Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi


Partir pour Cythire–Seyterga jonamoq



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#172094
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
KL-Atoqli ot

Partir pour Cythire–Seyterga jonamoq.
Yuqorida biz barcha afsonaviy qahramonlar haqida, ya’ni shaxslar haqida, ularning etemologiyasi haqida gapirdik, ammo bu iboramizda biz shaxs haqida emad balki makon, joy haqida so’z yuritamiz. Siter(Cythire)–mifologik(afsonaviy) makon bo’lib, bu grek oroli Peloponnes(le Pe’loponnise) va Kret(la Crite) orollari orasida joylashgan, u yerda mabuda Venera(Vinus)ning ulkan ibodatxonasi joylashgan edi. Ushbu orol ko’ngilxushlik va muhabbat timsoli osridagi joy bo’lgan. Bundan ko’rinib turibdiki Cythire–muhabbat timsoli. Bu farazeollogik ibora grek afsonasidan olingan bo’lib uning etemologiyasi o’z semantikasiga mos keladi ya’ni bu iboraning ma’nosi “muhabbat, sevgi lazzatga berilib ketish” yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak “sevgi deb dunyodan kechish” ma’nosiga to’g’ri keladi. Bu frazeologik iboraning etemologiyasi uning semantikasini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ze tonneau des Danaides–Danidlar bochkasi doimo yangilanadigan qarz.
Danaos–Libya(Zibye) hukmdori edi va uning elli nafar qizlari bore edi (les Danaides) uning akasi Ejeptos (Agyptos) ning esa ellikta o’g’lii bor edi. Bir oz vaqtdan so’ng bu ikki aka-uak quad bo’lishadi. Lekin Danaos taxtni egallash maqsadida o’z qizlariga to’y kechasi turmush o’rtog’ini o’ldirishni buyuradi. Birgina qizi, Gepermenstra (Hypermnestre)dan boshqa barchasi o’z erlarini o’ldirishadi. Gepermenstra (Hypermnestre) yori Lense (Lyncee)ni juda sevar edi va shu bois u otasining hukmini bajarmaydi. Akalarining qatlidan so’ng u Danaos (les Danaides) larning barchasidan akalarining o’chini oladi, albatta o’z yori bundan holi bo’ladi. Opa–singil Danaidlar do’zaxda (Enfers) tubi yo’q bochkani to’ldirishga hukm qilinadi. Tubi yo’q bochkani to’ldirib bo’lmaganidek, har safar yangilanadigan qarzni ham to’lab bo’lmaydi. Chindan ham yuqoridagi misoldan ibora ma’nosi ya’ni semantikasi va uning kelib chiqishi ya’ni etemologiyasi bilan bog’liqligining guvohi bo’lamiz. Ya’ni bunda “le tonneau”–asl tarjimasi “bochka” bo’lsada, u ushbu iborada doimiy yangilanadigan qarzni ifodalasa, “les Danaides” esa – har doim ishlab topganini yangilangan qarzga to’lovchi sifatida nomoyon bo’ladi. Ushbu ibora asli grek mifologiyasidan olingan bo’lsa-da, lekin fransuz tilida keng qo’llaniladi.
Se croire sorti de la cuisse de Jupiter
Haddan tashqari o’ziga bino qo’yish Dionisey (Dionysos) yoki Baxus (Bacchus)–mo’l-ko’lchilik, tabiat va shamol mabudi. U Zevs (Zeus) yoki (Jupeter) va Semple(Semple) farzandi bo’lgan. Mabuda Semele o’z yoridan kuchini qanchalik ekanini isbotini ko’rsatishni so’raydi. Shunda Zevs to’satdan ulkan yorug’lik va momaqaldiroq paydo qiladi, shu on ehtiyotsizlikdan uning rafiqasini yashin uradi Zevs faqatgina farzandi Dioniseyni asrab qolishga ulguradi xolos. Zevs uni o’zining soni orqasiga berkitib qoladi, Dioniseyga kelajakda ulg’aygandan so’ng tinchlik bermaslik uchun, uni ayblash uchun asrab qoladi. Ushbu iboraning yan bir fransuzcha ekvivalenti bor bo’lib u quyidagicha: “se croire sorti de la co’te d’Adam” bu iboraning ma’nosi ham aynan yuqoridagi frazeologik iboraning mazmuni bilan bir xildir. Bu ikki frazeologik iboralar ham etemologik jihatdan grek tiliga kelib taqaladi. Lekin shunday bo’lsada ushbu iboralar fransuz tilida kimdir o’z yordamini boshqa biror kishiga ta’na qilishi kabi vaziyatlarda, yoki o’zini boshqalardan yuqori qo’yadigan, hamda o’ziga bino qo’ygan kimsaga nisbatan ishlatiladi. Bu iborani etemologik tahlil qilar ekanmiz Zevs (Yupeter) Zeus (Jupiter)– kekkaygan, dimog’dor kimsa sifatida talqin qilinadi, bu kabi takabbur kimsalar hozir ham bo’lganidek, ushbu frazeologik ibora hali ham fransuz frazeologik lo’g’atida alohida o’ringa egaligi bilan ajralib turadi.
