1.4. Bob bo’yicha xulosalar 1. Junni qayta ishlash texnika va texnologiyasi bo’yicha mavjud tadqiqotlarning tahliliga asosan quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
- junni qayta ishlash texnologik tizimdagi mashina va jihozlar murakkab, katta quvvat talab qiladi, samarasi yuqori emas.
- junni titish texnologiyasi va jihozlari talabga javob bermaydi. Ta’kidlash lozimki, aksariyat tadqiqotlar texnologik rejimlarni aniqlashga yo’naltirilgan.
- junni titish mashinalari resursini va samarasini oshirish uchun yangi ishchi organlar va mashinalarni yaratish, parametrlarini asoslash bo’yicha chuqur ilmiy izlanishlar deyarli olib borilmagan.
- mavjud texnologik mashinalar junning fizik-mexanik xususiyatlarini yetarlicha inobatga olib ishlab chiqilmagan.
2. Junni titish mashinasini yangi samarali, resurstejamkor konstruktsiyasini, ishchi organlarga kerakli harakat rejimlarini ta’minlaydigan yuritish mexanizmlarini ishlab chiqish, hamda parametrlarini hisoblash metodlarini takomillashtirish yo’llari belgilandi.