Sifat. Tub, nisbiy va rangni anglatuvchi sifatlar



Yüklə 28,14 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü28,14 Kb.
#50612
3-mavzu


MAVZU №3

SIFAT. TUB VA YASAMA SIFAT. NISBIY SIFAT. MOSLAShGAN ANIQLOVChI. MOSLAShISh QOIDALARI.

Sifat. Tub, nisbiy va rangni anglatuvchi sifatlar



Reja:

  1. Tub sifat

  2. Yasama sifat

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:Sifat soz turkumi va qonun qoidalarini o’rganish.

Tayanch so’z va iboralar: tub, yasama, lug’atlar.

Tub sifat uch undoshli o’timsiz fe’llarning «I bob» shaklidan 20 dan ortiq vazn (qolip) da xosil qilinadi. Uning uchta:

1) oddiy (bosh); 2) orttirma; 3) qiyosiy darajalari mavjud. Sifatning eng ko’p ishlatiladigan oddiy darajalari quyidagilardir:

١. فَعِيلٌ

كَرِيمٌ

saxiy; saxovatli

قَرِيبٌ

yaqin

٢. فَاعِلٌ

بَارِدٌ

sovuq

حَامِضٌ

nordon

٣. فَعْلٌ

صَعْبٌ

qiyin

سَهْلٌ

oson

٤. فُعْلٌ

صُلْبٌ

qattiq

حُلْوٌ

shirin

٥. فَعَلٌ

حَسَنٌ

chiroyli; yaxshi

جَلَلٌ

buyuk; ulkan

٦. فَعِلٌ

فَرِحٌ

xursand

تَعِبٌ

charchagan

٧. فَعْيِلٌ

طَيِّبٌ

yaxshi

جَيِّدٌ

yaxshi

٨. فَعُولٌ

غَيُورٌ

ғayratli; rashkli

جَسُورٌ

jasur

٩. فَعْلاَنُ فَعْلَى(muan.)

كَسْلاَنُ
كَسْلَى

dangasa



جَوْعَانُ

جَوْعَى


ochqolgan

١٠. أفْعَلُ

فَعْلاَءُ(muan.)

أزْرَقُ

زَرْقَاءُ



kik;

zangori

أَطْرَشُ


طَرْشَاءُ

garang

) أفْعَلُmuan. (فَعْلاَءُvaznidagisifatlarrang, tus, xossavajismoniyxolatnibildiruvchisifatlardir.

Ushbuvaznlardaxosilqilingansifatlarkuchaytirilganma’noniifodalaydi:

Juda xo’mraygan; qattiqqo’l

عَبَّاسٌ

فَعَّالٌ

Kuchli olim

عَلاَّمَةٌ

فَعَّالَةٌ

Doim rost so’zlovchi

صِدِّيقٌ

فِعِّيلٌ

Predmetning belgisini bildiruvchi bu so`z turkumi arab tilida asosan uch undosh o`zakli so`zlardan iboratdir. Sifatlar ham otlar kabi muzakkar va muannas jinslarga, birlik, ikkilik, ko`plik sonlarga ega.

Sifatdagi birlik, ikkilik sonlarning hosil bo`lish usuli otlardan farq qilmaydi. Sifatning ko`plik shakli odatda u odamlarning belgisini bildirib kelganida ishlatiladi. Arab tilida sifatlarning 20 dan ortiq vazni mnjud1.

Nisbiy sifat.

Nisbiy sifat predmetning belgisini boshqa predmetga yoki tushunchaga nisbatan bildiradi. U ko’pincha belgisi aniqlab kelayotgan aniqlanmishning ishlangan materialini,. Kelib chiqqan joyini, biror predmetga mansubligini va shunga o’hshash boshqa belgilarini bildiradi.

Nisbiy sifat ham asliy sifat kabi muzakkar va muannas shakllariga ega.

Nisbiy sifatning muzakkari asosan otdan oxiridagi-un qo’shimchasini olib tashlab, o’rniga ِيٌّiyyun qo’shimchasini qo’yish bilan hosil bo’ladi. Muannas nisbiy sifat esa, ko’pchilik sifat qatori muzakkar oxirigaَةٌ- atun qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi.Masalan:

خَشَبٌ-خَشَبِيٌّ-خَشَبِيَّةٌ

البيتُ خشبيٌّ الملعقةُ خشبيَّةٌ

ا yokiي harfi bilan tugagan otlardan nisbiy sifat hosil bo’lganda يٌّqo’shimchasidan oldin اyokiيharflariوga aylanadi.Masalan:

دنيا - دنيويٌّ

آسيا-آسيويٌّ

Bu so’zlardan ba’zan nisbiy sifat boshqacharoq shaklida ham hosil bo’ladi:

دنيا - دنياويٌّ

Ayrim so’zlardan esa, oldingiا (alif) tushib qolib, ِيٌّ(iyyun) -qo’shimchasi qo’shish bilan hosil bo’ladi.Masalan:

فرنسا- فرنسِيٌّ- فرنسية

أوروبا-أوروبِيٌّ-أوروبِيَّةٌ

ة(ta’marbuta) bilan tugagan so’zlardan nisbiy sifat hosil bo’lganida mazkur harf tushib qoladi.Masalan:

خرافة- خرافي- خرافية

جمهورية - جمهوري

Ayrim otlardan nisbiy sifat hosil bo’lganida so’zning vazni ham biroz o’zgaradi. Masalan:

مدينةٌ- مدنِيٌّ- مدنِيَّةٌ

فَرِضَةٌ- فَرِضِيٌّ- فَرِضِيَّةٌ

Ikki o’zak undoshdan iborat ayrim otlardan nisbiy sifat hosil qilishganida, (vov) harfi orttiriladi. Masalan:

يَدٌ- يَدَوِيٌّ- يَدَوِيَّةٌ

سَنَةٌ- سَنَوِيٌّ - سَنَوِيَّةٌ

Ba’zi so’zlardan ikki hil nisbiy sifat hosil bo’ladi. Masalan:

روح - روحيٌّ- روحية

روح-روحاني-روحانية

Nisbiy sifatlar gapda ko’pincha moslashgan aniqlovchi bo’lib keladi.Masalan:

البستاني يعمل في البستان

إبنُ عمِّي بستاني

Geografik nomlardan hosil bo’lgan nisbiy sifat o’sha yerli yoki o’sha yerda tug’ilgan vazifasida kelishi mumkin.Masalan:

مِصْرُ-مِصْرِيٌّ-مِصْرِيَّةٌ

Nisbiy sifat gapda moslashgan aniqlovchi vazifasidan boshqa ega, kesim vazifalarida ham kelishi mumkin.Masalan:

البستاني يعمل في البستان- Boqbon boqda ishlaydi. (ega).

إبنُ عمِّي بستاني- Amakimning og’li boqbondir.(kesim).

Ism bilan ifodalangan biror gap bo‘laginingbelgisi, xusu-siyatini bildirib kelganbo‘lak«aniqlovchi»debataladi.

O‘zbek tilida aniqlovchi o‘zi aniqlab kelayotgan ism – aniq-lanmishdan oldin keladi, arab tilida esa keyin keladi. Solishtiring:



barvasta kishi – رجل بدين

keng ko‘cha – شارع واسع

kuchli muhabbat – حب شديد

birinchi sinf – الصف الأول

bahor havosi – طقس الربيع

Mahmudning onasi – أم محمود

Xadicha amma – العمة خديجة

Andijon shahri –مدينة أنديجان

viloyat markazi – مركزالولاية

Aniqlanmish bilan birikish usuliga ko‘ra aniq-lovchilar moslashgan va moslashmagan bo‘ladi.

Moslashgan aniqlovchilar – صِفَةٌ،وَصْفٌ sifat, sifatdosh, ko‘rsatish olmoshi, tartib son bilan ifodalanadi va aniqlanmish – مَوْصُوفٌ bilan jinsda, sonda, kelishikda va holatda moslashadi. Misollar:

رُجُلٌ قَوِيٌّkuchli kishi;

الرِّجَال ُالأقْوياءُkuchli kishilar;

اِمْرَأَة دَاخِلَةٌkirayotgan ayol;

فيِ الْغُرْفَةِ الثَّالِثَةِuchinchi xonada.

Odamzoddan boshqa jonzot va predmetlarni bil-diruvchiismlarning ko‘pligi grammatik jihatdan birlik muannasga teng hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bunday ismlar bilan moslashadigan so‘zlar birlik muannasda bo‘ladi. Misollar:



1) فيلٌ كبيرٌkatta fil→فيلاَنِ كبيرَانِikki katta fil →أَفيالٌكبيرةٌkatta fillar;

2) ديكٌ جميلٌchiroyli xo‘roz → ديكان جميلانikki chiroyli xo‘roz → ديوكٌجميلةٌchiroyli xo‘rozlar;



3) يومٌ سعيدٌbaxtli kun → يومان سعيدانikki baxtli kun→أيامٌسعيدةٌbaxtli kunlar;

4) امتحان ٌصعبٌqiyin imtihon → امتحانان صعبانikki qiyin imtihon → امتحانات صعبةqiyin imtihonlar.

Kasb-kor, martaba-lavozim, qarindoshchilik kabi ma’nolarni anglatadigan otlar ham moslashgan aniqlovchi vazifasida ishlatilishi mumkin. Ular odatda biror kimsa yoki narsaning boshqa nomini bildiradi. Misollar:

duradgor Ahmad – أحمد النجار



mudir janoblari – السيد المدير

Zaynab xonim – السيدة زينب

Bunday aniqlovchilar «izohlovchi» deb ham ataladi.



Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

Asosiy adabiyotlar

  1. Ibrohimov N., Yusupov T. Arab tili grammatikasi. 1-, 2-jildlar. –T., 1998, 2003.

  2. El-Said Badawi. al-Kitab al-asasi: A Basic Course for Teaching Arabic to Non-Native Speakers: 3 Volume. The American University in Cairo Press, 2009.


Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Baranov X. Arabsko-russkiy slovar. –M., 1985.

  2. Xolidov B. Arab tili darsligi. –T.: O‘qituvchi, 2007.

  3. Abdujabborov A. Arab tili. –T., 2007.

  4. Talabov E. Arab tili. –T.: O‘qituvchi, 1993.

  5. Hasanov M., Abzalova M. Arab tili darslari. –T.: Nihol, 2010.



1Hifni Nasif الدروس النحوية (Ad- durus an-nahviyya), Iskandariya, 2007 y.179.



Yüklə 28,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin