Ayol chanog‘I



Yüklə 28,04 Kb.
səhifə1/5
tarix02.05.2023
ölçüsü28,04 Kb.
#106373
  1   2   3   4   5
Ayol chanog‘I


AYOL CHANOGI
Suyak chanoq ayolning ichki jinsiy a’zolarini, to‘g‘ri ichagini,
qovug‘i va ular atrofidagi to‘qimalarni beshikast saqlaydigan mustahkama’zodir. Bundan tashqari, ayol chanog‘i tug‘ruq kanalini hosil qiladi. Bola tug‘ilayotganida shu kanaldan o‘tadi. Ayol chanog‘ining tuzilishi akusherlikda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Yuqorida, qov suyagi — oldinda, quymich suyagi — pastda joylashadi.
Yonbosh suyagi (os ileum) ikki qismdan: tanasi va qanotidan iborat. Yonbosh suyagining tanasi kalta, qalin qismi bo‘lib, quymich kosasining hosil bo‘lishida qatnashadi. Yonbosh suyagining qanoti anchagina keng plastinka bo‘lib, ichki yuzasi botiq, tashqi yuzasi qa- bariqdir. Yonbosh suyagining qanoti o‘rtasi yupqa, chetlari qalin tortgan. Qanotning eng qalin bo‘sh yuqori chekkasi yonbosh suyagining qirrasi (crista ilei)ni hosil qiladi, ana shu qirrada bir-biriga parallel yotgan uchta g‘adir-budir chiziq ko‘rinadi, Bular qorin muskullarining yopishadigan joylaridir. Yonbosh suyagining qirrasi oldingi tomondagi bo‘rtmachadan boshlanadi, bu bo‘rtmacha yonbosh suyagining oldingi yuqori o‘sig‘i (spina iliaca anterior superior) deb ataladi, pastroqdagi ikkinchi bo‘rtmacha yonbosh suyagining oldingi pastki o‘sig‘i (spina iliaca anterior inferior) deyiladi. Oldingi pastki o‘siqning ostida, yonbosh suyagining qov suyagiga qo‘shiladigan joyida, uchinchi do‘mboqcha bor, yonbosh-qov do‘mbog‘i deb shuni aytiladi. Yonbosh suyagining oldingi yuqori va oldingi pastki o‘siqlari orasida yonbosh suyagining kichik o‘ymasi (incisura iliaca minor), oldingi pastki o‘siq bilan yonboshqov do‘mbog‘ining orasida yonbosh suyagining katta o‘ymasi (incisura iliaca major) bor. Yonbosh suyagining qirrasi orqa tomonda yonbosh suyagining orqadagi yuqori osigi (spina iliaca posterior superior) bilan tugaydi,
shy o‘sig‘dan pastdagi ikkinchi tepacha — yonbosh suyagining orqadagi pastki osigi (spina iliaca posterior inferior) deb ataladi. Orqadagi pastki o‘siq ostida quymich suyagining katta o‘ymasi (incisura ischiadica major) bor. Yonbosh suyagining ichki yuzasida, qanoti tanasiga o‘tadigan joyda qirrasimon tepacha bor, bu tepacha ravoq shaklidagi nomsiz chiziqni (linea innominata) hosil qiladi (18-rasm). Ana shu chiziq dumg‘azadan butun yonbosh suyagining ko‘ndalangiga yo‘l olib, oldindan qov suyagining yuqori chekkasiga o‘tadi. Yonbosh suyak orqadagi bo‘limning ichki yuzasida quloqsimon yuza – g‘adir-budir maydoncha bor, bu yuza dumg‘aza suyagining yuzasiga qo‘shiladi. Quymich suyagi (os ischii)ning quymich kosasining hosil bo‘lishida qatnashadigan tanasi va ikkita: yuqori hamda pastki tarmoqlari bor. Yuqori tarmog‘i tanasidan pastga davom etib, quymich do‘mbog‘ i (tuber ischii) bilan tugaydi. Pastki tarmoqning orqa yuzasida tepacha — quymich o‘sig‘i (spina ischii) joylashgan. Pastki tarmoq oldinga va yuqoriga borib, qov suyagining pastki tarmog‘iga qo‘shiladi.

Yüklə 28,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin