1 боб. Jun xomashyosini texnologik ko’rsatkichlari, titish jarayonidagi texnika va texnologiyalarining tadqiqotlari tahlili


Junni dastlabki ishlash texnika va texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/6
tarix21.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133410
1   2   3   4   5   6
1-BOB.ILHOM

1.4 Junni dastlabki ishlash texnika va texnologiyalari

Ma’lumki, jun tayyorlov punktlarida toy holatida fabrikaga keltiriladi. Keltirilgan har bir partiya o’zining veterinar guvohnomasi va umumiy xususiyatlari ko’rsatilgan spetsifikatsiyasiga ega bo’ladi.


Jun partiyasi — bu bitta nakladnoy bilan hujjatlashtirilgan jun massasidir. Yuvilmagan jun fabrikaga sinfga ajratilgan holda keltiriladi. Sinfga ajratish nihoyat darajada andozaga asosan amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda nazorat qilish maqsadida sinfga ajratiladi. Sinflanishni nazorat qilishda har bir sinfdagi jundan 10 % ajratib olinib, xomashyo laboratoriyasiga jo’natiladi. Bundan maqsad, junni yuvishdan so’ng chiqish darajasi aniqlanadi hamda uning yo’g’onligi va namligi ham aniqlanadi. Olingan barcha ma’lumotlarni qabul qilish dalolatnomasiga yoziladi. Shu asosda ta’minotchi bilan hisob-kitob qilinadi.
Sinflashtirilgan jun shu asosda tarkibidan bir xil turdagi, tashqi ko’rinishi bir xil bo’lgan junlarga va navlarga ajratiladi. Navlarga ajratishda tashkil etilgan runoni ma’lum sxema asosida ajratish kerak.
Eng mayin va mustahkam jun ikki yon tomonda joylashgan (v-64k). Har bir runoni navlarga ajratishda maxsus stoldan foydalaniladi. Stol urug’lik bilan yoritilgan bo’lishi shart. Har bir navni solish uchun maxsus idishlar o’rnatilgan bo’ladi. Navga ajratish jarayoni quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi:
a) runo tarkibidan past navli junlarni ajratib tashlash;
b) runoning tashqi ko’rinishi bo’yicha, ma’lum sxema bo’yicha junni navlarga ajratish;
d) junni navlarga ajratish dastlab uzunligiga qarab, so’ng yo’g’onligi bo’yicha amalga oshiriladi.
Junni navlarga ajratishning bir necha xil turi mavjud: individual, ikki, uch, to’rt pog’onali hamda konveer usullari. Masalan, ikki pog’onali navga ajratish usuli 4 ta ishchi yordamida ikki marotaba saralash orqali amalga oshiriladi, ya’ni birinchi pog’onada toyni ochib, runoni ajratib olinsa, ikkinchi pog’onada junni uzunligi va yo’g’onligi bo’yicha ajratiladi.
Ish unumdorligi bo’yicha konveer usuli ancha samarali hisoblanadi. Unda tasmasining tezligi o’rtacha 6 mm bo’lgan konveer atrofida 10 ta ishchi bo’lib, ular birin-ketin saralash ishlarini amalga oshiradilar. Dastlab, junning past navlari, so’ngra esa yuqori navlari ajratib olinadi.
Iflos junlar 2 guruhga bo’linadi:
1. Jonivorning badanidan ajralib chiqqan moddalar asosida ifloslanish (yog’, ter, kepak va hokazo).
2. Tashqi tomondan ifloslanish (material, organik moddalar ta’sirida).
Junning ifloslik darajasi uni oladigan jonivorning turiga hamda mavsumga ham bog’liq. Ifloslik fraksiyasi O’rtacha quyidagi miqdorda o’zgaradi:
a) yog’ massasi — 4—25 %;
b) ter miqdori — 2—42 %;
d) mineral va boshqa chiqindilar — 4—30 %.
Mineral chiqindilarga: qum, loy zarralari, tuproq qoldiqlari kiradi. Undan tashqari o’simlik shoxlari, bargi, pichan, somon qoldiqlari ham jun tarkibida bo’lishi mumkin. Jonivordan ajralib chiqqan chiqindi hisobiga junning ifloslanishini undan ajratib olish ancha murakkab hisoblanadi. Uni ajratish uchun junni yuvishdan oldin ancha muddatga ivitib qo’yiladi.
