Jismoniy yuklamani hisobga olish Gandbol mashg‘ulotida yuklama hajmi bajarilish muddati bilan belgilanadi. Trenirovka hajmini mashqlar bajarishga ketgan vaqt yoki mashqlarni bajarish soni bilan aniqlash mumkin.
Shiddatlilikni har xil usullar bilan aniqlash mumkin. Eng oddiy va to‘g‘ri usul-pedagogik nazorat asosida shiddatlilikni aniqlash. Bu holda maksimal, katta va kichik shiddatlilik aniqlanadi (V.E.Goncharenko va E.I.Polyanskiy, 1980). Musobaqa jarayonida telemetrik asboblar yordamida yurak qisqarishining tez-tez tak-rorlanishi tufayli shiddatlilikni baholashni V.YA. Ignateva (1980 y) tavsiya etgan. Y.M.Shanenkov (1976) yurak qisqarishining takrorlanishi orqali (ChSS) nagruzka shiddatini aniqlashning hammabop hisoblash usulini tavsiya etd(15-jadval). Ko‘p tekshirishlar natijasida bu usulning juda to‘g‘riligi aniqlandi, chunki qon tomir urishining asboblar yordamida olingan ma’lumotlari qo‘l bilan qon tomirni ushlab olingan ma’lumotlardan farq qilmasligi aniqlandi. Bu usulda butun mashg‘ulot mobaynida har bir bajarilgan mashqdan so‘ng 10 sek davomida qon tomir urishi qo‘l bilan ushlab aniqlanadi. Bunday usulni qo‘llash mashg‘ulot yuklama shiddati va har bir gandbolchining shaxsiy reaksiyasini aniqlashda to‘la ma’lumot olishga yordam beradi.
Yurak qisqarishi takrorlanishi tufayli mashg‘ulot yuklama shiddatini aniqlash (Y.M.Shaninkov, 1976) 15-jadval
O‘qish davomida videoyozuvlardan foydalanish Ilmiy-tekshirish ishlarida kinoga olish va videoga yozish eng ko‘p uchraydigan pedagogik usul hisoblanadi. Ular yordamida aniq ma’lumotlar olish, shaxsiy va jamoaviy texnik-taktik haraktlarni tahlil qilishga imkoniyat yaratiladi.
Ilmiy tekshirishda qo‘llaniladigan boshqa usullar-dan videoyozuvning ustunligi quyidagilardan iborat: ilmiy tekshirishda kerakli qismlarni bir necha marta qayta ko‘rish, videoyozuvni sekinlashtirish va, kerak bo‘lsa, videoyozuvni to‘xtatib qo‘yish imkoniyatidan foydalanish mumkin.