Ayol chanog‘I



Yüklə 28,04 Kb.
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü28,04 Kb.
#106373
1   2   3   4   5
Ayol chanog‘I

CHANOQ BIRLASHMALARI
Chanoq suyaklari simfiz, dumg‘aza-yonbosh va dumg‘aza-dum birlashmalari yordamida o‘zaro qo‘shiladi. Chanoq birlashmalarida tog‘ay pardalar bor. Chanoqning hamma birlashmalari pishiq boylamlar bilan mustahkamlangan.
Simfiz kamharakat birlashma, yarim bo‘g‘im hisoblanadi. Ikkala qov suyagi simfizda tog‘ay parrasi yordamida birlashadi, unda ko‘pincha suyuqlik bilan to‘la kichkina yoriqsimon bo‘shliq bo‘ladi; homiladorlik vaqtida bu yoriq kattalashadi.
Simfizning ustki chekkasi bo‘ylab qov suyagining yuqori boylami, pastki chekkasiga esa ravoqsimon boylam tortilgan, simfizning tashqi va ichki yuzalarida qov suyagining oldingi va orqadagi boylamlari bor.
Dumgaza-yonbosh birlashmalarida yoriqsimon tor bo‘shliq bo‘lib, ular deyarli harakatsiz bo‘g‘imlardir. Bo‘g‘im maydonchalari g‘adir-budir yuzali bo‘lganligi va g‘oyat pishiq boylamlar borligidan dumg‘aza-yonbosh birlashmalarida deyarli hech qanday harakat yuzaga chiqmaydi. Ikki juft boylam: dumg‘aza suyagining pastki qismi bilan quymich suyagining o‘siqlari orasiga tortilgan dumg‘aza-o‘tkir qirrali boylamlar (lig. sacro-spinosum) va dumg‘azaning pastki qismi bilan dum suyagidan quymich do‘mboqlariga boruvchi dumg‘azado‘mboq boylamlari (lig. sacro-tuberosum)ning ahamiyati katta. Bu boylamlar quymich suyagining ikkala o‘ymasini tutashtirib, katta va kichik quymich teshiklarini hosil qiladi, chanoq bo‘shlig‘idan o‘sha teshiklar orqali muskullar, tomirlar va nervlar o‘tadi.
Dumgaza-dum birlashmasi anchagina harakatchan. Tug‘ruq vaqtida homila chanoqdan o‘tayotganida dum suyagi orqaga egiladi va simfizning pastki chekkasidan dum suyagining uchigacha bo‘lgan masofa 1,5–2 sm uzayadi.
KATTA CHANOQ
Chanoq ikki bo‘limga ajratiladi: yuqori bo‘limi katta chanoq va pastki bo‘limi kichik chanoq deb ataladi. Katta chanoq bilan kichik chanoq o‘rtasidagi chegaralar: oldingi tomonda simfizning va qov suyaklarining yuqori qirrasi, ikki yon tomonda – nomsiz chiziqlar, orqa tomonda – dumg‘aza suyagining burni. Katta chanoq bilan kichik chanoq o‘rtasidagi tekislik kichik chanoq kirish qismining
tekisligi hisoblanadi; bu tekislik akusherlikda juda muhim ahamiyatga ega.
Katta chanoq kichik chanoqdan kengroq bo‘lib, ikki yon tomonidan yonbosh suyaklarining qanotlari, opqa tomondan – so‘nggi bel umurtqalari, oldingi tomondan-qorin devorining pastki bo‘limi bilan chegaralangan. Katta chanoq hajmi qorin muskullarining qisqarishi yoki bo‘shashuviga qarab o‘zgarishi mumkin.
Katta chanoqni bemalol o‘lchasa bo‘ladi, uning o‘lchamlari oson va anchagina aniq bilib olinadi. Katta chanoqning o‘lchamiga qarab kichik chanoq o‘lchamlari haqida fikr yuritishadi, chunki kichik chanoqni bevosita o‘lchab bo‘lmaydi. Holbuki, kichik chanoq o‘lchamlarini aniqlash g‘oyat muhim ahamiyatga ega, zero
tug‘ilayotgan bola kichik chanoqning qattiq suyak kanalidan o‘tadi.

Yüklə 28,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin