Bolalarda ko’rish va eshitish organlarining kasaliklari



Yüklə 59 Kb.
səhifə2/2
tarix11.04.2023
ölçüsü59 Kb.
#96150
1   2
6. KO`RISH VA ESHITISH ORGANLARINING XUSUSIYATI VA GIGIYENASI YAQINDAN KO`RISH VA UNI OLDINI OLISH

Quloqning yaliqlanishi


Quloqning yaliqlanishi ikki xil bo`ladi :
1.O`tkir -o`rta otit.
2.Surunkali yirigli o`rta- otit .
O`tkir o`rta otit kasalligi yosh bolalarda ko`proq uchraydi. Yuqori nafas yo`llarining o`tkir kasalliklari, adenoitlar borligi , burun bo`shlig`i yallig`lanishi, organizm himoya kuchlarining susayishi bu shu xastalikning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi, o`rta quloqning yallig`lanishiga mikroblar asosan steptakokk, stafenlakokk, pnevmakokklar keltirish chiqaradi. Kilinik belgilariga qarab 3 bosqichga bo`lish mumkin.
1-bosqich. Bunda quloq bitishi, kuchli og`riqlar paydo bo`lishi uyquning buzilishi temperatura ko`tarilishi mumkin
2-bosqichda eshituv pasayadi,quloqdan yiring ajraladi, og`riqlar kamayib harorat tushadi.
3-bosqich davolash natijasida yiring oqishi to`xtab qoladi, quloq shang`llaydi.
Davolash: quloqqa isituvchi konpresslar qo`yiladi, tashqi eshituv yo`liga kamfora yog`i, gisirin tomchilari tomiziladi, agar bemorda tana harorati yuqori bo`lsa antibyotiklar, sulfanilamidlar buyuriladi l. davolashda asosiy metotlardan biri fizyoterapiya -UVCh bilan davolashdir UVCh 6-7kun davomida buyuriladi .
Surunkali yirirngli otit-bu o`tkir otitning kech yoki noto`g`ri davolashdan kelib chiqadigan kasallikdir. U karlikka va ichki quloq vestebulyar aparati funksiyasining buzilashiga sabab bo`ladi. Bunda quloqdan doim yiringli ajratma chiqib turadi. Uning oldi olinmasa yallig`laninsh burun bo`shlig`i, tomoqning tomoqning burun qismi, burun trofi bo`shliqlarining yallig`lanishiga olib keladi.
Davosi: konservativ usulda quloqga dori moddalari tomizishdan iboratdir. Dorilarni tomizishdan oldin quloqdan yiringni chiqarib tashlash, tashqi eshitish yo`lini quritish zarur. Bemor yonbosh yotqizilib qulog`ini tepaga ko`tarib eritmalar tomixiladi. Antibiotiklardan levomitsetin va salitilat kislata, 1% dioksidli eritma quloqqa tomiziladi. Bulardan tashqari, organizmni kuchaytirish maqsadida vitaminlar buyuriladi.
Edinoit o`smalar. adenoitlar burun yutish bodomcha bezining gepertirofiyasi bo`lib bu 3 yoshdan 8 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rasida ko`p uchraydi. Adenoit o`sma kasalligi asosan tez-tez yuqori nafas yo`larining yallig`lanish kasallilari bilan kasallinadigan bolalarda rivojlanadi. Adenovirus ifeksiyasi gripp, qizamiq, renitlar, burun yutish bodomcha bezining o`sib ketishiga sabab bo`ladi. Bunda burundan nafas olish qiyinlashib adenoitlar yuz skileti ko`krak qafasining qiyshayishiga olib keladi. Katta kichikligiga qarab 3 bosqichga farq qiladi.
1-bosqich adenoitlar o`smalar dimog`suyagining yuqori 3/1 qismini yopib o`tadi.
2-bosqich burun chanoqlarri orqadagi uchlarining damida turadi.
3-bosqich xonalarini butunlay yopib turadi.
Kasallik burundan nafas olishning qiyinlashuvi, shilliq ajralmalarning oqib o`tishi. Yuz shishib bemor bolaning og`zi ochiq turishi bilan xarakterlanadi. Bola og`zini ochib uxlaydi, uyqusida notinch bo`lib siydigini tuta olmaydi. Og`zidan nafas olganligi sababli bola tez-tez shamollab larengospazm kuzatiladi. Karios tishlari ko`p bo`ladi. Burun chanoqlari ko`karib burun yo`lida shilliq ajraladi. Davolash faqat hirurgik metod bilan aniqlanadi.
Adabiyotlar:



  1. V.P.Bisyarina “Bolalar kasalliklari bolalar parvarishi va go`daklarning anatomik - fiziologik xususiyatlari “ Toshkent 1990 yil.

  2. V.A.Belousov, A.D. Pevzner “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1992 yil.

  3. J.Eshqobulov, A.Maxmudov “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1993 yil.

  4. Onalik va bolalikni muxofaza qilish” bo`limidan ma`ruzalar matni

www.ziyonet.uz
Yüklə 59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin