FBlarda afsonaviy qahramonlar obrazi Har qanday til birikmalarida mifologik qahramonlar bo’lganidek, frazeologik birliklarda ham ular o’z mustahkam o’rinlariga ega. «Ko’plab yunon va roman tillarida afsonalarda uchraydigan qahramonlar hozirgi zamonaviy fransuz tilida ulardan frozeologik iboralar va ajralmas birikmalar yaratilgandir. Ya’ni ushbu afsonaviy qahramonlar frozeologik iboralarga kirib olgan, biz ularning ma’nosini bilamiz, ammo ularning kelib chiqishini biro z unutib qo’yganmiz». Hozirgi fransuz frozeologiyasida Axil(Achille), Augias(Avge), Gerkules(Herkule), Xaribd(Charybde), Morfe(Morpkee), Appolon kabi afsonaviy qahramonlar ishtirokidagi iboralarga ko’zimiz tushadi. Quyida biz shu kabi morfologik qahramonlarning nomi qatnashgan frazeologik iboralarning etemologiyasiga ya’ni kelib chiqish tarixiga to’xtalib o’tamiz.
Ze talon d’Achille–zaif nuqta. Axil–“Illiada” dostonining afsonaviy qahramonlaridan biri bo’lgan. U qirol Pele va dengiz ma’budasi Tetis(The’tis) farzandi ham edi. Riviyatlarga ko’ra uning onasi, dengiz ilohasi Tetis, farzandi Axilni himoya qilish va kelajakda hech qanday qurol unga zarar yetkaza olmasligi uchun uni jahannam (Enfers) daryosiga tovonidan ushlab botirib oladi. Lekin onasining aynan ana shu xatosi tufayli Axil janglardan barida yengiladi. Chunki Froya shahzodasi Paris uning bu zaif nuqtasini topadi va kmon o’qi bilan uni o’ldiradi. Shundan buyon insonlardagi biror bir zaif nuqta yoki joyni ifodalash uchun Fransiyada “talon d’Achille” (Axil taloni) frazeologik iborasidan foydalaniladi.
Nettoyer les e’curies d’Augias–Avgi otxona (milxona )sini tozalomoq.
les e’curies d’Augias–juda iflos joy. Avgi ham yana bir afsonaviy grek qahramoni bo’lib ularni o’z molxonasida saqlar edi. Lekin u hech qachon o’z molxonalarini tozalamas edi, natijada chor–atrofdagi yig’ilib qolgan go’ngning badbo’y hidi tarqab ketadi. Shunda osmon ma’budlari Gerkules (Hercule)ni yordamga chaqiradi. Gerkules ham osmon ma’budlaridan biri bo’lib, u buton olamga o’zining 12 jasorati bilan mashhur edi. Uning 5–jasorati aynan mana shu Avgi(Augias) molxonasini tozalash edi. U ushbu iflos joyni tozalsh uchun ya’ni 5–sinovdan yaxshi o’tish uchun, otxona devoridan bir tuynuk ochadi va o’z yo’nalishini o’zgartirgan ikki daryo–Alfe(l’Alphee) va Pene(le Penee)ni otxona tomonga boshqarib yuboradi va natijada barcha iflosliklar yuvilib ketadi. Shu tufayli juda iflos joy hisoblanmish Avgi otxonasi tozalanadi.
Ushbu iborani etemologik tahlil qilish jarayonida ya’ni uning etemologiyasini bilganimizdan so’ng, u tartibsizlik hukmron joyda qayta tartib o’rnatish, ya’ni korrupsiyaga qarshi yo’naltirilgan ishlarni anglatishini bilamiz. Ya’ni bunda “nettoyer”–fe’lining asl ma’nosi “tozalamoq”,”artmoq” bo’lsada, ushbu iborada u ifloslikni emas balki buzuqlik, yaramaslik kabi yomon illatlarni odamlar orasidan supurib tashlashni ifodalaydi. “les e’curies d’Augias”–birikmasinng tarjimasi, Avgi otxonalari, bo’lishiga qaramasdan u korrupsiya va shunga o’xshash yaramas illatlar hukmron joyni ko’rsatib turibdi. Bundan ko’rinib turibdiki les e’curies d’Augias–frazeologik iborasining etemologik kelib chiqishi, ya’ni etemologiyasi uning semantikasi bilan qandaydir bog’liqligi bor.
Jouer les Cassandre–Kassandra o’yinini o’ynamoq.
Kassandra (Cassadre) mabudlar Priam(Priam) va Gekub(Hecube)larning qizi bo’lgan. Unga mabud Appalon bashorat qilish qobiliyatini hadya qilgan, ammo go’zal Kassandra mabudning sevgisini rad etgan va oqibatda Appalon undan o’ch olish maqsadida uning barch abashoratlarinin yolg’onga chiqaradi va ushbu bashoratlar hech qachon amalga oshmaydigan bo’lib qoladi. Keyinchalik “Kassandra”(Cassandre) atamasi siyosatda omadi yurishmagan va siyosiy bashoratlarga berilib ketgan ruhi tushgan siyosatchilarga nisbatan qo’llanila boshlangan. Ushbu frazeologik iboraning etemologiyasidan ham ko’rinib turibdiki, bu ibora asosan siyosatda pand yegan siyosatchiga nisbatan qo’llanilgan. Bunda “Cassandre”–asli afsonaviy mabuda hisoblansa-da, u bu iborada – omadi yurishmagan, ruhi tushgan siyosatchini ifodalaydi. Bundan ko’rinib turibdiki uning etemologiyasi qasman uning ma’nosiga bog’liq.
Tember de Charybde en Scylla–Silla va Xaribda orasiga tushib qolmoq.
Yomg’irdan qutilib do’lga tutilmoq.
Xaribda (Charybde)–Yer (ya’ni ma’buda), Geya(Gaia) va dengiz ilohi Posedon(Poseidon) qizi bo’lgan va Messin(Messine) darasidagi (bo’g’ozidagi) ulkan qoyatosh ustida yashagan. Ushbu afsonaviy bahaybat maxluq bo’g’ozga kelgan suzuvchilarni ov qilgan.
Ushbu Messin(Messine) bo’g’ozining boshqa bir qirg’og’ida ya’ni bir bahaybat olti boshli maxluq Silla(Scylla) har doim pistirmada turgan. Bechora dengizchi yoki suzuvchilar agar moboda Xaribdaning changalidan qutilishga muaffaq bo’lsalar baribir Silla tuzog’iga tushishgan. Etemologiyasidan ko’rinib turibdiki yuqoridagi bu ibora grek tiliga aloqador bo’lsada fransuz frazeologiyasida keng qo’llaniladi. Uning etemologiyasidagi ushbu ikki maxluq majoziy bo’lib, bunda “Charybde”–biron bir narsaga nisbat qilib olingan, masalan, o’zbek itlida unga nisbatan “yomg’ir” so’zi tog’ri keladi; “Scylla”–esa undan battarroq ya’ni “do’l”ga to’g’ri keladi.
O’zbek tilida ushbu frazeologik iboraning bir qancha ajoyib yangiliklari bor: Masalan; “Yomg’irdan qutilib, do’lga tutilmoq”, “Suvdan qochib o’tga bormoq” kabi.