Atoqli otlar ishtirokidagi maqol va matallar semantikasi Biz tadqiqot obyektimiz bo’lmish atoqli otli frazeologik iboralar maqolli turg’un birikmalar ham alohida ahamiyatga ega. Frazeologik qo’shilmalar ichida maqolli iboralar alohida o’rinda turadilar, aynan shu maqolli iboralarni tashkil etuvchi bo’laklarning ma’nosidan mahrum qilmasdan, shu so’zlarning xususiyatlarini o’zlarida mujassamlashtiradilar. Ayrim so’zlar bir qancha mustaqilliklarini saqlaydilar, biroq ularning ishlatilishi keskin chegaralangan va joylari belgilangan bo’ladi. Bu maqolli iboralar, odatda erkin so’z guruhlariga omonim bo’lib keladilar.
Atoqli ot qatnashagan maqolli iboralar yasalish nuqtai nazardan quyidagi turlarga bo’linadi:
Giperbola (mubolag’a) asosida qurilgan maqolli iboralar. Bunda so’z ma’nosi
ko’z ko’rib quloq eshitmagan darajada oshadi, ya’ni kuchaytiriladi. Masalan:
– Adam (Odam ato) dek keksa
Bu misolda ham metafora, ham mubolag’a mavjud.
– juda uzoq (olis) manzil.
Bu misol ham xuddi oldingidek ikki taraflama stilistik bo’yoqlar bilan sayqallangan.
Pleonazmlar frazeologik qo’shilmalarning sistematik (ma’no) butunligi
ko’rsatishi mumkin, ayrim holda pleonazmlar antiteza (farazlarni qarama-qarshi qo’yish) asosiga qurilgan bo’ladi. Masalan:
– Parij ayollarga jannat, otlarga esa do’zaxdir.
– har kim o’zi uchun, Xudo barcha uchun.
(Bu misolda birlik ya’ni yakka shaxs va butun jamoa manfaatlari bir – biriga qarshilantirilgan).
Kalambur, ya’ni so’z o’yini asosida qurilgan frazeologik iboralar. Bir semantik
butunlikni ifodalaydi. Bunda qandaydir musiqiy ohangdoshlik talaffuzda yaqqol sezilib turadi. Ya’ni maqolda musiqiylik bo’ladi. Ana shu musiqiylik maqolni boshqa guruhlardan ajratib turadi va bu uning muhim belgisi hisoblanadi. Misollar:
– Ayol xoxishi, Xudo xoxishi.
– hammasi Xudoning irodasiga bog’liq.
Shunday qilib atoqli ot qatnashgan maqolli iboralar yuqoridagi uch guruhga xos maqollar bilan yasalish nuqtai nazardan bo’linadi.
Maqolli iboralarning sistematik tahlili.
Maqollar xalq og’zaki ijodining eng nodir namunalaridan biridir. Har bir maqol o’ziga yarasha semantikaga ega. Biz tadqiqot o’tkazadigan atoqli ot ishtirok etgan maqolli iboralar semantik jihatdan bir nechta gruhlarga bo’linadi. Biz ushbu tahlilimizni umumiy frazeologik tahlilga xos tarzda bajardik va natijada quyidagi guruhlar hosil bo’ldi:
Shaxs nomlari ishtirokidagi maqolli iboralar:
Bu guruhga xos maqolli iboralar tarkibida asosan mashhur shaxslar ismlari, mabud va mabudalar nomlari hamda ularga bog’liq nomlar uchraydi. Misollar:
– Platon mening do’stim, lekin haqiqat qimmatliroq.
– Ali desa Vali deydi.
– Odam ato bilan teng (keksa).
– eski hammom eski tos.
– bu ajralmas do’stlar.
(Xudo) so’zi ishtirokidagi maqolli iboralar.
Semantik tahlil qilish jarayonida so’zi bilan bog’liq maqolli iboralar miqdor jihatdan shaxs nomlaridan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Bundan ko’rinib turibdiki so’zi ishtirokidagi iboralar maqolli iboralarning katta bir qismini tashkil etadi. O’z nomidan ham ma’lum ushbu iboralarning asosiy qismi Xudo haqidan va Xudo bilan bog’liqdir. Misollar:
– botirlarga Xudo madadkor. (Ushbu fransuz maqolining o’zbek tilida quyidagicha ekvivalent bilan ham almashtirish, o’zgartirish mumkin: Sendan harakat – Mendan barakat.)
– Ayol xohishi, Xudo xohishi.
– Harkim o’zi uchun, Xudo barcha uchun.
– Xudo gunohkorni kechirguvchi.
– Hammasi Xudoning irodasiga bog’liq.
Shahar nomlari ishtirokidagi maqolli iboralar.
Umuman olganda shahar va davlat nomlari frazeologik iboralarning barcha guruhlarida ishtirok etgan va o’ziga yarasha ma’no va mazmunga ega. Biz tadqiq qilayotgan obyekt maqolli iboralar tarkibida asosan kabi mashhur shahar nomlari ko’p uchraydi. Misol uchun shahrini olaylik, ushbu shahar hozirgi Italiya poytaxti hisoblanadi. Bu shahar qadimda silivizatsiya va shaharsozlik o’chog’i hisoblangan va barcha Rimga oshiqqan. Rim ulkan imkoniyatlar shahri va ramzi hisoblangan. Shuning uchun ham “Barcha yo’llar Rimga olib boradi” maqoli yaratilgan. Misollar:
– Barcha yo’llar Rimga olib boradi.
– Bir ko’rsam armonim yo’q.
– qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi.(O’zbek tilida maqolning yana bir tarjima variant bor:
Ko’r ko’rni qorong’ida topadi.).
– Parij bir kunda qurilmagan. (Oz-oz o’rganib dono bo’lir, qatra qatra yig’ilib daryo bo’lur).
– Parij ayollar uchun jannat, otlar uchun do’zax. (Bu maqol ko’p sarf – xarajat, isrofgarchilik haqida).
– yolg’onchi va olibqocharlardan saqlan(ing). (Ushbu maqol semantikasiga e’tibor bersak Fransiyada atamasi – yolg’onchilik va maqtanchoqlik esa safsataboz ko’p gapiruvchi shaxslarga nisbatan ishlatiladigan ushbu ikki o’zshatish jamlanmasidan shu maqol yaralgan.
Bayram nomlari ishtirokidagi maqolli iboralar. Maqolli iboralar tarkibida bayram nomlari boshqa atoqli otlarga nisbatan kam uchraydi. Asosan Yevropa xalqlariga xos va katolik diniga sig’inuvchilar bayramlari nomlari uchraydi. Shulardan eng mashhuri bayramidir. Bu so’z ishtirokida ko’plab maqolli iboralar yaratilgan va bu aprel oyida nishinlanadigan bayram nomi qaysidir ma’noda maqolli ibora mazmuniga ham bog’liq. Misol:
– Juda olis manzil. Odam oyog’i yetmas manzil.