Bolalarda ko’rish va eshitish organlarining kasaliklari



Yüklə 59 Kb.
səhifə1/2
tarix11.04.2023
ölçüsü59 Kb.
#96150
  1   2
6. KO`RISH VA ESHITISH ORGANLARINING XUSUSIYATI VA GIGIYENASI YAQINDAN KO`RISH VA UNI OLDINI OLISH




KO`RISH VA ESHITISH ORGANLARINING XUSUSIYATI VA GIGIYENASI YAQINDAN KO`RISH VA UNI OLDINI OLISH


Reja:


1. Ko`rish buzilishining asosiy turlari .
2. Ko`rish buzilashining vujudga kelish sabablari va ularni oldini olish tadbirlari .
3. Quloq - burun yallig`laninshi va adenoit o`smalari .
4. Kasallikning sabablari va alomatlari , davolash, oldini olish choralari .
Ko`rish buzilishining asosiy turlari: uzoqni va yaqinni ko`ra olmaslik, g`ilaylik, daltonizm. Yaqinni ko`ra olmaslik (miopiya ) rivojlanganda bola uzoqni yaxshi ko`ra olmaydi , yaqindan ishlaganda ko`z mushaklari tez charchaydi, peshona sohasida og`riq paydo bo`ladi va tarqaluvchi g`Iilaylik rivojlanadi. Yaqindan ko`rish -bu uzoqdagi narsalarni yaxshi ko`ra olmaslikdir . Bu ko`rish uzoq mudat yaqin masofaga ko`z tikib ishlash ,irsiyat ,noqulay muhit sharoit tasirida kelib chiqadi .Yaqindan ko`rish yuqori darajaga yetgan bo`lsa yuk ko`tarish , sakrash , jismoniy nagruskalar mumkin emas.
Miopiya yengil darajasi rivojlansa bolaga uzoqni ko`rish uchun tarqaluvchi shishali ko`zoynak tavsiya etiladi. Agarda o`ta og`ir darajali miopiya rivojlansa bola 2 fokusli ko`zoynak tavsiya etiladi va ko`z gigienasiga rioya qilish buyiriladi.
Uzoqni ko`ra olomaslik-gipermetroniya. Belgilari yengil darajada uzoqni va yaqinni ko`ra oladi agar kasallik o`ta og`ir darajada rivojlangan bo`lsa yaqindan ishlaydigan ko`z charchaydi va uzoqni yaxshi ko`ra olmaydi. Kasallik og`ir darajada rivojlangan bo`lsa bemorlar yaqindan uzoqni ko`rish faoliyati pasayadi, boshi og`riydi, davolashda atropin eritmasidan foydaniladi , bolaga ko`z oynak tavsiya etiladi. Bundan tashqari bolaga aloe, vitaminlar, shishasimon tana buyiriladi. Agar bular naf bermasa xirurgik metoddan foydalanish mumkin. Ko`z kasalliklarini oldini olish uchun organizmni chiniqtirish sog`lomlashtirish ovqatlantirish turlarini tashkil qilish (juda ,sho`r va achiq narsalarni kamroq istemol qilish) vaqtida dam olish o`quvchilar va o`qituvchilar kun tartibiga qat`iy rioya qilishlari shart. Shu birga ko`zga zo`rberishni cheklashdan iboratdir
Akkomadatsiya - moslashish, bu ko`zning turli masofada turgan ko`rishga moslashishdir. Akkomadatsiyada gavhar predmetlarning masofaga qarab nurni sindirish qobilyatini o`zgartiradi va ko`z oldidagi predmetlar tasvirini to`r pardada fonuslaydi akkomadatsiyasining buzilishi uch xil bo`ladi u kipriksimon muskullarning uzoq vaqt spazm bo`lib turishi natjasida yosh bolalarda vujudga keladi birdaniga ko`zning yaqindan ko`radigan bo`lib uzoqni ko`ra olmaslikni xarakterlaydi. Bu narsalar ko`zga yaqin turib zo`r berib ishlagandan keyin zo`r berib to`qish va yozishdan keyin o`quvchilarda boshlanishi mumkin .
Ko`z g`ilayligi bu ko`zning noto`g`ri holatga turishi bo`lib ,bu bir ko`zning umumiy tikilish nuqtasidan boshqa tarafga qarab turishi va biokulyar ko`rishning ishdan chiqishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda ko`z g`ilayligi tug`ma va orttirilgan bo`ladi. Kichik yoshdagi bolalarda ko`z g`ilayligi yig`iluvchi ,maktab yoshdagi bolalarda yeyiluvchi g`ilaylik kuzatiladi . Ko`z g`ilayligida asosan biokulyar ko`rish faoliyati buzilib, ko`zning umumiy nuqtaga qarolmay og`rishi kuzatiladi .Xayotda orttirilgan g`ilaylikning asosiy sabablari; yaliqlanish, o`sma prsesslari tufayli bosh miya travmalari natijasida ko`zni xarakterlovchi muskullar va nervlarning zararlanishidir. Gilaylikda bitta narsa 2 ta bo`lib ko`rinadi. G`ilaylik 2 xil bo`ladi:
1. Bir - biriga ergashuvchi g`ilaylik.
2 .Paralichilik g`ilaylik.
Biokulyar ko`rish yo`qolib qolganda bir–biriga ergashuvchi g`ilaylik vujudga keladi. Bunda bitta ko`z narsaga qarab turadi, ikkinchisi yuqoriga yoki boshqa tomonga og`ib turadi.
Ergashuvchi yosh bola pisixikasiga tasir qiladi. Uni boshqalar mazax qilishidan cho`chib o`zini boshqalardan chetga olib yuradi. Bu bolalarni tezda ko`z shifokoriga olib borish ko`z oynak toqish zarur. O`z vaqtida davolansa g`ilaylik yo`qolib ketishi mumkin.
Paralichlik g`ilaylik-ko`zni harakatlantiruvchi nervlardan biri yoki bir nachtasining travma , o`sma infeksiya tufayli falaj yoki parez bo`lib qolishidan keyin yuzaga keladi . Buday gilaylik g`ilay ko`zning falajlangan muskul tomonga qarab harakat qila olmasligi bilan tariflanadi .
Davosi :Muskulni zararlanishiga olib kelgan sabablarni bartaraf etish, o`smani olib tashlash, koservativ davo qilmasa, xirurgik davo qilinadi . Yani plastik operatsiyalar qilish mumkin. Hozirgi vaqtda ko`zi g`ilay bolalarning ko`z muxofazasi kabinetlari ixtisoslshtirlgan bolalar bog`chalari, sanatoriyalar, yozgi dam olish oromgohlarda davolash sistemalari barpo etilgan bularda davolash prosessiyalari bolalarni o`qitish bilan birga qo`shib olib boriladi.
Daltonizm-bu ranglarni bir biridan ajrata olmaslikdir. Asosan erkaklarda uchraydigan yetishmovchikik u nasldan- naslga o`tadi asosiy belgilari: bu turdagi erkaklar qizil, to`q jigari rang binafsha va boshqa ranglarni ajrata olmaydilar kishi bunda qora va oq ranglarni ko`ra oladi xolos bunday kishilar ko`z kasaliklari dispanserida turadilar. Ularga haydovchilik qilish, samalyot,transportlarni boshqarish man etiladi. Kasalik irsiy bo`lganligi (nasldan-naslga xromosomadagi genlar orqali o`tishi) tufayli davolab bo`lmaydi.



Yüklə 59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin