1 боб. Jun xomashyosini texnologik ko’rsatkichlari, titish jarayonidagi texnika va texnologiyalarining tadqiqotlari tahlili


Junni titish mashinalarini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/6
tarix21.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133410
1   2   3   4   5   6
1-BOB.ILHOM

1.5 Junni titish mashinalarini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar

Keyingi yillarda dunyo miqiyosida tabiiy maxsulotga bo’lgan ehtiyojni oshishi junni qayta ishlash texnika texnologiyasini o’rganishni talab qildi. Shu bois junni titish va yuvish jarayonini takomillashtirish bo’yicha jahonda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.


A.A.Ugryumov o’zining ilmiy ishida jundagi o’simlik aralashmalarini tozalovchi agregati ikki barabanli arrali tsilindrli bo’lib, birinchi baraban yirik tishli ikkinchisi mayda tishli qilib tayyorlangan, ular bir biriga teskari yo’nalishda aylanadi. Birinchi baraban ta’minlash vazifasini bajaradi, ikkinchisi o’simlik aralashmalaridan tozalaydi.
A.M.Domashinko ham jundan o’simlik aralashmalarini tozalashning no’ananaviy usulidan foydalangan. V.K.Afanasg’evning agregatiga qisman o’zgartirishlar kiritgan. Bu agregatda ham junni muzlatib siqish barabanlaridan o’tkazadi. Siqish barabanlaridan o’tgan jun qoziqli panjaradan tayyorlangan transportyor yordamida qabul bunkeridan past bo’lmagan balandlikdan ajratish valigiga tashlanadi va maydalash mashinasida jundagi iflos aralashmalardan tozalanadi.
E.V.Kolpakovning ishida tarash qurilmasidagi o’simlik aralashmalaridan tozalash agregatining samarali tozalash qismlari, optimal tezlik rejimlari o’rnatilgan.
Jumladan S.A Noskova o’zining ilmiy ishida junni titishda yangi mashinani taklif qilgan. Mashinada ikki qator qoziq plankali beshta barabandan foydalangan[14; b.34-35]. Uchta gorizantal qoziq plankali baraban ostiga yana shunday baraban joylashtirib titish jarayonini amalga oshirishni taklif qilgan. Ushbu mashinaning ta’minlash qurilmasi yo’qligi bois tozalash samaradorligiga erishib bo’lmaydi. Titish jarayonida tahminlash qurilmasining ahamiyati katta hisoblanadi 1.4-rasm.



1.4-rasm. Besh barabanli titish mashinasi.
A.G Pechnikova junni titish tozalashda bir barabanli, o’n ikki qator qoziqcha joylashtirilgan mashinani taklif qilgan. Ushbu mashinaga ikki juft qoziqchali ta’minlash valiklari loyihalangan[15; b.167-168]. Titish tozalash jarayonda tola yuqolishi kuzatilgan. A.G Pechnikova tomonidan taklif qilinayotgan mashina o’ralib qolgan junlarni titishda mo’ljallangan 1.5- rasm

1.5- rasm. O’ralib qolgan junlarni titish mashinasi.
N.I.Shleudyakov junni titishda yangi mashinani taklif etgan. Mashinada olti dona titish barabani qiya qilib o’rnatilgan bo’lib, maxsulotni pastdan yuqoriga qoziqli baraban tishlari yordamida tashishda maxsulotni titilishi kuzatilgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin