2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə9/14
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2. Документ Microsoft Word

Chidamlilikni tarbiyalash
Chidamlilik-markaziy asab tizimining holati, funksional tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar, hara-katlanish malakalarining toliqishga bardosh berishi hamda psixologik turg‘unlik bilan belgilanadi. Chidam-lilik darajasi faollik ko‘rsatkichlari va uzoq davom etgan musobaqa harakatlarining samaradorligi bilan baholanadi.
Chidamlilikni oshirishga qaratilgan trenirovka yuklanmalarining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, gandbolchining organizmiga ta’sir qilayotgan mashqlar musobaqalar paytidagidek yoki undan ham ortiqroq bo‘lib, bu mashqlardan sistemali ravishda foydalanish kerak.
Chidamlikini rivojlantiruvchi mashqlar juda ko’p bo’lib bulardan biri uzoqlikka yugurish 3000, 5000 metrlarga yugurishlar misol tariqasida keltirish mumkun(14-rasm).


14-rasm
Analitik nuqtai nazardan qaraganda, chidamlilik-ning yuqori darajasiga erishish
yo‘li o‘z ichiga ko‘p marotaba takrorlanadigan va bir-biriga qo‘shilgan jadal yugurish; to‘xtash, tezlanish, aylanish, sakrash (kichik yuk yoki qarshilik bilan), og‘irlik ko‘tarib (suv, qum, qor qarshiligida) kabi katta hajmli mashqlar orqali vujudga keladigan kuch, tezkorlik, chaqqonlikdir.
Trenirovkaning ayrim bosqichlarida gandbolchi fazo-vaqtni hisobga olgan holda tezkorlik va aniqlik bilan bog‘liq bo‘lgan katta hajmdagi mashqlarni baja-rishi lozim. Bunda o‘yinchining

markaziy asab tizimiga katta yuklanmalar to‘g‘ri keladi, bu esa muhim maqsadga qaratilgan tayyorgarlik bilan bog‘lanadi. Ilmiy tekshi-rishlar natijalari va ko‘zga ko‘ringan jamoalarning trenirovka tajribasi shuni ko‘rsatadiki, uzoq vaqt o‘rta jadallikdagi o‘yin texnikasini takomillashtirishga qaratilgan dars paytida yuqori jadallikdagi oddiy siklik shakllarning 5-7 minutli kompleksini 2-3 marotaba kiritish kerak. Bunday o‘zgarishlar mashg‘ulot-ning umumiy tonusini ko‘taradi, asab toliqishini yo‘q qilishga yordam beradi va sekin-asta o‘yinchining markaziy asab tizimi qobiliyatini oshirib borib, murakkab mashqlarning oshib borayotgan xajmiga bardosh berishga yordamlashadi.


Chidamlilikni rivojlantirish uchun ko‘p marotaba takrorlanadigan va maxsus uyushtirilgan o‘yin texnikasi va taktikasiga oid mashqlardan (ayniqsa, pressingda va tez yorib o‘tishda), 2x2 va 3x3 o‘yin mashqlaridan, ikki tomonlama trenirovka o‘yinlaridan ham foydalaniladi. SHu bilan birgalikda, trenirovka o‘yini vaqtini sportchilarni oldindan alohida ogohlantirmasdan, odat-dagidan 5-10 minut uzaytirish kerak: o‘yinga yangi yoki dam olgan raqiblar kiritiladi. Maxfiylashtirilgan fora (imtiyoz) belgilangan holda bir necha jamoalar orasida bir kunlik turnir – gandikap o‘tkazish mumkin.9
Qiyinchiliklarga bardosh berish uchun tayyorgarlik ko‘rishda, tekshirish o‘yinlarida interval trenirovka tamoyilidan foydalanish mumkin. CHunonchi, to‘liq dam olishga 3-5-7 minutli tanaffus berib, yangi vaqt hisobida har biri 12 yoki 15 minut davom etadigan to‘rt bo‘limdan iborat o‘yin o‘tkazish. Bunda ayniqsa «aylanma trenirovka» yaxshi natija beradi. Aylanma trenirovka-ning har bir «bekatida» aniq dozalangan yuklanmalar dam olishning xilma-xil turlanishi ehtimolligining keng diapazoni quyidagilarni kuzatishga «imkon» yaratadi:
o‘zgaruvchan jadallikdagi ishni to‘xtamasdan, uning ancha cho‘zilishini ta’minlab beradi;
yuqori jadallikdagi ishning intervalligini ta’minlab beradi (10-15 sek ishdan so‘ng 20-30 sek dam olish; 30-40 sek ish - 1-1,5 min dam olish; 1,5-2,5 min ish – 3 min dam olish);
o‘yin rejimining qisqartirilgan modeli asosida qayta-qayta ish bajarish (4-3 min ish, 5 min dam olish).
Chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan inter-val va aylanma trenirovkaning jiddiy dasturlarini amalga oshirishda trenirovka va musobaqaga oid ta’sirlar o‘yinchining funksional imkoniyati va tayyorgarligi darajasiga qanchalik muvofiq ekanligini nazarda tutish kerak. Faqat organizmda tiklanish jara-yonlariga yaxshi sharoit (stimul) yaratib bergan holda yuk-lanmalarini jadallashtirish mumkin. Tiklanish jarayoni dastavval mashg‘ulotlarning ratsional tuzilishi bilan ta’minlanadi. Bunda quyidagilar katta ahamiyatga ega:
trenirovka jarayonining hamma elementlarida yuklanmalar va dam olishni bir-biriga nisbatan to‘g‘ri olib borish, trenirovka vositalari va usullarning variativligi;
maksimal yuklanmadan keyin keladigan kunni faol dam olish bilan o‘tkazish;
asosiy mashqlar oralig‘ida dam oldiruvchi va bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarish; mutlaqo bo‘shashgan passiv holda dam olish (suvda bo‘lgani ma’qul);
musiqa va ritmoliderdan foydalanish;
turli sharoitlarda trenirovkalar o‘tkazish (sta-dionda, o‘rmonda, bog‘da, daryo yoqasida va hokazo);
yaxshi turmush sharoitini yaratib berish va salbiy ta’sir etuvchi omillarni yo‘qotish;
to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlash, farmakologik preparatlar, uqalash, suv muolajalari, fizioterapiyadan foydalanish.10



Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin