urdi).
Mon Pierre est arrive le premier . (erkalash) (Mening Pyerim birinchi bo’lib keldi)
Turdosh otlarning bosh harflar bilan yozilishida simbolik (ramziy) bo’yoq mavjuddir.
Liberte, j’ecris ton nom. L’Etat, l’Eglise (catholique et romaine)
(Bunda cherkov (l’Eglise) so’zi katolik va romanlar so’zlarining ramziy bo’yog’idir).
Atoqli otlar haqida olimlar qarashlari.
V.G.Gak «Teoreticheskayagrammatikafransuzkogoyazыka» asarida atoqli va turdosh otlarga quyidagicha ta’rif beriladi: “Otlar buyumlarning turlarini ifodalaydi: Agarda har bir buyum uchun atoqli ot talab qilinganda edi til mavjud bo’lmagan bo’lar edi”.
Biroq, tilde o’ziga xos tushunchalar bor – Atoqli otlar.Ammo ushbu otlar turdosh otlar ega bo’lgan xususiyatlarga, ya’ni artikl ishlatilishidagi, son kategoriyasiga ega emas. Shuning uchun atoqli otlar ot so’z turkumining preferek turiga mansub. Atoqli va turdosh orasidagi oniy holati alohida obyektni ifodalaydigan alohida ismlar (noms uniques) ni tashkil etadi ular yana artikl, son, aniqlovchilarini o’ziga xos ishlatilishini ifodalaydi.
Antik davrdan buyon atoqli otga filosoflarning nazariy yondashuvi to’xtagan emas, lekin faqatgina XX asrda nazariyotchilar atoqli otlarga onomastika nuqtai nazaridan yondashdilar.Shu bilan birga lingvistlar atoqli otlarga grammatika chaegarasida bo’lgan imkoniyatdan kelib chiqib ahyon – ahyonda to’xtalib o’tdilar xolos.Endi bu kabi qarashlar birdan o’zgardi. So’nggi yillarda atoqli otlar psixolingvestika va nerolingvistika xos yo’nalishlarda ham chuqur o’rganilmoqda. Mashhur olim Gary –Prieur atoqli otlarga quyidagicha ta’rif bergan: “Atoqli otlar to’laligicha lingerstik analizlarga (tahlillarga) bog’liqdir”. Semenza (1997: 116) qarashlariga binoan, atoqli otlar juda muhim guruh hisoblanadi. Chunki ularda ijtimoiy sabablar mavjud emas v aula semantik sohadagi o’ziga xos vaziyatda yuzaga keladi yana ular atoqli va turdosh otlar orasidagi kognitif munosabatni miyamizda taqqoslagan holda aniqlangan jarayonlarni ochib tashlaydi. Lui Gebert o’zining “Atoqli otlar semantikasining fundamental nazariyalari” asarida. (Fondaments theoriques de la semantique du nome propre).Barcha turdagi atoqli otlar to’rt xil semaga ega bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bular: spesefik, mikro, makro va mexo – jenerik (usul) semalar. Buni bir “Achille”(Ahil) so’zi misolida ko’ramiz: 1) makrojenerik (insonga xos/ erkak jins ). 2) mezojenerik (mifologiyaga oid) 3) mikrojenerik (grek (yunon) qahramoni (ilohi))4) spesefik (eng yosh (kelishgan, baquvvat)).
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki atoqli ot so’z turkumining preferek guruhiga mansub va o’ziga yarasha xususiyatlarga ega.
Ishlatilish xususiyatiga ko’ra tahlil

T/r

Guruh nomi (Frazeologik iboralar)

Misollar

1

She’riyatga oid


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin