Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi


Atoqli otlar ishtirokidagi FBlar polisemiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#172094
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
KL-Atoqli ot

2.2. Atoqli otlar ishtirokidagi FBlar polisemiyasi
Til bilan fikr orasida o’zaro jipslik, uzviy aloqa, bo’lgani kabi inson tafakkuri til, so’z, tushuncha o’rtasida ham uzviy bog’lanish mavjud. Har qanday so’z avvalo, etimologik, dastlabki ma’noga egadir. Shu etimologik dastlabki ma’no ayni paytda so’zning (bosh) asosiy ma’nosi hamdir. Lotin tilidan o’tgan aksariyat so’zlar hozir ham asosiy ma’noga ega. Biroq asrlar davomida so’zlarning asosiy ma’nolari unutilib, yasama (ko’chma) ma’nolarga ega bo’lishi ham mumkin. Fransuz tilining kundalik iste’molida foydalanadigan leksikaning aksariyati ko’p ma’nolidir. Ko’p ma’nolilik – polisemiya ayrim so’zning ma’lum bir davrda bir qancha ma’nolarga ega bo’la olishidir. Umumiy xislatga ega bo’lgan bir qancha dalillarni bir qancha narsalarni ko’rsata oladigan so’z ayni paytda bri qancha ma’noga ham ega bo’la oladi. Polisemiya haqiqiy borliq (reallik) dalillarini ongimizda umumlashtirish qobiliyatini ochiqdan – ochiq aks ettiradi. Fransuz tilida ko’p ma’nolilik asosan, fe’llarga va ot so’z turkumiga xos xususiyatdir, bu faktni, sintetik tuzumdagi tillar bilan taqqoslaganda ya’ni hozirgi fransuz tilida, flektiv tillar tuzilishidagi kabi yasovchi elementlarning kamchiligi bilan isbot qilish mumkin. bir necha ma’noga ega bo’lgan har qanday so’z konteksda aniq bir yagona ma’noga ega bo’ladi. Bunga monosemiya – bir ma’nolilik deyiladi.
Bir ma’nolik va ko’p ma’nolilik faqatgina oddiy so’zlarga xos bo’lib qolmasdan, balki biz tadqiqot olib borayotgan atoqli otli frazeologik iboralarga ham xos xususiyatdir. Ushbu shakldagi iboralarga asosan bir, ikki, uch va to’rt ma’noli frazeologik iboralar ko’zga tashlanadi.
Bir ma’noli atoqli otli frazeologik iboralar.
Monosemantik xususiyatga ega bo’lgan atoqli otli frazeologik iboralar fransuz frazeologik lug’atining asosiy qismini tashkil etadi.
Bir ma’noli atoqli otli frazeologik iboralarga misollar:
 – fransuzlar,
 – dimiqtirib, bo’g’ib o’ldirmoq,
 – odobsiz qizlar,
 – talaba mahbubasi,
 – osmondagi imperiya (Xitoy)
 – Neuf – ko’cha ashulasi,
 – qonunni chetlab o’tmoq,
 – induk, gerdaygan fahmi kalta odam,
 – urushning so’nggi daqiqalari,
 – kenja o’g’il.
Ikki ma’noli atoqli otli frazeologik iboralar.
Ikki ma’noli frazeologik iboralar polisemantik xususiyatga ega bo’lgan iboralar safiga kiradi. Ushbu guruhga mansub frazeologik iboralar birinchi guruhga mansub frazeologik iboralarsoniga qaraganda bir oz kamroqdir. So’zlarning ikkinchi yasama ma’nosi hosil bo’lishida asosan ularning ishlatilish o’rni va xususiyati ya’ni joy (makon) faktori sabab bo’ladi. Asosan ikkinchi (yasama) ma’no harbiy jargonlarda, so’zlashuv nutqiga xoslikda, she’riyatga xos iboralarda hamda ironiyalarda namoyon bo’ladi. Lekin shuni unutmasligimiz lozimki so’zning bir ma’nosi so’zlashuv nutqiga xos bo’lsa, ikkinchi ma’nosi esa og’zaki nutqqa yoki ironiyaga xos bo’lishi ham mumkin. Bunda frazeologik ibora boshqa – boshqa bir-biriga unchalik ham yaqin bo’lmagan ikki ma’noni ifodalaydi. Misollar:
Tarixiy so’zlashuv nutqiga xos
 - a) (tarixiy so’z) Parijdagi kambag’allar xizmat joyi, makoni.
b) (so’zlashuv) gadoyxona
 – a) (teatr jargoni) kulgili chol roli
b) (so’zlashuv) qariya, qarilik.
She’riyatga xoslik.
 – poetik she’riyatga oid a) mitra (xushbo’y oq gulli doim yashil buta o’simlik).
b) lipa, arg’uvon daraxti.
 – she’riyatga oid a) dafna o’simligi
b) palma daraxti.
So’zlashuv nutqiga xoslik.
 – a) tortiq, sovg’a, zakovat
b) muqaddas hadya, iste’dod.
 – a) kichik o’g’il
b) qorni och kimsa


Ironiyaga xoslik.
 a) ha, Xudo uni rag’batlantiradi.
b) ha, Xudo u bilan
 – Jean Bouche d’Or a) u har doim o’ylaganini gapiradi
b) u vaysaqi kamtar emas
 a) davlat ishxonasi
b) turmaxona
Uch ma’noli atoqli otli frazeologik iboralar.
Ushbu guruhga kiruvchi iboralar ham polisemantik xususiyatga ega. So’z ma’nosining o’zgarishiga asosan uch faktor – joy, vaqt va ijtimoiy faktorlar sabab bo’ladi. Chunki xuddi shu bir xil frazeologik ibora bir holatda boshqa bir ma’noni, ikkinchi holatda boshqa va uchinchi holatlarda esa butunlay o’zgacha mazmunni anglatishi mumkin. Ko’pincha so’z ma’nosining, frazeologik ibora ma’nosining ikki yoki uch karra o’zgarishiga o’rin joy ya’ni makon faktori sabab bo’ladi va shu o’zgacha ma’no kelib chiqadi. Misollar:
 a) Xudo madadkor
 b) sog’ bo’ling

          1. Xudo bersin, Xudodan qaytsin.

 – (aslida ushbu ibora so’zlashuv nutqiga xos bo’lsada, uning tarixiy va eskirgizgan so’zlar (arxaizmlar) ga xos xususiyatlari ham semantic nuqtai nazardan va ishlatilish o’rniga nisbatan ham ko’zga tashlanadi).

  1. Haqiqiy bitimdan oldin to’lanadigan qo’shimcha to’lov

  2. Choychaqa, choy puli

  3. Bay puli

To’rt ma’noli frazeologik iboralar.
Bizga ma’lumki atoqli otli frazeologik iboralarda Xudo (Dieu) so’zi bilan bog’liq ko’plab frazeologik iboralar mavjud. Ular orasida to’rt ma’noli iboralar ham borligi kuzatuvlarimiz natijasida ma’lum bo’ldi. Bu kabi polisemik xususiyatli frazeologik iboralar inson nutqini boyitishga xizmat qilishi shubhasiz. Ma’nolarning ko’payishiga asosan uch mustahkam faktor makon, zamon va ijtimoiy faktorlar sababdir. Har bir faktorda so’z ma’nosi yana bir bor sayqallanadi. Misol:
 - a) muqaddas suv bilan yuvish marosimida qatnashmoq
b) ibodat qilmoq
c) juda dindor bo’lmoq
d) (yuqoridagi uch ma’noda ham bir o’xshashlik mavjud, ya’ni ular so’zlashuv nutqiga xosdir. To’rtinchi ma’no esa aksincha jamiyatdagi ma’lum ijtimoiy guruhga mansub jargon-argodir). Kechki ovqat yemoq.
Ushbu tahlilimizga xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, polisemiya hodisasi nutqimiz yanada ravon va chiroyli bo’lishi uchun juda zarur til hodisasidir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin