2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə10/14
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2. Документ Microsoft Word

Egiluvchanlikni tarbiyalash
Egiluvchanlik - bu gandbolchilarning o‘yinda uchrab turadigan harakatlarni katta amplitudada bajara olish qobiliyati. Bo‘g‘inlarning harakatchanligi mushaklar va paylarning cho‘ziluvchanligiga bog‘liq. Shuning uchun ham dastavval barcha bo‘g‘inlarning harakatchanligini oshi-rishga alohida e’tibor berish kerak. Egiluvchanlikka oid mashqlarni dastlab har kungi ertalabki mashg‘ulot va yakka trenirovkaga kiritgan holda bajara boshlash kerak. Talabga muvofiq bo‘lgan egiluvchanlikka erishilgandan keyin, katta xajmdagi mashqlarning zaruriyati ham kerak bo‘lmay qoladi, chunki yaxshi egiluvchanlikni saqlab qolish uchun xaftada 2-3 marta kichik dozirovka bilan
bajariladigan tegishli mashqlarning o‘zi kifoya qiladi. Bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarishda
maydonga nisbatan yuqoriroq joylashganligi uchun tananing ayrim qismlarining og‘irligidan foydalanish oddiy va odatiy bo‘lib qolgan mashqlardir. Bajarish uchun og‘irlik marka-zini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar murak-kabroq mashqlardan hisoblaniladi. O‘yin jarayonida zarur bo‘lgan harakatlarni ta’minlab beruvchi mushaklarning asosiy guruhini bo‘shashtira bilish gandbolchida quyidagi
14-rasim mashqlar orqali vujudga keladi:
- o’tirgan xolda oyoqlarga cho’zilish(14-rasmlar). qo‘l panjalarni silkitish;
gavdani o‘ngga va chapga burgan holatda qo‘llarni erkin aylantirish yoki silkitish;
bir joyda turib sakrash yoki qo‘llarni erkin tutgan holda mayda qadam bilan yugurish;
oyoq uchlarini poldan uzmasdan, oyoq tizzalarini galma-galdan tez bukib, gavda og‘irligini bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa ko‘chirish;
sonni ikki qo‘l bilan ko‘tarib, qayta tushirish (boldir va payni bo‘shashtirgan holatda); joyda turib bir oyoqda sakrash
(boshqa oyoq bo‘shashgan holatda bo‘lishi kerak);
engashgan holatda qo‘llarni erkin qo‘yib, gavdani aylantirish;
yotgan holatda oyoqni ko‘tarib yon tomonga burilish, keyin bo‘shashgan holatda oyoqni joyiga qo‘yish.
Hozirgi vaqtda bir qator sport turlarida mushak-larni bo‘shashtirishni ta’minlash uchun autogen treni-rovka va
uning yangi turi - psixoregulyatorli trenirov-kadan 14-rasim muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Asta-sekin kattalashtirilib
boruvchi amplitudada bajariladigan, cho‘ziluvchanlikni oshiradigan, kichik og‘irlik bilan qayta-qayta bajariladigan prujina-simon harakatlar, sherik yordami bilan bajariladigan mashqlar egiluvchanlikni rivojlantirish uchun asosiy vositalar hisoblanadi.
Mashqlar inersiya kuchlaridan to‘laroq foydalanilgan holda har doim amplitudasi, salmog‘i va sur’ati oshib boradigan va 3-5 harakatni o‘z ichiga kiritgan seriyalar bilan bajariladi. Bo‘g‘imlarning har qaysi guruhi uchun mo‘ljallangan takroriy mashq-larning umumiy soni asta-sekin ortib borishi kerak.
Cho‘ziluvchanlikka qaratilgan mashqlar va, shuningdek, dastlabki badan tarbiya, uqalash, issiq vanna, iliq dush, bo‘shashishga imkon yaratadigan mashqlar mushak va paylarning tarangligini rivojlantirishga yordam beradi. Takrorlash usuli egiluvchanlikka qaratilgan mashqlarni qo‘llashda etakchi hisoblanadi.
5.3 Funksional tayyorgarlik
Gandbolchi organizmining funksional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Funksional imkoniyatlarning darajasi aniq sport ishchanligida namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulotlar ta’sirida bo‘ladigan o‘zgarishlar mustahkam bo‘lishi uchun o‘yinchi uzoq vaqt davomida o‘ziga xos maxsus ishni bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar jarayonida gandbolchiga hajm va shiddatliligi jihatidan anchagina katta yuklamani bajarishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha bu yuklamalar musobaqadagi yuklamalardan ham ortiqroq bo‘ladi. Ma’lumki, o‘yinda faol ishtirok etgan o‘yinchi 60 daqiqa ichida hamisha qarshilikka uchraydigan sharoitda har xil tezlikda 5-6 km masofani yugurib o‘tadi. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat energetik imkoniyatiga bog‘liq bo‘lmay, balki ma’lum darajada jismoniy tayyorgarlikka, asab-mushak muvozanatiga, texnik kamolotga va harakat faoliyatining mustahkamligini hamda tejamkorligini ta’minlab be-ruvchi boshqa omillarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Shug‘ullanuvchilarning funksional imkoniyatlari mushaklardagi energetik moddalarning umumiy zahira-sidan tashqari «gipoksiya» (havo etishmaslik) holatiga – ruhiy tayyorgarlik bilan qarshilik ko‘rsata bilish, ya’ni toliqishni keltirib chiqaradigan kislorod etishmas-ligiga bardosh bera olishga ham bog‘liq.
Organizmni haddan tashqari katta ish tasiridagi toliqishdan saqlab qolishga subektiv toliqish sezgisi yordam beradi. Toliqish sportchi bajargan ishga doimo o‘xshash bo‘lavermaydi. Murabbiy sportchini toliqish alomatlariga to‘g‘ri baxo berishga, o‘z organizmining haqiqiy ishchanligi chegarasini bilishga o‘rgatishi kerak. Shu bilan bir qatorda, shikastlanishlar dastavval qattiq toliqishdan, yuklamaning hajmi va shiddatliligi juda katta bo‘lishidan, mashg‘ulot va o‘yinga etarli darajada tayyor bo‘lmaganligidan kelib chiqishini eslatib o‘tish lozim.
Gandbolda harakat faoliyati o‘ziga xos bo‘lgani uchun mashg‘ulotning turli shiddatda bajariladigan mashqlari qisqa va ancha uzoq vaqt sust va faol dam olishni almashlab olib borish lozim. O‘yin harakatlarining tavsifi to‘xtab-to‘xtab o‘tadigan bo‘lgani uchun, u nafas olish jarayonining maksimal miqdorda kuchaytirilishini talab qiladi.
Gandbolchilarning funksional tayyorgarligini oshirish uchun maxsus vositalardan foydalaniladi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin