Darsning mavzusi: Sifat so'z turkumi. Darsning maqsadi: a ta'limiy maqsad: o'quvchilarda sifat so'z turkumi haqida ko'nikma va malakalarni hosil qilish
Darsning mavzusi:Sifat so'z turkumi. Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad:o'quvchilarda sifat so'z turkumi haqida ko'nikma va malakalarni hosil qilish b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilar orasida do'stona munosabatni mustahkamlash d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning gap tarkibida sifat so' z turkumini qo'llay olish malakasini rivojlantirish Dars turi: o'quvchilarga yangi tushuncha beruvchi. Darsning shiori: O'qib olma, uqib ol. Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, kompyuter, proyektor, monitor, slaydlar, rag'bat kartochkalari Darsda foydalaniladigan usullar: "Zumrad va Qimmat" ertagi, "Kimoshdi" ,"Kim topqir?", "Baholarni izohlash" o'yinlari Darsning borishi: Dars o'quvchilarni mavzudan kelib chiqib, "Serharakat", "Talabchan" va "Yengilmas" guruhlariga bo'lishdan boshlanadi.
Uyga vazifa har bir guruhning ikki nafar o'quvchisidan so'ralib, javoblar "Rahmat"(3 ball), "Barakalla"(4 ball), "Ofarin"(5 ball) rag'bat kartochkalari bilan taqdirlanadi.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash: O'tilgan mavzu "Kimoshdi" (auksion) o'yini orqali mustahkamlanadi. Dastlab auksionga qo'yilgan narsa e'lon qilinadi.Masalan, auksionga Erkin Samandarning "G'arb qushlari" kitobi qo'yilgani va unga eng ko'p miqdorda ball (pul) to'plagan sazovor bo'lishi ma'lum qilinadi. So'ngra har bir guruhga oldindan tayyorlab qo'yilgan savollar beriladi. Savollarning narxi e'lon qilib boriladi va bir o'quvchi uni hisoblab boradi.
1. So'z turkumilari deb nimaga aytiladi?(150ball -- so'm)
2. So'z turkumilari ma'no va vazifasiga ko'ra nechta guruhga bo'linadi?(100 ball-- so'm)
3. Mustaqil so'z turkumilari qaysilar?(50 ball -- so'm)
4. Fe'l deb nimaga aytiladi?(200 ball-- so'm)
5. Holat fe'llariga misollar keltiring.(100 ball-- so'm)
6. Fe'l nechta nisbat shakliga ega? (250 ball --so'm)
7. Ot deb nimaga aytiladi? (150 ball-- so'm)
8. Ot qanday ma'no guruhlariga ajratiladi?(200 ball-- so'm)
Auksion yakunlangach, eng ko'p miqdorda ball (pul) to'plagan guruh g'olib deb topiladi, kitob o'sha guruhga beriladi.