JDI fabrikasida quyidagi jun yuvish agregatlari o’rnatilishi mumkin:
a) Ivtekstilmash zavodi (Rossiya);
b) Dafama (Polsha);
d) Petri Maknot firmasi (Angliya);
e) Sharpante firmasi (Belgiya);
f) Tekstima firmasi (Germaniya).
1). JDI texnologiyasining dastlabki operatsiyalaridan biri — bu titish jarayonidir. Titishdan asosiy maqsad uyumlanib, buralib qolgan junni titib, yozib tashlashdan iborat. SHunday qilinsa, uning tarkibidagi iflosliklarni ajratish holati osonlashadi. Jun qancha xafsala bilan titilsa, shuncha yaxshi yuviladi, yahni yuvish jarayonining samarasi ancha oshadi.
Bundan tashqari, yuvish vositalari ham iqtisod qilinadi. Masalan, 100 kg yaxshi titilmagan junni yuvish uchun 7,2—8,9 kg kir sovun sarf etilsa, yaxshi titilgan junga esa 5,9—6,0 kg kir sovun sarf etiladi.
2) Junni titish uchun asosan maxsus titish mashinalari ishlatiladi. Ular 3 turga bo’linadi:
a) merinos va yuqori sifatli nomerinos junlari uchun qo’llaniladigan titish mashinalari;
b) dag’al va past navli nomerinos junlari uchun qo’llaniladigan titish mashinalari;
d) dag’al — o’ralib qolgan junlar uchun qo’llaniladigan titish mashinalari.
Texnologik jarayon yaxshi borishi uchun ushbu mashinalarga quyidagi asosiy talablar qo’yilgan:
1. Jun tolasining tabiiy xususiyatini saqlash (uzunligi, pishiqligi, yo’g’onligi va boshqalar).
2. Texnologik jarayonni to’liq amalga oshirish.
3. Chiqayotgan mahsulotning bir tekisligini ta’minlash.
4. Texnologik jarayonning uzluksizligini ta’minlash.
5. Texnologik mashinalarga xizmat ko’rsatishning qulay bo’lishi.
6. Ba’zi texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirishga erishish.
7. Texnologik jarayonga sarf etilayotgan elektrenergiyani kamaytirishga erishish.
8. Ish unumdorligining yuqoriligini ta’minlash.
9. Ishchi maydonini qisqartirishga erishish.
10. Konstruksiyaning soddaligini ta’minlash.
11. Texnika xavfsizligi tomonidan to’liq ta’minlash va ekologik tozalikka erishish.
Junni yuvish va quritish
Junni titilgan holda yuvish agregatlariga uzatiladi. Yuvish davrida suv, sovun, ishqorli eritma qo’llanilib, konsentratli harorat hamda suvning qattiqligi ham katta rol o’ynaydi. Junni yuvishdan asosiy maqsad tarkibidagi yog’ va ter massasini hamda tashqi yopishgan chiqindilarni ajratib olishdan iborat. Yuvish jarayonining mohiyati shundan iboratki, unda yuvuvchi vosita emulsiyasi tola bilan ifloslik qatlami orasiga kirib, ular orasidagi bog’lanishni susaytiradi va shu asosda kirni ivitib, jun tolasidan ajratib olish jarayonini tezlatadi.
Suvning qattiqligi mg.ekv/l birlikda o’lchanadi.
Suv qattiqlik ko’rsatkichi bo’yicha:
Juda yumshoq — 1,5 mg.ekv/l.
Yumshoq — 1,5—3 mg.ekv/l.
O’rta yumshoq — 3—6 mg. ekv/l.
Qattiq —6—10,0 mg.ekv/l.
Juda qattiq — 10,0 dan ortiq.
Suvning tarkibidagi tuz ajratib olinadi, uni olishda maxsus qurilmadan foydalaniladi. Agar qurilma bo’lmasa, suvni 2—3 soat mobaynida tindirib ishlatiladi. Iflos junni yuvish davrida junni mahlum bosim ostida siqiladi. Siqish natijasida jun tarkibidagi soda zarrachalari va ifloslik ham ajralib chiqadi.
I — t = 38—40 s; II — t = 46—48 s; III — t = 48—50 s;
IV — t = 48—50 s; V—t = 38—40 s.
Ish unumi — 400—700 kg/soat. Junni qozonda bo’lish vaqti — 1,5—2,5 daq. Oqimga teskari W = 50—60 %.
L = 6500 mm, SHot — 2700 mm; SHi 6. =1300 mm.
Katta surgich — 6—10 sikl/daq.
Kichik surgich — 20—30 sikl/daq.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin