KIRISH
1-BOB. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari haqida tushincha.
1.1.Kichik va o’rta yoshdagi guruhlarda bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
1.2.Katta va tayyorlov yoshdagi guruhlarda bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
2-BOB.Mtt da bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning kompetensiyaviy yondashuvlari.
2.1.Maktabgacha yoshdagi ( 6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari.
2.2.Mtt da bolaning rivojlanishida ota onalari bilan hamkorlikda ishlari.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga hos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
1.1.Kichik va o’rta yoshdagi guruhlarda bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. Maktabgacha ta'lim va tarbiya-bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi[1, 3-modda]hisoblanib, bolaning ilk rivojlanish yoshidan to 7 yoshgacha bo'lgan davrigacha uning har tomonlama kamol topishini ta'minlashga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshiradi.
Mana shu jarayonda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga e'tiborni qaratish davr talabi sifatida dolzarbligini hech qachon yo'qotmaydi. Chunki barkamol avlod tarbiyasi har qaysi davlatning eng asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bu borada birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edilar;-" Har qaysi davlat, har qaysi millat o'z farzandlari qiyofasida, unib-o'sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos eng go'zal fazilatlarni namoyon etadigan, uning ezgu orzu-niyatlarini amalga oshirishda mardlik va fidoyilik ko'rsatishga qodir bo'lgan o'z tayanchi va suyanchini ko'rishi tabiiydir" [2, 165-bet]
Darhaqiqat, bugungi avlod istiqbolda yangi O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlashi uchun ham jismoniy va ma'naviy sog'lom, intellektual salohiyatli bo'lishi talab etiladi. Bu talab maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlarida voyaga yetayotgan yosh avlodning ta'limi va tarbiyasiga bo'lgan e'tiborni oshirishni taqozo etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha muhim ishlar amalga oshirildi.
2020-yil 22-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi VMQ 802-sonli Qarori[3] qabul qilindi.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishida amalga oshiriladigan vazifalarning huquqiy asosi sifatida "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni xizmat qiladi. Bunda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlari hamda tarbiyachi pedagoglar, ota-onalarning huquq va majburiyatlari mustahkamlangan. Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari va imkoniyatlari, kamchiliklari o'rganilgan hamda 2030 yilgacha bu jarayonda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek birinchi prezidentimiz Islom Karimov hamda amaldagi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma'ruzalari ham bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini o'rganishda metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Bu borada mamlakatimiz mustaqilligining me'mori Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida shunday yozadi;-"Odamzot uchun bir umr zarur bo'ladigan tabiiy ko'nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o'ziga xos va o'ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o'zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo'lishi yoki ega bo'lmasligi, kerak bo'lsa, dunyoqarashi - bularning barchasi avvalo uning tug'ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog'liq ekanini hayot tajribasi ko'p misollarda tasdiqlab beradi.