Etre dans les bras de Morphie–Morfe qo’lida bo’lmoq, uxlamoq.
Morphee (Marfe)–Gepnos (Hypnos) ya’ni uyqu va Tun ya’ni Nuit (Nux) farzandi edi. U uyqu ilohi bo’lib, u bandalarni ko’knori gulini ularga tekkizib, uxlatib qo’yish qobiliyatiga ega edi.
Sortir des bras de Morphee–Morfe chiqmoq uyg’onmoq.
Yuqoridagi fraziologik iborada ta’kidlanganidek, Morfe (Morphee)–uyqu xudosidir. Ushbu har ikki iboradagi ilohiy mabud Morfening vazifasini ko’rsatuvchi bu iboralardan ham ma’lum bo’lyaptiki frazeologik iboraning etemologiyasi uning mazmun–mohiyatini tushunishga yanada yaxshi yordam beradi. Yana shuni ham aytib o’tish kerakki uyqu ilohining nimi hozirda dorishunoslik atamalari orasida ham o’z o’rniga ega, ushbu atama tinchlantiruvchi va uxlatuvchi darmondori morfin (la morphine) nomiga erkin ko’chgan. Bu atama misolidan ham ko’rinib turibdiki bu so’z va uning kelib chiqishi orasida uzviy bog’liqlik mavjud.
Za boite de Pandore–Pandorra qutichasi Afsonalarga ko’ra Pandorra (Pandore) – dunyodagi eng birinchi ayol bo’lib, u Zevs (Zeus) tomonidan yaratilgandir. Uning nomi ya’ni “Pandore”, “barch asovg’a va hadyalar” degan ma’noni beradi. Mabudlar Pandoraga barcha balo-yu qazolarni o’zida saqlagan, muhrlangan quticha hadya qilishadi. Lekin u qiziquvchanligidan qutichani oschadi vauning ichida og’riqlar, kasalliklar, nizolar va boshqa barch ayomonliklar chiqib odamlarga tarqab ketadi. Pandora tezda qopqoqni qayta yopishga ulguradi, natijada Ishinch (l’Esperance) oxirida qolib ketadi. Chunki u juda shosholgan edi-da. Shundan buyon g’am­–anduhlar insonlarni o’z domiga tortganda Ishonch(Umid) ularni yupatish uchun kelarkan.
Ushbu ibora ha grekn afsonalariga asoslangan bo’lib, u o’z etemologik jihatidan o’zi ifodalaydigan mazmun mohiyatga juda to’g’ri keladi. Ya’ni “la boite de Pandore”–ko’plab yovuzliklarga sabab bo’luvchi tahlika–xavf-xatardir.
“Pandore” so’ziga kelsak hozirda eskirgan so’z bo’lishiga qaramasdan so’ngi asr qo’shiq yozuvchilariga komik qahramon yartishda qo’l keladi.
Une victoire a la Pyrrhus–juda katta qiyinchiliklar bilan erishilgan g’alaba.
Perrus (Pyrrhus)–Epir (Ephire) shohi edi. U romanlar bilan juda ko’p urishgan edi. Ayniqsa Asulum (Ausculum) urushi juda dahshatlisi bo’ldi. Baxtga qarshi u ko’plab jangchilardan ayrildi, garchi keyinchalik g’alabaga erishgan bo’lsada lekin u Italiyani bosib olish chogida muvoffaqiyatsizlikka uchradi va o’z yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladi. Bu iborani etemologik tahlil qilar ekanmiz yuqorida aytib o’tilgan g’alaba (un victoire) chinakam g’alaba emas, aksinch mag’lubiyat nishonasidir, chunki bu g’alaba juda katta yo’qotishga sabab bo’ldi. Bu frazeologik ibora mazmunidan uning etemologiyasi va semantikasi orasidagi yaqinlikni yaqqol namoyish etadi. Bu fransuz frazeologik birligi o’zbek tiliga qiyinchiliklar bilan erishilgan salbiy g’alaba, ya’ni “oxiri voy ish” sifatida tarjima qilinadi.
Le supple de Tantale–Tantal jazosi Lidiya (Lydie) shohu Tantal bir qancha kesatiqlar bilan mabudlarni kamsitadi, haqorat qiladi, hattoki u ilohlarga xizmat qiluvchilarni ham fitnaga undaydi, bazimlardan birida u o’z o’g’li Pelosni qiymalab dasturxonga tortadi. Shundan so’ng uni jahannam hududlaridan biri bo’lmish Tortar (le Tortare)da to’g’ri yo’lga solish uchun jazolashadi. Uni iyagigacha suvga botirib qo’yishadi, uning boshida mevali shohlari bo’lib, u har safar qo’lini suvga cho’zib chanqog’ini qondirmoqchi bo’lganda suv shu shohlari tufayli loyqalanaveradi. Bu ibirani uning etemologiyasini bilmasdan turib tushunish ancha mushkuldir, ya’ni uning kelib chiqishi va mazmuni bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Ya’ni bu iborani o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin: o’z niyatiga yoki hohishiga yetishiga bir bahya qolmoq, yoki yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak “qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarmoq” ma’nolariga yaqin ma’noni ifodalaydi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin